Демонстрационный сайт » Kitoblar pdf » spravoshnik texnologa mashinasi 2
spravoshnik texnologa mashinasi 2

‘ZBEK IST0N RESPUBLIKASI
OLIY VA Q‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
Z.T. GAIBNAZAROVA,
SH.A. ISAMUXAMETOV
IQTISODIYOT NAZARIYASI
O 'zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta ‘lint vazirligining
muwfiqlashtirwchi kengashi tomonidan bakalavriatning barcha ta ’lim
yo ‘nulishlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
TOSHKENT-2 0 2 0
UO‘K 33.01(075.8)
К ВК 65.01 (5У) G 14
Z.T. Gaibnazarova, Sh.A. Isamuxametov.
Iqtisodiyot nazariyasi (Darslik) - Т.;
«Инновацион ривожланиш нашриётматбаа уйи», 2020. 526 b.
ISBN 978-9943-6726-1-1
D arslikda hozirgi davrda iqtisodiyotni rivojlantirish bilan b o g iiq
nazariy qarashlar va qonunlar, Birinchi Prezidentim iz I.A.Karim ovning
va 6 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M .M irziyoyevning
iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha m a’ruzalarida berilgan tavsiyalar,
qabul qilingan qonunlar, qarorlar va statistik m a’lum otlar keltirilgan.
D arslik tushunarli, ravon yozilgan b o ‘lib, O iiy va o 'rta m axsus
o ‘quv yurtlari bak alav r talabalari, yosh o ‘qituvchilar, biznes va
tadbirkorlik kursi tinglovchilari ham da iqtisodiyot sohasi bilan
qiziquvchi kitobxonlar ommasiga m oijallangan.
Ushbu darslik «Iqtisodiyot nazariyasi» fani bo‘yicha namunaviy
dastur asosida yozilgan. U besh boMimdan iborat bo‘lib, talabalar har bir
bo‘!immi chuqur anglab olishlariga xizm at qiladi. «Iqtisodiyot
nazariyasi» darsligining tarkibiy tuzilishi iqtisodiy raavzular bo‘yicha
fikrlash va tegishli xulosalar chiqarishni ta ’miniaydi.
UO‘K 33.01(075.8)
KBK 65.01 (5^)
M as’ul m u h a rrir:
T aq rizch ilar:
M.A. M ahkam ova - i.f.d., prof., TDTU.
X.P.Abulqosimov - i.f.d., prof., 0 ‘zMU;
A.F.Rasulev - i.f.d., prof., TDIU;
A.M .Tursunov - i.f.n., dots., TDTU.
ISBN 978-9943-6726-1-1
© «Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи», 2020;
© Z.T. Gaibnazarova, Sh.A. Isamuxametov, 2020.
K I R I S H
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, hayotning
o‘zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish
lozim bo‘lgan yangi va yanada murakkab vazifalami qo'ym oqda1. Ushbu muammolar va hayotning o‘zi oldimizga qo‘ygan murakkab vazifalarni tezroq hal qilish, ularning yechimini izlab topish, ko‘p jihatdan
kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari, ziddiyatli va chalkash xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, mamlakatimizda iqtisodiy taraqqiyotni
jadal lashtirish maqsadida qabul qilingan strategik dasturlar mazmunini,
amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarni yanada
chuqurlashtirish, inson manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yish, iqtisodiyotni
erkinlashtirish, tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversffikatsiyalashning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonunqoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli
mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini o'rgatadi.
Jamiyatda ro ‘y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning
amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari
mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan bilimlami berishda «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining ahamiyati beqiyosdir. Bugungi kunda yosh
avlodda xususan talabalarda bunyodkorlik g ‘oyalarini shakllantirish,
ularning ilmiy dunyoqarashini chuqurlashtirish va kengaytirish, iqtisodiy
madaniyatni oshirish kabi muhim amaliy vazifalarni bajarish orqali
mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasini o ‘rganish asosida har bir
tadbirkor yuqori malakali mutaxassis bo‘lishi shart, chunki u bozor
iqtisodiyotining asosiy fundamentini ularning ongida shakllantirishga
xizmat qiladi.
1 Шавкат Мирзиёев. Танкидий тахлил, катьий тартиб-интизом ва шахсий жав обгарлик-хар бир рах,бар
фаолиятининг кундалик коидаси булиши керак. Мамлакатимизни 2016 йнлда ижтимоий-икгисодий
ривожлантиришнииг асосий якунлари ва 2017 йилга м^лжалланган иктисодий дастурнинг энг му^им
устувор й^иалишларига балкшлакган Вазирлар Махкамасининг кенгаитирилган мажлисидаги маърузаси Н
Халксузи, 2017 йил 16 январь.
3
«Iqtisodiyot nazariyasi»ni o‘rganish, iqtisodiy jarayonlam ing tub
mohiyatini to ‘g ‘ri tushunish ko‘p jihatdan uni o‘rganuvchilaming
ma’lum nazariy va uslubiy olgan bilimlari bilan qurollanish darajasiga
bog‘liq.
Shu bilan birga 2017-yil 20-aprelda 0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining «Oliy ta ’lim tizimini yanada rivojlantirish choratadbirlari to ‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi, bundan tashqari oliy ta’lim
tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish
bo‘yicha eng muhim vazifalardan biri sifatida «...xalqaro ta ’lim
standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o ‘quv
dasturlari va o ‘quv-uslubiy materiallami keng joriy qilish...» vazifasi
qo‘yildi. Belgilangan vazifalar va qo‘yilgan talablardan kelib chiqib,
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani bo‘yicha ushbu darslik yaratildi.
Darslik kirish, besh bo‘lim: iqtisodiy taraqqiyotning umumiy
asoslari, bozor iqtisodiyoti nazariyasi, mikroiqtisodiyotning amal qilish
va rivojlanish qonuniyatlari, milliy iqtisodiyot (makroiqtisodiyot) ning
amal qilish va rivojlanish qonuniyatlari va jahon xo‘jaligi hamda
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Darslikni yozishda hozirgi davrda iqtisodiyotni rivojlantirish bilan
bog‘liq bo‘lgan Prezident Sh.Mirziyoyevning m a’ruzalarida berilgan
tavsiyalar, qabul qilingan qonunlar va statistik m a’lumotlar keltirilgan.
Shuningdek, iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar tomonidan chop etilgan darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalardan, turli iqtisodiy maktablarga oid olimlarning ilmiy ishlaridan
ham foydalanildi.
Darslik oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishida tahsil
olayotgan talabalarga m o‘ljallangan.
4
F bo‘lim. IQTISODIY TARAQQIYOTNING UMUMIY ASOSLARI
1-bob. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING
PREDMETI VA BILISH USLUBLARI
1.1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi.
1.2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi.
1.3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari.
1.4. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar.
1.5. Iqtisodiy hodisa va jarayonlami ilmiy bilishning usullari.
Iqtisodiyot nazariyasini o‘rganish, iqtisodiy jarayonlaming tub mohiyutini to'g'ri tushunish ko‘p jihatdan uni o‘rganuvchilaming m a’lum
iin/ariy va uslubiy bilim bilan qurollanishiga bog‘liq. Shuning uchun
hum imizkur mavzu insoniyat jamiyati taraqqiyotining asosi b o ‘lgan iqtisodiyot lushunchasini, uning oldida turgan vazifalami, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiyot nazariyasi fanining vujudga kelishini qisqacha tavsiflash bilan boshlanadi. Iqtisodiyot
nazariyasi lanidagi asosiy oqimlar va nazariyalarning umumiy bayoni
qisqacha beriladi. Bu yerda iqtisodiyot va uning bosh masalasi, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti, vazifalari va boshqa iqtisodiy fanlar
ichida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berish bilan birga iqtisodiy qonunlar va
kategoriyalar hamda ularning amal qilish mexanizmini yoritib berishga
alohida o ‘rin beriladi. Shuningdek iqtisodiy jarayonlami ilmiy bilish
usullarining mazmunini ochib berishga hamda Mamlakatimiz Prezidenti
Nh.Mirziyoyev ma’ruzalarini va 0 ‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasini o‘rganishning ilmiy
uslubiy aluuniyatiga alohida e’tibor qaratiladi.
1.1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi
Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun,
eng avvalo, iqtisodiyot va uning vazifalari to‘g ‘risida tasaw urga ega
bo'lish lozim. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko‘p
qirrali va g‘oyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar
kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, fan,
madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va
nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari ko'payib,
5
rivojlanib hamda ulaming o‘zgarib borishi natijasida vujudga keladi.
Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqat va bilish mumkin b oigan oddiy
narsaga o‘xshab ko‘rinadi.
Hozirgi kunda hammaga m a’lumki, insonlar yashashlari, siyosat,
san’at, adabiyot, fan, m a’rifat, madaniyat hamda ta’lim bilan shug‘ullanishlari uchun hayotiy ne’matlami iste’mol qilishlari va kiyinishlari
kerak. Shuning uchun har bir shaxs, o‘zining kundalik hayotida bir
qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyoj lari-kiyim-kechak, oziqovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ega bo‘lish, bilim olish kabi ehtiyojlar
uchun zarur bo‘lgan pul daromadlarini qayerdan, nima hisobiga topish
kerak degan muammolarga duch keladi.
Bu muammolami yechish va o ‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida
kishilar turli yo'nalishlarda, sohalarda faoliyat ko‘rsatadilar. Demak,
insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va
uning kamol topishini ta’minlaydigani moddiy va m a’naviy ne’matlar
ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy
faoliyatdir.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning
yashashi, kamol topishi uchun zarur b o ‘lgan hayotiy vositalarni ishlab
chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan
bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z
bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida
ro‘y bergan. Shuning uchun qadimgi yunon olimlarining (Ksenofont,
Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot-uy xo‘jaligi va uni yuritish
qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik
ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot keng
ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki individual xo‘jalik yuritish yoki
tejamkorlik m a’nosini anglatmaydi,. balki iqtisodiyot-yirik xususiy
xo‘jalik, jam oa xo‘jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo‘jaliklaridan,
moliya va bank tizimlaridan, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar,
korporatsiyalar, konsemlar, qo‘shma korxonalar, "d ^ latlar o‘rtasidagi
turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat o ‘ta murakkab ijtimoiy tizimni
anglatadi.
6
Buning ustiga barcha resurslarimiz - tabiiy boyliklar, malakali
ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari, pul
mablag‘lari va boshqa resurslaming barchasi cheklangan miqdordadir.
Hattoki, ishlab chiqarishning bugungi darajasida insoniyat ixtiyoridagi
turli tabiiy boyliklaming taxminan qancha vaqtga yetishini oldindan
bashorat qilish mumkin. Jumladan, insoniyat 2500 yilga kelib, barcha
metall zaxiralarini sarflab bo‘lishi bashorat qilinib, bunda temir rudasi
250 yilga, aluminiy 570, mis 29, rax 23, qalayi 35, qo‘rg‘oshin 19 yilga
yetishi taxmin qilinmoqda. Amalda hozir yashayotgan avlod ham ishlab
chiqarishda qo‘rg‘oshin, qalayi, rux, oltin, kumush, platina, nikel,
volfram, misdan foydalanish muammosiga duch kelmoqda. Yaqin yuz
yil ichida ishlab chiqarishni energoresurslar: neft, gaz, k o ‘mir bilan
ta’minlash muammosi ham alohida muammo bo‘lib qolishi ehtimoldan
holi emas [65].
