Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining 17-turida «Sassuolo» (3:1) darvozasini ishg‘ol etdi. Bu portugaliyalik futbolchi uchun klublar va milliy jamoadagi 759-gol bo‘ldi. Shu tariqa Ronaldu futbol tarixida rasmiy o‘yinlar doirasida eng ko‘p to‘p kiritgan Avstriya va Chexoslovakiya milliy jamoalari sobiq hujumchisi Yozef Bisanga yetib oldi. Bu – rekord! Eslatib o‘tamiz, Krishtianu avvalroq ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha futbol qiroli Peleni (757) ortda qoldirgandi. Manba aniq uz
Izohlar