Barselona" sardori Lionel Messi klub bilan shartnoma shartlarini uch marta buzgan, deb xabar berdi “El Mundo”. Ta’kidlanishicha, Instagramdagi postlarida argentinalik sobiq direktor Erik Abidalni tanqid qilgan, shuningdek, rahbariyatning ishchilarning oylik maoshini qisqartirishidan va hujumchi Luis Suaresni Kataloniya klubidan ketishi borasidagi muzokaralaridan noroziligini bildirgan. "Futbolchi klub tartib-intizomiga rioya qilgan holda, ayniqsa, uchrashuvlar, mashg‘ulotlar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari paytida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaslikni o‘z zimmasiga oladi", - deyiladi shartnomada. 31 yanvar kuni “El Mundo” argentinalikning Kataloniya klubi bilan tuzgan shartnomasi tafsilotlarini e’lon qildi, unga ko‘ra, hujumchi to‘rt yil davomida 555 million yevro oladi. Manba: aniq.uz
Izohlar