Buning ustiga barcha resurslarimiz - pul mablag‘lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol
tovarlari hammasi cheklangan miqdordadir. Ushbu cheklangan iqtisodiy
resurslardan oqilona foydalanib, aholining to ‘xtovsiz o‘sib boruvchi
ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni
to‘g ‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini
tashkil etadi.
Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin: jahon
iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, funksional iqtisodiyot, mintaqa iqtisodiyoti; korxona yoki firma
iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Ba’zan ularni yaxlitlashtirib, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari,
shakllari qanday bo‘lishidan qat’i nazar ularning hammasi bir maqsadga
bo'ysungan: u ham bo‘lsa insoniyatning yashashi, ko'payishi va kamol
topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalami
yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan,
iqtisodiyot inson hayotining asosini, poydevorini tashkil etib, o‘zi ham
insonsiz, faoliyatisiz mavjud bo‘lmaydi va mazmunga ham ega emas.
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlaming, resurslar
harakati bo‘yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan
iboratdir:
1. Ishlab chiqarish jarayoni.
2. Ayirboshlash jarayoni.
7
3. Taqsimot jarayoni.
4. Iste’mol qilish jarayoni.
Bularning ichida eng asosiysi va boshlang‘ichi ishlab chiqarish
jarayonidir. Chunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda
yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan
va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi.
Ikkinchi muhim faza esa taqsimot jarayonidir. Bu bosqichda, eng
avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital va ishchi kuchi, tovar va
xizmatlaming alohida turlari, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, sohalar,
hududlar va nihoyat, korxonalar o‘rtasida taqsimlanadi. Bundan tashqari,
ishlab chiqarish natijasi bo‘lgan tovar va xizmatlar, ulaming pul holidagi
ko‘rinishi bo‘lgan daromadlar ham taqsimlanadi. Taqsimot qancha
adolatli va to ‘g‘ri bo‘lsa, ishlab chiqarishning yuksalishiga shuncha
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uni rag‘batlantiradi.
Ayirboshlash jarayoni - takror ishlab chiqarishning muhim fazasidir.
Mehnat taqsimoti natijasida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlaming
ma’lum turlarini ishlab chiqarishga, yetkazib berishga, ba’zilar esa
boshqa turdagi tovarlami ishlab chiqarish, yetkazib berish bo‘yicha
ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini
sotib, o‘ziga kerakli bo‘lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi.
Natijada turli xil yo‘nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat
ko‘rsatuvchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa-ayirboshlash, pul orqali oldisotdi jarayoni sodir b o ‘ladi.
Iqtisodiyotda takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi iste’mol
jarayonidir. Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar turli kishilar, guruhlar
tomonidan iste’mol qilinib, ulaming ehtiyojlarini qondiradilar. Iste’mol
ikki turda bo‘ladi: ishlab chiqarish iste’moli va shaxsiy iste’mol. Ishlab
chiqarish iste’molida ishlab chiqarish vositalari (kapital) va ishchi
kuchidan foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. Shaxsiy iste’mol
jarayonida esa iste’mol buyumlari pirovard foydalanilib, ular yo‘qotiladi
va o‘miga yana yangisini ishlab chiqarish zaruriyati vujudga keladi.
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi-ehtiyoj laming cheksizligi
va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.
Bu masalani to ‘g‘ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyoj nimaligini,
uning turlarini bilish zarurdir.
Insonning yashashi va kamol topishi, qolaversa, rivojlanishi uchun
kerak bo‘lgan hayotiy vositalardan biri - zarurat iqtisodiyot nazariyasi
fanida “ehtiyoj” deb ataladi.
Shunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo
to‘xtovsiz takrorlanib turadigan jarayondir. Bu jarayonni ushbu (1.1-
rasm)da tushunish osonroq bo'ladi.
1.1-rasm. Tovarlar, xizmatlar va resurslaming takror ishlab
chiqarish jarayonlaridagi harakati.
Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy,
siyosiy ehtiyoj lar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyoj lar alohida o‘rin tutadi.
Bu ehtiyoj lar kishilaming yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi
uchun moddiy ne’matlar hamda xizmatlarga zaruratdan iborat bo‘ladi.
Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy
ehtiyojlami o‘z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning
o ‘zlariga foydali bo‘lgan moddiy ne’matlami xarid qilish va
foydalanishga bo‘lgan zaruratdir. Bular iste’mol uchun zarur bo‘lgan
ko‘plab hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va
zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, yengil avtomobil va h.k.) o ‘z
ichiga oladi.
M a’naviy ehtiyojlar kishilaming bilim va dam olish, madaniy
saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega b o ‘lish, har xil xizmatlardan
bahramand bo‘lish kabi moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan ko‘plab
hayotiy zaruratlarni o‘z ichiga oladi.
Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa
ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi obyektlar xususiyatiga bog‘liq.
Shunday buyum va xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda
foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish binolari, kasalxonalardan,
dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport o ‘yinlari va ko‘ngilochar
tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular jumlasidandir.
Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi:
1. Jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi.
2. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum.
3. Tabiiy-geografik sharoitlar.
4. Tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar.
5. Aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar.
6. Xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlami to ‘liq qondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir m a’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo
bo‘lishi, keng reklamaning ta’siri va savdoning rag‘batlantirishi natijasida ehtiyojlar o ‘zgaradi va ko‘payib boradi. Shunday ekan, jam iyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to ‘xtovsiz yangilanib va o‘sib borishi tabiiy
bo‘lib, uni o‘ziga xos qonun orqali ifodalash mumkin. Ehtiyojlarning
miqdoran o‘sib, sifat jihatidan takomillashib borishi ehtiyojlarning o‘sib
borishi qonuni deyiladi. Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar
o‘rtasidagi uzviy, to ‘g‘ridan-to‘g ‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi.
Ehtiyojlarning o‘zi ham bir-birini taqozo etadi. Bir ehtiyoj o‘z
orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter
texnikasiga ehtiyojning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatishni
o‘rganish, unga xizmat ko‘rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib
chiqaradi.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan
chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘zgargani holda uni
ta’minlash uchun kerak bo'ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan
bo‘ladi. Iqtisodiy resurslar deganda, tovar ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan barcha vosita va
imkoniyatlar majmui tushuniladi.
Iqtisodiy resurslami quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Tabiiy resurslar (yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmon va biologik
resurslar);
2. Ishchi kuchi resurslari (kishilaming aqliy va jismoniy qobiliyatlari);
3. Kapital (foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar,
pul mablag‘lari va boshqalar);
10
4. Tadbirkorlik qobiliyati (kishilaming ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari).
Iqtisodiy resurslaming ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki,
ularga ishlab chiqarishda bevosita qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar,
tovar va pul zaxiralari ham kiradi.
Resurslaming cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo‘li
bo‘lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo‘yadi. Bu
imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo‘lib turmaydi, balki yangi
texnikalar va texnologiyalaming yaratilishi va ishga solinishi ishlab
chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini
beradi. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlami qondirish
darajasi o‘rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha
ifodalash mumkin.
1.2-rasm. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish
darajasi o‘rtasidagi bogMiqlik.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab
chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlami qondirishning
darajasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolami
qo‘yadi:
1. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning optimal variantlarini
(eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslami ko‘proq ishlab
chiqarishga jalb qilish;
2. Mavjud resurslaming har bir birligidan tejab-tergab, samarali
foydalanish;
3. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib,
yangi energiya, material, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib,
foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish.
Bu muammolami hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy
bilimlarga ega boiishni taqozo qiladi.
11
1.2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakilanishi
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo‘ldagi faoliyatning asosiy
yo‘nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud
bo‘lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak
bo‘lgan tomonga yo‘naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib
chiqqan.
Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko‘zga ko‘ringan
olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shuningdek qadimgi
Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida qarab
chiqilgan edi.
Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga yetib kelgan Qur’oni
karimni, hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xaldun asarlarini, bobolarimiz
Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher
Navoiy, Mirzo Ulug‘bek asarlarini o‘qir ekanmiz, ularda insonning
yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, ijodiy mehnat qilish
kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo‘lamiz.
Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-
1406) ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir.
Uning 1370-yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi»)
asarida dunyoda birinchi bo‘lib, tovarning ikki xil xususiyatini-iste’mol
qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy
va qo'shim cha mehnat hamda zaruriy va qo‘shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, tovarlami ayirboshlash jarayonida, ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning va uning nafliligini
hisobga olinishi ham ta’kidlangan [37].
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g‘oyalari 1482-yilda
yozilgan «Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub»
asarlarida bayon etilgan. U kishi mahsulotni uch qismga bo‘lib, birinchi
qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o ‘zining va oilasining
ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun
sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari, mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e ’tibor
beradi. Shu bilan birga boylikni halol mehnat bilan topish, to ‘plash va
foydalanish zarurligini ta’kidlaydi [37].
12
Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan 0 ‘rta
Osiyoning ko‘pgina olimlari iqtisodiyotni izchil o ‘rganish asosida uning
ko‘pgina qonim-qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan bo‘lsalar
ham, hali iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanmagan edi.
Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko‘pgina mamlakatlarda
milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda
«siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi.
Siyosiy iqtisod yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib «politikos»-
ijtimoiy, «oykos» -uy, uy xo‘jaligi, «nomos»-qonun degani. Ya’ni uy
yoki ijtimoiy xo‘jalik qonunlari ma’nosini beradi. 1575-1621-yiIIarda
yashab, ijod qilgan fransuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi
marta 1615-yilda «Siyosiy iqtisod traktati» nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida
asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy
iqtisod keng ma’noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va
ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to ‘g‘risidagi fandir, deb yozgan
edilar.
Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha
g‘oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining
manbai nima, u qayerda va qanday qilib ko‘payadi, degan savollarga
javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi
merkantilizm deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning,
jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan
tashqi savdoda-muomala jarayonida paydo bo‘ladi, ko‘payadi, savdoda
band bo‘lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir,
deb tushuntirib keldilar. Keyinchalik ayirboshlash, ya’ni savdo
jarayonida hech qanday boylik yaratilmasligi, qiymatning ko‘paymasligi
ma’lum bo‘lib qoldi. Faqat ayriboshlashning ekvalentlik tartibi, ya’ni
teng mehnatga teng boylik muvozanati buzilgan taqdirda boylik birovlar
foydasi ga qayta taqsimlanadi, natijada kimdir boyib, kimdir xonavayron
bo‘lib boradi. Merkantilistlar iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi
davlatning iqtisodiy siyosatiga amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
deb ta’kidladilar. Ularning fikricha, iqtisodiyotda ijobiy savdo balansiga
erishilishi uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashishi, ya’ni milliy ishlab
chiqarish va savdoni o ‘z panohiga olishi zarur deb hisoblaydi.
Keyingi oqim fiziokratlar deb atalgan. Ular merkantilistlardan farqli
o'laroq, boylik qishloq xo‘jaligida yaratiladi va ko‘payadi, degan
13
g‘oyani olg'a surdilar. Ulaming vakili bo‘lgan F.Kene mashhur
«Iqtisodiy jadval» asarini (1758) yozdi va unda fiziokratizm maktabi
asoslarini yaratdi. Uning nazariy va siyosiy dasturini ta’riflab berdi. Bu
asarda F.Kene almashuvning ekvivalentlik ta’limotini ilgari surdi. Uning
fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, almashuv jarayonida
teng miqdorli qiymatlaming almashuvi ro ‘y beradi, tovarlaming qiymati
bozorga kirmasdan oldin mavjud bo‘ladi. F.Kenening ta’limotida sof
mahsulot nazariyasi markaziy o‘rin egallaydi. Uning fikricha, yalpi
ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi farq sof
mahsulot hisoblangan. F.Kene sof mahsulot bilan qo‘shimcha qiymatni
chalkashtirib, ikkalasini aynan bir narsa deb tushunadi. U qo‘shimcha
qiymat dehqonlaming qo‘shimcha mehnati samarasi sifatida yuzaga
keladi deb izohlaydi, ayrim joylarda esa qo‘shimcha qiymatni tabiatning
sof hadyasi deb qarab, uni yaratishda tabiat ham ishtirok etadi, deb
tushuntiradi [37]. Bu yerda u o‘zi bilmagan holda qiymat bilan naflilik
(iste’mol qiymat)ning farqiga bora olmaganligini ifoda etadi. F.Kene
ta’limotini A.Tyurgo, Dyupon de Nemur va boshqalar davom ettirdi.
Fiziokratlarning ta’limoti bo‘yicha qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan
mehnat birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib, boshqa sohalardagi
mehnat esa unumsiz mehnat deb hisoblangan.
Keyinchalik iqtisodiyot fanining klassik maktabi namoyondalari
bo‘lmish A.Smit, U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar
boylik faqatgina qishloq xo‘jaligidagina emas, balki shu bilan birga
sanoat, transport, qurilish va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida ham
yaratilishini isbotlab berdilar va hamma boylikning onasi yer, otasi
mehnat, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldilar. Shuni aytish kerakki,
A.Smitning «ko‘rinmas qo‘l» prinsipi hozirgi kunda juda ko‘p tilga
olinmoqda. U o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari
to‘g‘risida tadqiqot» (1776) degan kitobida insonni faollashtiradigan
asosiy rag‘bat xususiy manfaatdir deb ko‘rsatadi [46]. Inson o‘z xususiy
manfaatini amalga oshirishga, ya’ni foyda olishga intilib, mehnat
taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat turini yaratadi,
boshqalarga yetkazib beradi, o‘z kapitalini ko‘paytiradi va shu intilishda
o‘zi bilmagan holda jam iyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadi deb
tushuntiradi. U kapital, mehnat, tovar, ishchi kuchi va boshqa
resurslarning erkin harakatini ta’minlash prinsipini ilgari suradi. Ushbu
14
maktabning «klassik» deb nom olishiga ularning quyidagi yutuqlari
sabab bo‘ldi.
Birinchidan, A.Smit va D.Rikardo iqtisodiyotni o‘rganishga ilmiy
yondashuv beradigan tadqiqot usullarini ishlab chiqdi va muvafaqqiyatli
qo‘lladilar. Aynan ana shu usullar yordamida ular merkantilistlarning
boylikning manbasi savdo degan g‘oyasini asossiz ekanligini
isbotlashdi.
Ikkinchidan, iqtisodiyot to ‘g ‘risidagi barcha yig‘ilgan bilimlami
klassik maktab namoyondalari ma’lum bir ilmiy tizimga keltirdilar. Bu
narsaga ular birinchi bo‘lib iqtisodiy ne’matlami ishlab chiqarish,
taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol o‘rtasidagi tizimli aloqani tadqiq
etgani sabab bo‘ldi.
Uchinchidan, ingliz klassiklari xo‘jalik hodisalarining ko‘zga
ko‘ringan tomonlarini tadqiq qilish bilan cheklanib qolmadilar. Ular
ushbu hodisalarning mohiyatini, ular o‘rtasidagi sabab-oqibatli
aloqadorlikni aniqladilar, shuningdek kapitalistik iqtisodiyot qonunlarini
ochdilar.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanishida Sismondining ham
muhim hissasi bordir. U kapitalistik iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib,
siyosiy iqtisod inson hayoti yo‘lida sotsial mexanizmni takomillashtirishga qaratilagan fan bo‘lmog‘i lozim deb k o ‘rsatadi. Kapitalizmning
iqtisodiy tuzumini tanqid qilish bilan bir qatorda undan ko‘ra progressiv
bo‘lgan jamiyat qurish g‘oyasi Sen-Simon, Shari Fure, Robert Ouen kabi
sotsial utopistlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy mulkni
qattiq tanqid qilib, uni tugatish tarafdori edilar.
Ulardan keyin marksizm deb nomlangan nazariy yo‘nalish
o‘zlarining nazariyasida jam iyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb
qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning iqtisodiy tuzumi,
tarkibiy qismlari, vujudga kelish, rivojlanish va boshqasi bilan almashish
sabablari to‘g‘risidagi ta’limotni hamda qo'shimcha qiymat nazariyasini
yaratdilar.
XIX asming oxirgi choragidan iqtisodiyot nazariyasining yangi
yo‘nalishi «Ekonomiks» vujudga kela boshladi. Avvalo, aytib o‘tish
kerak, mazkur yo‘nalish klassik ilmiy yo‘nalishning asosiy belgilariga
ega edi. Birinchidan, ushbu yo‘nalish tadqiqotchilari iqtisodiyotni tadqiq
etishda bilish usullarining keng doirasiga tayanishadi. Ular birinchi
b o iib xo‘jalik jarayonlarining miqdoran o‘zaro bog‘ liqliklarini
15
aniqlashda matematik usullardan, iqtisodiy psixologiya usullaridan
foydalanishdi. Ikkinchidan «Ekonomiks» vakillari iqtisodiyot
nazariyasining predmeti sifatida insonlar o‘rtasidagi tashkiliy-iqtisodiy
munosabatlami qarashdi (klassiklarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar).
N e’matlar doiraviy aylanishida asosiy va belgilovchi bo'lib bozorga oid
ayirboshlash bitimlari tan olindi.
Iqtisodchi olim G.Galbraith aytganidek, «Ekonomiks bozor iqtisodiyoti mikro va makro tahlillarining tor chegaralarida qolishi
natijasida yirik fan tizimiga aylanadi» [52]. Birinchi marotaba 1902-yili
«Ekonomiks» fanini A.Marshall Kembridj universitetida o ‘z
ma’ruzalarida o‘qishni boshladi va undan avval 1890-yili
A.Marshallning (1842-1924) «Ekonomiks prinsiplari» nomli kitobi
nashr etilgan edi [50]. Shuningdek 1948-yili P.Samuelsonning mashhur
darsliklaridan biri «Ekonomiks» nashr etildi. M uallif ushbu darslikda
shrni ta’kidlab o‘tadi «Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy, iqtisodiy uy
xo‘jaliklari, korxonalar (korporativ) boshqaruv kabi fanlar bilan uzviy
bog'liq» [50].
Iqtisodiyot nazariyasi predmetining yangicha talqini xo‘jalik
yuritishning bozor tizimi to ‘g‘risidagi marjinalizm deb atalgan butun bir
ta’limotga olib keldi. U inglizcha so ‘zdan olingan bo‘lib, oxirgi,
qo'shilgan degan m a’noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy
maktabining namoyondalari Karl Menger, Fridrix fon Vizer, BemBaverk va boshqalar bo‘lib, ular tomonidan qo‘shilgan tovar
nafliligining, qo‘shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib
borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqildi. Maijinalizm nazariyasi
aniq olingan tovarga bo'lgan talab va uning narxi o ‘rtasidagi bog‘liqlik
va o‘zaro ta’sirini tahlil qilishda keng qo‘llanildi.
Iqtisodiyot nazariyasining yangi yo‘nalishi neoklassik, ya’ni yangi
klassik deb nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyondalaridan biri
A.Marshall bo‘lib, u iqtisodiy jarayonning funksional bog‘lanishi va
funksional nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi, bozor
muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb
qaradi. Bu nazariy yo‘nalishning namoyondalaridan biri shveysariyalik
iqtisodchi Leon Valras bo‘lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat
modelining nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondasi Y.Shumpeter 1912-
yilda yozgan «Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi» deb atalgan kitobida
16
iqtisodiy tizimlar o‘zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki
mazmunini va turtki beruvchi kuchini ko‘rsatishga harakat qildi va u
iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan
xulosaga keldi.
1936-yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o‘zining
«Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» degan kitobida
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. milliy daromad, kapital xarajatlar,
iste’mol va jam g‘arishning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, investitsiya
va iste’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi iqtisodiy
taraqqiyotning muhim omili deb ko‘rsatadi [44]. Keyns ta’limoti, ya’ni
keynschilik maktabi ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga
qo‘yildi. U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi
zarurligini isbotladi.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo‘nalishlaridan
biri monetarizm deb ataladi. Agar Keyns nazariyasining ishlab
chiqilishida markaziy muammo ishsizlik b o ‘lgan bo‘lsa, monetarizm
nazariyasining asosiy muammosi ishlab chiqarish hajmining pasayib
borish sharoitida inflatsiyaning vujudga kelishidir. Ushbu holat
stagflatsiya degan nom oldi. Monetarizm maktabining asoschisi Milton
Fridmen b o iib , uning iqtisodiyot nazariyasiga qo‘shgan hissasi pul
nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monetaristlar tovar ishlab
chiqarish jarayoniga pulning qayta ta’sir etish mexanizmini, pul
dastaklari va monetar siyosatning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta’sirini
chuqur tadqiq etishdi. Monetarizm pul-kredit dastaklari yordamida
iqtisodiyotni tartibga solishda o‘ziga xos yondashuvni vujudga keltirgan
nazariyadir.
Hozirgi vaqtda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa
qator yo‘nalishdagi iqtisodiy nazariyalar yig‘indisi «Ekonomiks» nomli
kitobda mujassamlashgan bo‘lib, bu AQSH, Angliya va boshqa qator
mamlakatlarda darslik sifatida o‘tiladi. Rus tiliga tarjima qilinib, bizga
ma’lum b o ig an P.Samuelson, R.Makkonnell va L.Bryulaming kitoblari
uning namunalaridir [39, 40].
Hozirgi vaqtda bu yo‘nalishdagi fan bizda va boshqa qator MDH
mamlakatlarida «Iqtisodiyot nazariyasi» deb atala boshladi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o‘tgan
yoM va unda vujudga kelgan g ‘oyalar, oqimlar juda murakkab,
ko‘pincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shu bilan birga aytishimiz
17
kerakki, hech qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalari mutiaq va doimiy
haqiqat kursisiga egalik qila olmaydi. Har bir maktab m a’lum darajada
muammolarga bir tomonlama yondashganligini yoki bo‘lmasa ba’zi bir
nazariy savollarni yoritishda anglashilmovchilikka yo‘l qo‘yganligi bilan
ajralib turadi, sababi barcha nazariy oqimlar qaysidir ijtimoiy guruh
manfaatlari nuqtayi nazaridan va o ‘sha davr real holatidan kelib
chiqqanlar. Shunday bo‘lsada, ular bir-birini to‘ldiradi, iqtisodiy
jarayonlar va hodisalaming ichki ziddiyatlarini, qonunlarini m a’lum
darajada umumlashtirib ifodalaydi. Demak, jam iyat alohida bir nazariya
asiri bo‘lib qolmasligi kerak, uning rivojlanishi umummilliy manfaatlar
bilan yo‘naltirilishi zarur.
1.3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashga oid masalaning
echimi juda murakkab bo‘lib, bu haqda o‘tmishda ham, hozir ham turli
olimlar har xil fikrlar bildirib kelmoqdalar.
Aristotel bu fanni uy xo‘jaligini boshqarish qonunlari to ‘g‘risidagi
fan deb qaragan bo'lsa, merkantilistlar, fiziokratlar va ingliz klassik
iqtisodiy maktabi vakillari unga boylik to ‘g ‘risidagi, uning manbalari va
ko‘paytirish yo‘llari, boylikni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash
va iste’mol qilish to‘g‘risidagi fan deb qaradilar. Keyingi paytda mazkur
fanni xalq xo‘jaligi, ijtimoiy xo‘jalik to‘g ‘risidagi fan deb ham
hisoblamoqdalar. Ayrimlar iqtisodiyot nazariyasi fanini moddiy hayotiy
vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqarish qonunlari
to‘g‘risidagi fan deb ko‘rsatadilar. A.Marshall esa iqtisodiyot nazariyasi
(siyosiy iqtisod) fanining predmeti insoniyat, jamiyatning me’yoridagi
hayotiy faoliyatini tadqiq qilishdan iborat, deb yozadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan
davrda qator darsliklarda va ayrim asarlarda uning predmeti moddiy
ne’matlami ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida sodir
bo‘ladigan munosabatlarni o‘rganishdan iborat, deb ko‘rsatilgan edi.
AQSH va boshqa ba’zi bir mamlakatlardan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklarida bu fanning predmeti kishilaming moddiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali
foydalanish muammolarini tahlil qilish, kishilarning iqtisodiy xulqatvorini o‘rganishdan iborat, deb ko‘rsatilgan.
18
Shuningdek bir qator iqtisodchi olimlar iqtisodiyot nazariyasi
darsliklarida bu fanning predmeti bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan
ta’riflar berib o ‘tganlar, shu jum ladan M.N.Chepurin, E.A.Kiseleva
«Iqtisodiyot nazariyasi kishilarning iqtisodiy xatti-harakatini, ya’ni
ularning moddiy va nomoddiy ne’m atlami ishlab chiqarish, taqsimlash,
ayirboshlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq harakatlarini o‘rganadi»,
S.S.Nosova «Ishlab chiqaruvchi kuchlaming erishilgan darajasi asosida
moddiy ne’mat va xizmatlami ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash
va iste’mol qilish bo‘yicha kishilar o‘rtasida vujudga keluvchi ishlab
chiqarish munosabatlarining yig‘indisi», G.P.Juravleva, V.I. Vidyapin
«Umumiy iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo‘lib, u cheklangan
resurslar sharoitida ehtiyoj lami qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni
ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish
jarayonlarida kishilar va guruhlaming xatti-harakatini o'rganadi»,
V.D.Kamayev «Boylik va resurslaming cheklanganligi, ulardan samarali
foydalanish bilan yaxlit holdagi ishlab chiqarish munosabatlari tizimini,
ishlab chiqaruvchi hamda iste’molchi sifatidagi insonning xattiharakatini o‘rganadi», D.D.Moskvin «Ishlab chiqarish munosabatlarini
va ulaming ishlab chiqarish kuchlari bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadi»,
E.F.Borisov «Ne’matlar va xizmatlami ishlab chiqarish, taqsimlash,
ayirboshlash va iste’mol qilishda tarkib topuvchi kishilar o‘rtasidagi
munosabatlarni o‘rganadi».
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to ‘g ‘risida bildirilgan
barcha fikrlardan ko‘rinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darslik va
boshqa kitoblarda ishlab chiqarish jarayonida kishilar o ‘rtasida sodir
boiadigan munosabatlarni o'rganishga alohida e’tibor berilgan bo‘lsa,
«Ekonomiks»da va bozor iqtisodiyotiga doir Rossiyada chiqarilgan
darsliklarning ko‘pchiligida asosan kishilarning resurslarga, moddiy
ashyo va buyumlarga b o ig an munosabatini, xatti-harakatini
o‘rganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanishlariga
alohida e ’tibor berilgan.
Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u
tomonini ham, bu tomonini ham chetda qoldirmasligi, masalaga bir
tomonlama yondashuvga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Chunki har qanday
mehnat, har qanday ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, eng avvalo,
tabiat ashyolari, moddiy vositalar, pul mablag‘lari orqali amalga
oshiriladi va ulardan foydalaniladi. Shuning uchun mavjud resurslarga,
ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga, ulardan unumli foydalanishga
b oigan munosabat, ishlab chiqarish omillarining o‘zaro bogiiqligi va
bir-biriga ta’sirida o ‘rganilishi lozim. Boshqa tarafdan, hech qanday
mehnat yoki ishlab chiqarish alohida olingan kishi yoki guruh
tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz, munosabatlarsiz amalga
oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida birbirlari bilan albatta o‘zaro munosabatda bo‘ladilar va shu munosabatga
qarab harakat qiladilar, o‘z xulq-atvorlarini, xatti-harakatlarini
belgilaydilar.
Mana shulami hisobga olib, iqtisodiyot nazariyasi fanining
predmeti-iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz
ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne’matlami va xizmatlami
ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida
vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlami, ijtimoiy xo‘jalikni samarali
yuritish qonun-qoidalarini o‘rganishdan iborat, deb aytish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi hamda vazifasini ikki
tomonlama, ya’ni ham amaliy va nazariy tomonlarini tushuntirish
mumkin. Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot
nazariyasining to‘rtta asosiy vazifasi ajratib ko‘rsatiladi:
1. Bilish vazifasi - har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham
fundamental ahamiyatga ega: jamiyatda insonlaming tabiat ashyolari,
boshqa moddiy ashyolar hamda o‘zaro bir-birlari bilan aloqalarida
vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlami tadqiq etib, bizni o ‘rab turgan
olam to‘g‘risidagi fikrlarimizni kengaytiradi.
2. Amaliy vazifa - amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi
cheklangan resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o‘sishni ta’minlash
va shu asosda o‘sib boruvchi ehtiyojlami qondira borishdan iborat. Shu
maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslaming har bir birligi
evaziga ko‘proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni
ta’minlash, har bir faoliyat turi bo‘yicha xarajatlar miqdori bilan
erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash,
resurslardan unumliroq foydalanish yoilarini topishdan iboratdir.
3. Uslubiy vazifasi - iqtisodiyot nazariyasi fanining o ‘zi, tahlili va
uning tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar
boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos b o iib xizmat qiladi.
4. G‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi - ushbu vazifa shundan iboratki,
uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi
20
o‘rganuvchilaming ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol
g‘oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ulami mfflat manfaatlari
yolida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko‘paytirish, milliy
pul qadrini oshirish, milliy tovarlami jahon miqyosida bozorgir bo‘lishini
ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko‘tarish ruhida
tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy
ne’matlaming inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ulami
mehnat hamda cheklangan resurslami tejash ruhida tarbiyalaydi.
1.4. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan
iqtisodiy qonunlarni ham o ‘rganadi.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy
hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror
sabab-oqibat aloqalarini, ulaming o ‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi.
Iqtisodiy qonunlar obyektiv xususiyatga ega bo‘lib, ulaming kelib
chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilaming
ongiga, ularning xohish-irodasiga bog‘liq emas.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi
guruhlarga turkumlaydi:
1. Umumiy iqtisodiy qonunlar-kishilik jamiyati rivojlanishining
barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni,
ehtiyojlarning tez o ‘sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni,
ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati
va rivojlanish darajasi mos kelishi qonuni va boshqalar.
2. Davriy iqtisodiy qonunlar-insoniyat jamiyati taraqqiyotining
ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni
va qiymat qonuni.
3. Maxsus iqtisodiy qonuniar-alohida olingan iqtisodiy tizim
sharoitida amal qiladi. Masalan, qo‘shimcha qiymat qonuni.
Iqtisodiy qonunlaming yuqorida sanab o‘tilgan gumhlarini birbiridan farqlash uchun quyidagi shartli rasmdan foydalanamiz
( 1.3-rasm).
21
Kishilik jamiyatining rivojlanish bosqichlari
... va hokazo
------------------------------1-------------------------------1-------------------------------1-------------------------------— I--------------- --------------------1------------------------------------>
Maxsus iqtisodiy qonunlar
Y
Davriy iqtisodiy qonunlar
Umumiy iqtisodiy qonunlar
1.3-rasm. Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi.
Rasmdan ko‘rinadiki, kishilik jamiyatining rivojlanishi bir necha
bosqichlami bosib o‘tib, ular 1, 2, 3,...va h.k. tartibida belgilangan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, maxsus iqtisodiy qonunlar bu bosqichlaming
har biri uchun alohida tarzda amal qilib, ular mazmunan bir-biridan
farqlanadi.
Davriy iqtisodiy qonunlar esa taraqqiyotining bir necha bosqichi
uchun tegishli bo‘ladi va ularga amal qiladi. Umumiy iqtisodiy qonunlar
kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarini qamrab olib,
ularning har birida to‘liq amal qiladi.
Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani
iqtisodiy jarayonlarining alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy
kategoriyalami va ilmiy tushunchalami ham ta’riflab, ularning
mazmunini ochib beradi.
Iqtisodiy kategoriyalar-doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy
jarayonlar va real hodisalaming ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiynazariy tushunchadir.
Iqtisodiy kategoriyalar va ilmiy tushunchalar kishilar tomonidan
o‘ylab topilmagan, balki real iqtisodiy hodisalami ifoda etadigan ilmiy
tushuncha bo‘lib, ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital,
ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular
jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy kategoriyalaming farqi
shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlari, sohalari, bo‘laklari
orasidagi bog‘liqlikni, ularning biri o‘zgarsa, albatta ikkinchisi ham
o‘zgarishi mumkinligini ko'rsatadi. Iqtisodiy kategoriya-ilmiy tushun-
22
chalar esa, iqtisodiy hodisalaming bir tomonini, uning mazmunini ifoda
etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu
tushunchalaming iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni
orqali esa, talab hajmi bilan narx o‘rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar hamda kategoriyalar bir-biri
bilan bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi va birgalikda iqtisodiy
taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi.
1.5. Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ilmiy bilishning usullari
Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot predmetining shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning uslubiyatining
qaror topishi, takomillashib borishi bilan ham bogiiqdir.
Uslubiyat - bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonunqoidalari va aniq hadislaridir. Bu obyektiv reallikni bilish dialektikasi,
mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta ’limotdir.
Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining
predmetidan kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi.
Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va xususiy bo‘ladi.
Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli b o ‘lib xizmat
qiladi. Iqtisodiyot nazariyasida qo‘llaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir:
1. Iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda,
ziddiyatda, o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g ‘inlardan, bo‘laklardan
iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va
shakl jihatdan o‘zgarib turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada
bo‘ladi.
2. Iqtisodiy jarayonning har bir bo‘lagini alohida olib, uning o‘ziga
xos xususiyatlarini, kelib chiqish va yo‘q boiish sababiari va
oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik
hamda bog'liqlik tomonlarini zamon va makonda o‘rganish.
3. Iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha rivojlanishda, deb qarash. Bu yerda son jihatidan o‘zgarishlar
to‘plana borib, sifat jihatidan o‘zgarishga olib kelishini hisobga olish
zarur.
4. Ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o ‘zaro kurashiga
rivojlanishning manbai deb yondashish.
23
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy
omillar va pul mablag‘lari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu
omillar o‘zaro chambarchas bog‘liq hamda ziddiyatda bo'ladi va birbiriga ta’sir ko‘rsatadi, ular doimo sifat va miqdor jihatdan o‘zgarib
turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy shaklga ega b o ‘ladi, eski iqtisodiy
qonunlar, tushunchalar o ‘rniga yangilari paydo bo‘ladi. Ana shular
hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini qo‘llashning
qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon bo‘ladi.
Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot
usullari ham mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraksiyadir. Iqtisodiy
jarayonlarning mohiyati o'zgarishini o‘rganishda mikroskoplardan,
kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib bo‘lmaydi, bunda abstraksiya
kuchi ishga solinadi.
Ilmiy abstraksiya usuli-tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan
ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib,
o ‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tibomi qaratishdir. Bu usul
yordamida o ‘rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko‘zga
ko‘rinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi.
Tahlil - bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va
ulami izchillik bilan o‘rganish. Tadqiqotchi voqea-hodisaning mohiyatini
chuqur anglashi, u haqida to iiq tasaw urga ega bo‘lishi uchun uning ichki
tarkibiy qismlariga kirib borishi zarur. Bu esa tadqiqot obyektini alohida
tarkibiy qismlarga ajratish va ulami izchillik bilan o'rganish orqali amalga
oshiriladi. Misol uchun, biz 0 ‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sish sur’ati 2007-
yilda oldingi yilga nisbatan 9,5 foizni tashkil etganini bilamiz. Bunday
o‘sish sur’atiga nimalar hisobiga erishilganini aniq tasaw ur qilish uchun
esa faqat tahliliy jarayonlar orqali erishamiz. Ya’ni yalpi ichki
mahsulotning ishlab chiqarish, daromadlar va xarajatlar, mulkchilik
shakllari, tarmoqlar va mintaqalar bo'yicha tarkibiy qismlarini alohida
ajratib olish va ularni o‘rganish orqali o‘sish sur’atining manba va omillari
to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqara olamiz.
Sintez - bu o'rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalami bir
butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab
iqtisodiy tizimlar ana shu yo‘l bilan o‘rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha
tasvirlab beriladi.
Iqtisodiy fanlarda ko‘pincha sintezdan aniq iqtisodiy ko‘rsatkichlami
umumlashtirish orqali yaxlit xulosa chiqarish jarayonida foydalaniladi.
24
Masalan, korxonalar iqtisodiy faoliyati natijalarini umumlashtirish orqali
tarmoq va sohalar, tarmoq va sohalar iqtisodiy faoliyati natijalarini
umumlashtirish orqali esa milliy iqtisodiyotga baho berish, uning umumiy
natijalarini aniqlash mumkin. Shu bilan birga, sintez usuli iqtisodiyot
nazariyasi fanida ko‘plab iqtisodiy ta’limot va nazariyalaming ilmiy asosga
ega bo‘lgan, to‘g‘ri va muhim jihatlarini ajratib olgan holda, ulami
umumlashtirish orqali yangi g‘oya va nazariyalami hosil qilish imkonini
berishi bilan ahamiyatlidir. Jumladan, narxning ilmiy asosini ochib
berishda A.Marshallning qiymatni turli nazariyalarini sintez qilish usulidan
foydalanganligi buning yaqqol dalilidir.
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida
tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtayi nazaridan tadqiqot olib borish
zarurligini taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon
sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgjna tarixiy
nuqtayi nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zarur qonuniy
bog‘lanishlar bo'yicha ham tahlil qilinadi.
Foydalanilayotgan usullar ichida eksperiment m a’lum o ‘rin
egallaydi, iqtisodiy o ‘sishning keskin o‘zgarishi bosqichlarida, jumladan
iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng
foydalaniladi. Iqtisodiy islohotlami amalga oshirish paytida eksperiment
alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy islohotlami amalga oshirish uchun puxta
tayyorgarlik ko‘rish, ya’ni ilmiy tajriba, eksperiment o‘tkazish hisobkitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo‘nalishlami ishlab chiqish talab
etiladi.
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo‘shib olib borish.
Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish
korxona va firmalaming ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy subyektlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan
tovarlaming xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan foydalanishning,
narx tashkil topishining, ish haqi toMashning, talab va taklif tarkib
topishining shakl va mexanizmlarini o ‘rganish asosiy o ‘rin tutadi.
Makroiqtisodiy tahlil makromutanosiblikni ta’minlash asosida
milliy iqtisodiyotning toialigicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan
shug‘ullanadi. Milliy mahsulot, bahoning umumiy darajasi, inflatsiya,
ishchi kuchining ish bilan bandligi masalalari bu tahlil obyekti bo‘lib
hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o‘zaro bog'langan va
bir-biri bilan o ‘zaro ta’sirda boiadi.
25
Induksiya va deduksiya biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o ‘zaro
bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikming xususiy faktlardan umumiy
faktlarga qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy
faktlarga tomon harakati deduksiya deb ataladi.
Iqtisodiy jarayonlami miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash,
statistik, matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa,
hozirgi davrda grafik usulni keng o‘zlashtirish va qo‘llash zarurdir.
Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda vositachi bo‘lib xizmat qiladi.
Aniqroq qilib aytganda, grafik usul o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi
bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi.
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning
mazmunini, ulardagi o‘zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini
bilish mumkin boiadi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev m a’ruzalarini va
0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar
strategiyasini o‘rganishning ilmiy-uslubiy ahamiyati sifatida mustaqillik
yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik
jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va
farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda 0 ‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks
chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’kidlab o‘tish lozim.
Bosib o‘tilgan yo‘l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan,
mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon
talablaridan kelib chiqqan holda, oldimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning
muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasi turgan
edi.
Mazkur vazifani amalga oshirish y o iid a aholining keng qatlamlari,
jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib
borildi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilot] aming axborot-tahliliy materiallari, m a’ruzalari, tavsiyalari va
sharhlari o‘rganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil
qilindi.
Kelib tushgan takliflarni jamlash, chuqur o‘rganish hamda umumlashtirish asosida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining « 0 ‘zbekiston
26
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatiar strategiyasi
to‘g ‘risida»gi Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, u bilan:
2017 - 2021-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatiar strategiyasi;
Harakatiar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish
yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi.
Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiyot-cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib,
insonlar uchun zarur b o ig an hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishga qaratilgan hamda chambarchas bogiiqlikda amal
qiladigan faoliyatlar birligini ta’minlovchi iqtisodiy tizim.
Ehtiyoj-insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy
vositalarga b o ig an zaruriyat.
Iqtisodiy resurslar - m aium davrda m aiu m bir mamlakat ixtiyorida
to‘plangan va mavjud b o ig an ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, ularni
iste’molchilarga yetkazib berish va iste’mol jarayonlarida qoilanilishi
mumkin b o ig an vositalar, qo‘r-qutlar, imkoniyatlar va manbalardir.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti-iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida
hayotiy ne’matlarni va xizmatlami ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va ularni iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy
munosabatlar tizimini, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonunqoidalarini o‘rganishdan iboratdir.
Iqtisodiy qonunlar - iqtisodiy hayotning turli tomonlarini,
iqtisodiy hodisa va jarayonlar o ‘rtasida takrorlanib turadigan, barqaror
sabab-oqibat aloqalarini, ularning o ‘zaro bogiiqligini ifodalaydi.
Iqtisodiy kategoriyalar-doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy
jarayonlar va real hodisalam ing ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilm iynnzariy tushunchalar.
Uslubiyat-iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning prinsiplari, y o iluri, qonun-qoidalari, aniq hadislari tizimidir.
Ilmiy abstraksiya-iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishda qoilaniladigan usullardan biri b o iib , tahlil paytida xalaqit beruvchi ikkinchi
darajali vcK|ea-hodisalami e ’tibordan chetlashtirib, fikrni asosiy
o‘rganilayotgan hodisaning asl mohiyatiga qaratishdir.
27
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima?
2. Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz?
3. Iqtisodiy resurs tushunchasiga va uning turlariga ta’rif bering.
4. Nima uchun hayotiy vositalami ishlab chiqarish va yetkazib
berish insonning turli xil faoliyatlari ichida eng asosiylari hisoblanadi?
5. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? U
boshqa iqtisodiy fanlar ichida qanday o ‘rin tutadi?
6. Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida qanday ilmiy
maktab va yo‘nalishlar vujudga kelgan?
7. Iqtisodiyot nazariyasining qanday vazifalari mavjud? Bu
vazifalaming bugungi kundagi ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi?
8. Iqtisodiy qonunlar nim a va ularning qanday turlari mavjud?
Iqtisodiy qonunlarning iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimada namoyon
bo‘ladi?
9. Iqtisodiyot nazariyasini o‘rganishda qanday usullardan
foydalaniladi?
10. Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil o‘rtasidagi
farq nimadan iborat?
28
2-bob. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNING
NATIJALARI
2.1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi.
2.2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.
2.3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari.
2.4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi.
2.5. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko‘rsatkichlari.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida inson
hayotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar
ko‘rsatish tashkil etadi. Ushbu mavzuda bir-biri bilan uzviy bogMiq
bo‘lgan ishlab chiqarish omillari va jarayoniga tegishli muammolar
qarab chiqiladi. Dastlab ishlab chiqarishning omillari tavsiflanadi, ishlab
chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi, so ‘ngra uning
natijalari va samaradorligi bilan bog‘liq masalalar, shuningdek ishlab
chiqarish imkoniyati va uning chegarasi tushunchasi ham bayon etiladi.
Mavzuning oxirida so ‘nggi qo‘shilgan mahsulot va uning kamayib
borishi, keyingi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib
borishi qonunining mazmuniga aloqador marjinalistik g‘oyalar hamda
0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga alohida e’tibor
berilishi va uning sabablari bilan tanishtiriladi.
2.1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi
Ishlab chiqarish jarayonida haqiqatda qo'llaniluvchi barcha resurslar
ishlab chiqarish omillari deyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’i
nazar uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari
boiishi shart.
Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va
jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat
qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi
insonning o‘zi emas yoki mehnati ham emas, uning qobiliyatidan
iboratdir.
Mehnat qurollari deb, inson yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktor-
29
lar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). Mehnat predmetlari esa bevosita
mehnat ta ’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (yer,
suv, xomashyo va boshqa turli materiallar). Mehnat predmetlari tabiatda
tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli,
ya’ni xomashyo bo‘lishi mumkin. Mehnat qurollari va mehnat
predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa
mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; shuning uchun ham ishlab
chiqarish vositalari hamma ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat
taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.
Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma
bosqichlari uchun umumiy b o ‘lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda
turlicha ta’rif beriladi. Jumladan, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab
chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillari mavjudligi tan
olinadi. Bunda mehnat qurollari va mehnat predmetlari (yer, suv, yer osti
boyliklari kabi tabiiy boyliklar ham) ishlab chiqarish vositalari deyiladi va
ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi, ishchi kuchi esa uning
shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir ko‘pchilik
adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to ‘rt omili: mehnat, kapital, yersuv, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.
Bu yerda ishchi kuchi bilan mehnat o ‘rtasidagi farqni anglab olish
juda muhimdir. Chunki, mehnat insonning to ‘g‘rirog‘i ishchi kuchining
m a’lum maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo‘lib, ishchi kuchi
tushunchasidan tamomila boshqa tushunchadir. K o‘pgina adabiyotlarda
esa ularni sinonim (bir xil tushuncha) deb qarashadi va ko‘pgina
chalkashliklar keltirib chiqaradi. Bizga m a’lumki, mehnat turli omillarga
birikib, amal qiladigan jarayonidir. Ishchi kuchi, yuqorida
aytganimizdek, insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy
qobiliyati, uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab
chiqarishga qatnashishiga tayyor turgan omil bo‘lib xizmat qiladi,
mehnat esa ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo'shilishi
natijasida sodir bo‘ladigan va m a’lum samara olishga qaratilgan
faoliyatdir.
Shuning uchun biz mehnat degan tushunchani emas, balki ishchi
kuchi degan tushunchani ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va
ishlab chiqarish omillari ishchi kuchi, kapital, yer-suv va tadbirkorlik
qobiliyatidan iborat deb ta’kidlaymiz (2.1-rasm).
30
2.1-rasm. Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi.
Ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy
qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida
inson emas, mehnat jarayoni ham emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida
sotiladi, uning boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va
binobarin, uning bozori bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng
qo‘llanilayotgan mehnat bozori tushunchasi o ‘miga ishchi kuchi bozori,
mehnat resurslari o‘miga ishchi kuchi resurslari deyilsa to‘g‘ri va
tushunarli bo‘lar edi.
Kapital tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi.
Ko‘pchilik kapital tushunchasini tarixiy tushuncha deb qarab, uning
kapital izmga xosligini isbotlaydi va kapitalni o‘z egasiga qo‘shimcha
qiymat keltiruvchi qiymat, o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi, o ‘suvchi qiymat
deb hisoblaydi. Ayrim g‘arb iqtisodchilari ham, masalan, J.Klark,
L.Valras, I.Fisherlar kapitalga daromad keltiruvchi, foyda keltiruvchi,
foiz keltiruvchi qiymat deb qaraydilar.
Qator g‘arb iqtisodchilarining, jumladan D.Xayman, P.Xeyne,
E.Dolon, J.Robinson, R.Dornbush hamda boshqalaming fikrini keltirib
va ularni umumlashtirib, prof. V.D.Kamaev o‘zining rahbarligida
yozilgan darsligida «haqiqatdan ham - kapital o‘zidan o‘zi ko‘payuvchi
qiymat» deb yozadi [62. Bunday fikr D.D.Moskvin, V.YA.Ioxin,
A.G.Gryaznova, E.F.Borisov va boshqalaming rahbarligida nashr etilgan
qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham aytiladi. Lekin Amerika va
Yevropa mamlakatlaridan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklari va
boshqa ayrim adabiyotlarda kapitalni hamma ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish sohalarida qo‘llaniladigan moddiy vositalardan, ya’ni hamma
turdagi mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar,
omborlar, transport vositalari va boshqa shu kabilardan iborat deb
ko‘rsatadi, unga pul va tovami kiritmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki,
ayrim iqtisodchilar kapitalistik iqtisodiy tuzumning sotsial mohiyatini
31
ochish uchun masalaga bir tomonlama qarab, ishlab chiqarish
omillarining qiymatiga e ’tiborni kuchaytirgan. G ‘arbdagi
kasbdoshlarimizning ayrimlari ham kapitalni bir tomonlama, ya’ni uning
qiymat tarafini e’tiborga olgan bo‘lsa, boshqalari esa iqtisodiy
tushunchalaming tarixiyligini e’tibordan chetda qoldirib, uning moddiy
obyektini, narsa va hodisalarning ashyoviy tomonini ko‘rsatadilar,
shuning uchun ular kapitalni doimiy, o‘zgarmas tushuncha deb, ishlab
chiqarish vositalarini kapital deb ataydilar. Biz bu ikki xil tushunchani
bir tanganing ikki tomoni, bir tushunchaning, ya’ni kapital
tushunchasining ikki tomoni: uning bir tomoni moddiy va ashyoviy
ko'rinishi, ikkinchi tomoni esa qiymat ko‘rinishi ekanligini e’tiborga
olamiz va uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital deb ishlatamiz. Biz
kapital deganda, o ‘z egalariga daromad keltiradigan ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatishning hamma sohalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish
vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi vositalar va ishchi
kuchini sotib olishga m o‘ljallangan pul mablag‘larini, ularning ashyoviy
tomoni va qiymatining birligini tushunamiz. Boshqacha qilib aytganda
«kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bo‘lgan, ishlab chiqarish va
xizmat ко‘rsatish jarayonida foydalaniladigan vositalardir.
Hamma adabiyotlarda yerga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya’ni yer
deganda tuproq unumdorligi, o‘tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o‘rmon,
qazilma boyliklar, umuman tabiiy resurslar tushuniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e ’tibor beriladigan omillardan
biri tadbirkorlik qobiliyatidir. Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni
ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy
resurslaming bir-biriga qo‘shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi,
yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan,
javobgarlikdan qo‘rqmaydigan kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa
tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda
axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb
ko'rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular yer va kapitalda o‘z ifodasini
topadi.
2.2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni
Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilami o‘zlarining iste’moli uchun
zarur bo‘lgan moddiy va m a’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan
maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish,
32
turli xizmatlar ko‘rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy
tomonidir.
M a’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat
jarayonidir yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning
ko‘rinishini o‘zining iste’moli uchun muvofiq holga keltirish qilingan
mehnat faoliyatidan iboratdir. Ana shu mehnat jarayonida kishilar, eng
aw alo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan hamda bir-birlari
o ‘zaro ma’lum munosabatda bo‘ladilar.
Kishilar o‘zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan
tabiat moddalarining shakllarini o ‘zgartiradilar va iste’moli uchun zarur
bo‘lgan mahsulotni vujudga keltiradilar. M ehnat jarayonida kishilar
hamda tabiat o‘rtasida moddalar almashinuvi bilan birga insonning o‘zi
ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni kishilar o‘zining
mehnatga bo‘lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda
qo‘llashni kengaytirib boradi.
Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayoni iste’mol qiymatlami vujudga
keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan
narsalarni kishi iste’moli uchun o‘zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat
o‘rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir, kishi hayotining
abadiy tabiiy sharoitidir.
Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi muhim ahamiyat kasb etib, u
turli sohalar, boiinm alar, yaratilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan
xizmatlar turlarini ifodalaydi. Eng avvalo, ishlab chiqarishni moddiy
ishlab chiqarish va nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga ajratish lozim
(2.2-rasm).
Xizmat ko‘rsatish sohasi
2.2-rasm. Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi.
33
0 ‘z navbatida moddiy ishlab chiqarish sohasi moddiy ne’matlami
ishlab chiqarish (masalan, avtomobil, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyimkechaklar va h.k.) va moddiy xizmatlar ko‘rsatish (transport, aloqa,
savdo, maishiy xizmat va boshqalar)dan iborat boiadi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham nomoddiy ne’matlami ishlab
chiqarish (masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va
kashfiyotlar) hamda nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish (huquqiy
maslahatlar berish, o‘qitish, malaka oshirish va boshqalar) ga ajraladi.
Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bogiangan holda rivojlanadi va
bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o ‘z navbatida ikki boiinm adan -
birinchi va ikkinchi boiinm alardan iborat bo iad i. Birinchi boiinm ada
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxona va tashkilotlarining ishlab
chiqarish iste’moli uchun zarur b o ig an vositalar-stanok, mashina,
asbob-uskuna, xomashyo va turli materiallar ishlab chiqariladi. Ikkinchi
boiinm ada esa xalq iste’moli uchun zarur b o ig an iste’mol tovarlari
ishlab chiqariladi.
Birinchi boiinm ada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu
yilning o‘zida ikkinchi b o iim d a va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlab
chiqarish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin, ikkinchi boiinm ada
yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha xizmatlari o‘z navbatida birinchi
boiinm a uchun zarurdir. Shuning uchun ular o ‘rtasida doimo iqtisodiy
aloqalar va munosabatlar sodir b o iib turadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir
tomondan iste’mol qiymatni (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan,
moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning
yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o‘sish jarayonidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki
tomonini quyidagicha ifoda etishimiz mumkin (2.3-rasm).
Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib o‘rganish
uning mazmunini to ‘g‘ri tushunish imkonini beradi va turli xil
chalkashliklar, munozarali tortishuvlarga chek qo‘yadi. Bu yerda shuni
hisobga olish lozimki, oldingi ishlab chiqarish jarayonining mahsuli
boiib, shu ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan ishlab
chiqarish vositalari qiymati ko‘paymagan holda o‘zi qancha qiymatga
ega b o isa shu miqdorda aniq mehnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va
xizmatlar qiymatiga o‘tkaziladi.
34
2.3-rasm. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni.
Shuni ta ’kidlash lozimki, naflilikni yaratishda kapital to‘liq
qatnashadi, qiymatni tashkil topishida esa qisman, ya’ni uni eskirgan
qismi qatnashadi. Bu ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan ayrim
tabiiy kuchlar qiymatga ega emas, shuning uchun ular tovarning iste’mol
qiymatini hosil qilishda omil sifatida qatnashadi, lekin qiymatning
tashkil topishida, uning ko‘payishida qatnashmaydi.
Demak, ishlab chiqarilgan tovarlarning nafliligini yaratishda har uchala
omil: yer, kapital, ishchi kuchi qatnashadi, qiymatni tashkil topishida esa
mehnatning o‘zi qatnashadi. Bu holat 2.4-rasmda tasvirlangan.
2.4-rasm. Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining yaratilishida
ishlab chiqarish omillarining roli.
35
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning
natijalarini ham ikki tomoni borligini k o ‘rsatadi.
2.3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari
Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillaming harakati natijasida
juda ko‘p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo‘lgan yalpi
ijtimoiy mahsulot vujudga keladi. Shu yaratilgan jami tovarlar va
xizmatlar, ya’ni milliy mahsulotning yil davomidagi yigMndisi mamlakat
bo‘yicha ishlab chiqarishning umumiy natijasi bo‘lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish uchun, birinchidan,
iste’mol qilingan ishlab chiqarjsh vositalarini faqat qiymat holidagina
emas, balki uni moddiy buyum shaklida ham qayta tiklash zarur. Buning
uchun albatta yaratilgan mahsulot tarkibida m a’lum miqdorda ishlab
chiqarish vositalari natural shaklda mavjud bo‘lishi kerak. Ikkinchidan,
ishchi kuchining qayta tiklanishi uchun mulk egalari va tadbirkorlarning
shaxsiy iste’moli uchun yaratilgan mahsulot tarkibida zarur iste’mol
buyumlari mavjud bo‘lishi shart. Shuning uchun ham moddiy
mahsulotlar ikki xil tovar mahsulot sifatida mavjud bo‘ladi, bu esa o‘z
navbatida, ikki yirik boiinm alar o‘rtasida tovar ayirboshlash imkonini
beradi. Undan tashqari juda ko‘p korxona va tashkilotlar aholiga turlituman xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadiki, ular mehnatining natijasi
xizmatlarda namoyon boiadi. Bu esa milliy mahsulotning muhim qismi
turli xil xizmatlardan iborat ekanligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, yil
davomida mamlakatda yaratilgan milliy mahsulot natural jihatidan uch
qismdan-. ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari va turli xil
xizmatlardan iborat buladi.
Yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni, ya’ni milliy
mahsulotni bunday uchta ko‘rinishga bo‘lib o‘rganish va bilish muhim
ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Chunki ularning har bir turi bo‘yicha
talab va takliflar o‘rganilib, talabga yarasha ishlab chiqarish imkonini
beradi.
Yaratilgan mahsulot faqatgina natural jihatdan emas, balki qiymat
jihatdan ham hisobga olinadi va uning qiymat tarkibi tahlil qilinadi.
Yaratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch qismdan iborat
bo‘ladi:
1. Ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan ishlab chiqarish
vositalar qiymatining mahsulotga o‘tgan qismi (s).
36
2. Yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning bir qismi, ya’ni
ishchilarga tegishli qismi-zaruriy mahsulot qiymati (v).
3. Yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar,
tadbirkorlar va jamiyat uchun ishlab chiqarilgan qo‘shimcha mahsulot
qiymati (m) dan iboratdir.
Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, yalpi ijtimoiy mahsulot tarkibida
oraliq mahsulot hamda takroriy hisob mavjud bo‘lganligi sababli u
ishlab chiqarish natijasiga to‘g ‘ri baho bera olmaydi. Shunga ko‘ra,
jamiyat a’zolarini ko‘proq ishlab chiqarishning pirovard natijalari
qiziqtiradi.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi bo‘lib ishlab chiqarish
sohasidagi o‘z harakatini tugatgan, jamiyat a ’zolarining ehtiyojlarini
bevosita iste’mol fondi orqali, yoki bilvosita, ya’ni ishlab chiqarishni
kengaytirish jam g‘arish fondi orqali qondirishga tayyor mahsulot
hisoblanadi. U o‘z ichiga takroriy hisob qoplash fondini olmaydi.
Shunga ko‘ra, ko‘pincha ijtimoiy ishlab chiqarishning pirovard natijasi
sifatida sof mahsulot may donga tushadi.
Yaratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari
qiymati chegirib tashlansa, qolgan qismi sof mahsulot deyiladi. Demak,
sof mahsulot bevosita ishlab chiqarishda band bo‘lgan menejerlar,
ishchilar, dehqonlar va muhandislar, texnik xodimlar va boshqalaming
yangidan sarf qilingan mehnati bilan yaratilgan zaruriy mahsulotdan va
qo‘shimcha mahsulotdan iboratdir.
Zaruriy mahsulot deb ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi
bo'lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan, ishchi
kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo'lgan
mahsulotga aytiladi. Bunga kelgusi avlod ishchilarini yetishtirish, ya’ni
ishchilarning oilasi va bolalari uchun zarur bo‘lgan mahsulot ham kiradi.
Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni
qo‘shimcha ish vaqtida qo‘shimcha mehnat bilan yaratilgan qismi
qo‘shimcha mahsulot deyiladi. Yangidan yaratilgan sof mahsulotning
tarkibini quyidagi 2.5-rasmda aniqroq tasvirlash mumkin.
Har bir korxonada, tarmoqda qo'shimcha mahsulotni ko‘paytirish
asosan uch yo‘l bilan - ishlovchilar sonini ko‘paytirish, ish kunini
uzaytirish va ish kuni chegarasi o ‘zgarmagan holda zaruriy ish vaqtini
kamaytirish evaziga qo‘shimcha ish vaqtini ko‘paytirish yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
37
2.5-rasm. Zaruriy va qo‘shimcha mahsulotning sotilib pulga
aylangandan keyin o‘zgargan shakllari.
Ish kunini uzaytirish yo‘li bilan olingan qo‘shimcha mahsulot absolyut
qo‘shimcha mahsulot deb, ish kuni o‘zgarmaganda zamriy ish vaqtini
kamaytirib, qo‘shimcha ish vaqtini ko‘paytirish evaziga olingan qo‘shimcha
mahsulot esa nisbiy qo‘shimcha mahsulot deb ataladi.
Yil davomida olingan qo‘shimcha mahsulotlar yig‘indisi qo‘shimcha
mahsulot massasi, uning zaruriy mahsulotga nisbati esa (foizda
ifodalanishi) qo‘shimcha mahsulot normasi deb yuritiladi.
Agar qo‘shimcha mahsulot normasini m ’, massasini m, zaruriy
mahsulotni v bilan belgilasak qo‘shimcha mahsulot normasi
m = mjv x 100% ko‘rinishdagi formula bilan aniqlanadi.
M a’lumki, qo‘shimcha mahsulot bilan zaruriy mahsulot o‘rtasida
har doim ziddiyat va aloqadorlik bo‘ladi. Ularning har ikkalasida ham
butun iqtisodiyotni rivojlantirish va jam iyat a’zolarining farovonligini
oshirish maqsadlari yo‘lida foydalaniladi.
Hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarda ishlab
chiqarish omillari bilan uning samaralari o‘rtasidagi bog‘ liqlikni ishlab
chiqarish funksiyasi deb atashadi. Masalan, ishlab chiqarish omillari - yer
(Y), kapital (K) va ishchi kuchi (I)ni ishlab chiqarishda qo'llashdan olingan
mahsulotni M dan iborat deb faraz qilsak, ishlab chiqarish funksiyasi
M = f ( Y , K , I ) dan iborat bo‘ladi.
Bu formula ishlab chiqarishga jalb qilingan omillaming, ya’ni
sarflaming birligi evaziga olingan mahsulotni bildiradi va e ’tiborni kam
resurs sarflab, ko‘proq mahsulot olish imkoniyatini qidirishga qaratadi.
Undan tashqari, bu ko‘rsatkich har bir mahsulot birligini ishlab
chiqarishga va ko‘paytirishga m o‘ljallangan mahsulot hajmini ishlab
38
chiqarishga qancha resurs sarfi talab qilinishini aniqlash imkonini
beradi.
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil omillar sarfini birdaniga
yoki ularning ayrim turlarini ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulot hajmini
ko‘paytirish mumkin. Lekin boshqa omillar va sharoitlar teng b o ‘lgani
holda ayrim omillar sarfini oshirish yo‘li bilan mahsulotni cheksiz
ko‘paytirib bo'lmaydi. Omillardan foydalanish va ularning miqdorini
oshirish evaziga olingan mahsulotni uch xil oMchamda oMchaydilar:
umumiy mahsulot, o ‘rtacha mahsulot va so'nggi qo'shilgan mahsulot.
Umumiy mahsulot jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillaridan
foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutlaq hajmidir.
0 ‘rtacha mahsulot esa jalb qilingan barcha ishlab chiqarish
omillarining bir birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulotga aytiladi:
0'M = M/(I,K)
So‘nggi qo‘shilgan mahsulot deb eng so‘nggi qo‘shilgan omil
(kapital yoki ishchi kuchi) evaziga o‘sgan mahsulotga aytiladi.
Har bir qo‘shilgan omil evaziga olingan qo‘shilgan mahsulot esa
so‘nggi qo‘shilgan omil unumdorligi deb aytiladi. So‘nggi qo‘shilgan
mahsulot (o‘sgan) miqdorini so‘nggi qo‘shilgan (o'sgan) ishchi kuchi
yoki kapital miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan qo‘shilgan omil, ya’ni
qo‘shilgan kapital yoki qo‘shilgan ishchi kuchi unumdorligi aniqlanadi,
ya’ni:
KM = AM/AK yoki KM = AM /M
Bu tushunchalarni quyidagi jadvalda yanada aniqroq ifodalash
mumkin (2.1 -j adval).
2.1-jadval
Qo‘shilgan mahsulot vaqo‘shilgan omillar unumdorligi_____
1-yil 2-yilSo‘nggi
qo‘shilgan
miqdor
Q o'shilgan om illar
unum dorligi
ЛМ/ДО
Jalb qilingan kapital m ing
so‘m hisobida
120 150 30 1
Ishchi kuchi soni 100 120 20 -
Olingan umumiy mahsulot 100 130 30 1.5
O 'rtacha mahsulot: 100 130 30 -
a) ming so‘m kapitalga 0,83 0,87 0,04 -
b) 1 ishchiga 1 1,08 0,08 -
39
Yuqorida aytganimizdek, alohida olingan omil evaziga qo‘shilgan
mahsulot ma’lum darajaga borgandan keyin pasaya boshlaydi. Bu
pasayish ayniqsa uning har bir birligi evaziga q o ‘shilgan mahsulotda
aniq seziladi. M ana shu qo‘shilgan omil unumdorligining pasayishiga
qarab, marjinalistlaming vakillari unumdorlikning pasayib borish qonuni
degan qonunni kashf qilishgan. Ulaming g‘oyasi bo‘yicha har bir
keyingi qilingan xarajat yoki omil oldingisiga qaraganda kam samara
beradi va umumiy o ‘rtacha mahsulot ham pasayib ketadi.
2.4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi
Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud cheklangan iqtisodiy resurslardan
qanday qilib foydalanilganda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to iaro q
qondirib borish mumkin, degan muammo ustida bosh qotiradi. Bunda,
birinchidan, iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli xil muqobil
variantlari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutilib, ulardan eng samaralisi, ya’ni
jamiyat ehtiyojlarini ancha to‘laroq qondiradigan miqdorda tovar va
xizmatlami ishlab chiqarish imkonini beradigan turini tanlab olishga
harakat qilinadi.
Ikkinchidan, iqtisodiy resurslar nisbatan cheklanganligi sababli
jamiyat a’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin
bo'lmaydi. Shuning uchun jamiyatga qaysi mahsulotlami ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz kechish lozimligini hal qilish, ya’ni
tanlashni amalga oshirish zarur bo‘ladi. Shunday tanlash orqali, resurslaming mavjud darajasida mahsulot olishning aniqlangan eng yuqori
miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatidan to‘liq foydalanish uchun,
iqtisodiy resurslaming to ‘liq bandligiga erishish va ishlab chiqarishning
to‘liq hajmini ta ’minlash zarur.
To‘liq bandlilik deganda biz ishlab chiqarishga yaroqli b o ig an
barcha resurslardan to‘la unum bilan foydalanishni tushunamiz. Ishchi
majburiy ishsiz bo‘lib qolmasligi, iqtisodiyot ishlashni xohlagan va unga
layoqatli bo‘lgan barchani ish bilan ta ’minlashi zarur, haydaladigan
yerlar yoki texnika va texnologiyalar ham bo‘sh qolmasligi lozim.
Ishlab chiqarishning to‘liq hajmi, resurslami samarali taqsimlashni,
ya’ni ulardan mahsulotning umumiy hajmiga eng ko‘p hissa qo‘shadigan
40
qilib foydalanishni va mavjud texnologiyalaming eng yaxshisini
qoilashni ham bildiradi.
Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini jadval m a’lumotlaridan
foydalanib yanada aniqroq tasvirlash mumkin (2.2-jadval).
2.2-jadval
Resurslar to‘liq band boMganda ishlab chiqarish
___________ imkoniyatlari (sh.r.)_____________________
M ahsulot turi M uqobil variantlar
S
В E
Avtomobil (mln. dona) 4
Texnologiya (m ing dona) 10 0
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi to‘g‘risida yaxshiroq
tasaw urga ega boiish uchun:
1. Iqtisodiyot faqat ikki xil mahsulot-avtomobil va texnologiya
ishlab chiqaradi, bunda avtomobil iste’mol tovarlarini, texnologiya
ishlab chiqarish vositalarini bildiradi;
2. Iqtisodiy resurslar miqdor va sifat jihatdan o‘zgarmaydi;
3. Mehnat unumdorligi va texnologiya doimiy b o iib qoladi, deb
faraz qilamiz.
Mavjud resurslar cheklanganligi sababli iqtisodiyotning texnologiya
va avtomobil ishlab chiqarish hajmini birdaniga ko‘paytirib borish
imkoniyati cheklangan. Resurlarning cheklanganligi mahsulot ishlab
chiqarishning cheklanganligini bildiradi. Bunday sharoitda texnologiya
ishlab chiqarishni har qanday ko‘paytirishga resurslaming bir qisminiavtomobil ishlab chiqarishni kamaytirish orqali erishadi. Aksincha, agar
avtomobil ishlab chiqarishni ko‘paytirish afzal ko‘rinsa, buning uchun
zarur resurslar faqat texnologiya ishlab chiqarishni qisqartirish hisobiga
olinishi mumkin.
Jadvalda jamiyat tanlashi mumkin b o ig an sanoat texnologiyalari va
avtomobil miqdorining muqobil uyg‘unlashuvi ifodalangan. A muqobil
variantga binoan, iqtisodiyot o‘zining butun resurslarini texnologiya,
ya’ni ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. E
muqobil variantda esa mavjud resurslar to iig ic h a avtomobil, ya’ni
iste’mol buyumlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Jadvaldagi asosiy
g‘oya quyidagicha: har qanday vaqt oraligida iqtisodiyot to ia bandlik
va ishlab chiqarishning to iiq hajmida avtomobilni ko‘proq ishlab
41
chiqarishi uchun texnilogiyaning bir qismidan voz kechishi zarur.
Iqtisodiy resurslar kamyob boMganligi sababli, iqtisodiyot avtomobil va
texnologiya ishlab chiqarish hajmini bir vaqtda ko‘paytira olmaydi.
Ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig‘idagi har bir nuqta ikki xil
mahsulot ishlab chiqarishning qandaydir eng ko‘p hajmini ko‘rsatadi.
Jamiyat uchun mahsulotlaming erishib bo‘ladigan har xil uyg‘unlashuvlaridan tanlab olish imkoniyati egri chiziq ichida joylashadi.
Avtomobil va texnologiya ishlab chiqarishning har xil uyg‘unlashuvini amalga oshirish uchun jamiyat ulardagi mavjud resurslaming to ‘la
bandligi va ishlab chiqarishning to ‘liq hajmini ta’minlashi zarur.
Avtomobil va texnologiyaning barcha uyg‘unlashuvi ularning eng ko‘p
miqdorini ko‘rsatib, bu barcha mavjud resurslardan esa samarali
foydalanish natijasida olinishi mumkin.
Ishlab chiqarish imkoniyati haqidagi tushunchani chuqurlashtirish
uchun jadvalda keltirilgan m a’lumotlami rasmda tasvirlaymiz (2.6-
rasm).
Iqtisodiyotda resurslaming to ‘la bandligi va ulardan samarali
foydalanishni ta’minlash uchun har ikkala mahsulotning tanlangan hajmi
ishlab chiqarish imkoniyati ari egri chizig‘i deb nomlanuvchi ABSDE
chizig‘ida joylashgan boMishi lozim. Bu chiziqdan chap tomonda
42
joylashgan har qanday nuqta resurslardan to ‘liq foydalanmaslikni
anglatadi. Rasmdagi G nuqta iqtisodiyotda 1,6 mln. dona avtomobil va 5
ming donaga yaqin texnologiya ishlab chiqarilayotganini bildiradi. Bu
esa, resurslardan foydalanishning muayyan darajasida, qo‘shimcha
resurslarni jalb etmagan holda, quyidagi harakatlami amalga oshirish
imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi:
1. Avtomobil ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan
holda, texnologiya ishlab chiqarish hajmini 8 ming donagacha yetkazish;
2. Texnologiya ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan
holda, avtomobil ishlab chiqarish hajmini 2,7 mln. donagacha yetkazish;
3. Bir vaqtning o‘zida har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini
oshirish.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘idan tashqarida joylashgan
har qanday, ya’ni rasmdagi W nuqtaga resurslaming mavjud hajmi va
ishlab chiqarishning mavjud texnologiyasi darajasida erishib bo‘lmaydi.
jamiyat bu mahsulotlar uyg‘unlashuvidan birortasini tanlashi zarur:
ko‘proq texnologiya ishlab chiqarish kamroq avtomobil ishlab
chiqarishni bildiradi va aksincha.
Har qanday mahsulotning qandaydir miqdorini olish uchun, voz
kechishga to ‘g‘ri keladigan boshqa mahsulot miqdori bu mahsulotning
muqobil ishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi.
Biz iqtisodiyot resurslaming to ‘liq bandligi va ishlab chiqarishning
to‘liq hajmi bilan xususiyatli deb hisobladik. Agar band bo‘lmagan
resurslar bo‘lsa yoki resurslari samarasiz foydalanilsa iqtisodiyot
jadvalda ko‘rsatilgan har bir muqobil variantdagidan pastroq mahsulot
ishlab chiqargan va bu rasmda keltirilgan ishlab chiqarish imkoniyati
egri chizig‘ining ichida joylashgan bo‘lar edi.
Agar resurslaming miqdori, sifati hamda texnologiya o‘zgarsa
iqtisodiyotda ishlab chiqarishning umumiy hajmi ham, ya’ni ishlab
chiqarish imkoniyati egri chizig‘ining holati o‘zgaradi. Mavjud
resurslaming ko‘payishi har bir variantda bitta yoki har ikkala mahsulot
ishlab chiqarish hajmining ko‘payishiga olib keladi.
2.5. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko‘rsatkich!ari
Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi har doim
iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat
43
markazida bo‘lib keladi. Ayniqsa hozirgi paytda bu masala yanada
keskin qo‘yilmoqda. Buning sababi shundaki, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan muhim
masala-mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish vazifasini amalga
oshirib bo‘lmaydi. Samaradorlikning iqtisodiy mazmuni sifatida har
doim ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga avanslangan
resurslar, mablag‘lar yoki qilingan xarajatlar o‘rtasidagi nisbat
tushuniladi.
Lekin, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning
maqsadidan kelib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati
o‘zgaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy
maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy subyekt
ko‘proq foyda olishga intiladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarishning
samaradorligini olingan foydaning (P) ishlab chiqarishga sarflangan
resurs xarajatlariga (IR) nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni:
P' = — x !0 0 %
IR
bu yerda,
P’ - foyda normasi;
IR - iqtisodiy resurs xarajatlari.
Iqtisodiy adabiyotlarda samaradorlikning bosh mezoni haqida ham
bir qancha fikrlar mavjud. Ayrim olimlar ishlab chiqarish samaradorligining bosh mezoni foyda, boshqa birlari esa yalpi milliy
mahsulot, sof mahsulot, uchinchilari milliy daromad, to ‘rtinchilari esa
qo‘shimcha mahsulot deb ko'rsatadilar. Ammo shuni aytish kerakki,
ko‘pchilik olimlar tomonidan bozor iqtisodiyoti sharoitida
samaradorlikning bosh ko‘rsatkichi olingan foydaning xarajatlarga
nisbati, ya’ni rentabellik yoki foydalilik darajasi bilan belgilanadi deb
tan olinadi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko‘p qirrali masala bo‘lib, bu
aytilgan birgina asosiy ko'rsatkichda, uni to ‘la ravishda har tomonlama
ifodalab bo‘lmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligini
to‘la ifodalashda unda qatnashgan omillarning unumdorligini, ulardan
samarali foydalanish darajasini bildiradigan ko‘rsatkichlar tizimidan
foydalaniladi.
44
Bulardan biri mehnat unumdorligidir. Mehnat unumdorligi deb
ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga
aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning, ya’ni iste’mol qiymatining
sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. Sarflangan
mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k.
bilan belgilanadi. Agar mehnat unumdorligini MU, mahsulotni M bilan,
sarflangan ish vaqtini V bilan belgilasak, mehnat unumdorligi
quyidagicha aniqlanadi:
Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi
evaziga, ya’ni kishi kuni, kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.
Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi degan
ko‘rsatkichdan ham foydalaniladi va unda ishlab chiqarishda qatnashgan
kapitalning har bir birligi evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda
bilan aniqlanadi. Agar kapital unumdorligini-KU deb, ishlab chiqarishda
qatnashgan kapital miqdorini-K, mahsulotni-M, yalpi daromadni-YAD
bilan, foydani-P bilan belgilasak quyidagi formulalar hosil bo‘ladi:
KU = M KU = ^ KU = fк к к
Samaradorlikni aniqlashda bu ko‘rsatkichlardan tashqari mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, energiya sig‘imi degan ko‘rsatkichlar ham qo‘llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har
bir birligini yaratish uchun ketgan yoki ishlab chiqarish uchun zarur
bo‘lgan mehnat, energiya va moddiy ashyolar miqdorini ifodalaydi.
Bu ko‘rsatkichlaming har biri ishlab chiqarishda qatnashgan turli
omillar samaradorligini ifodalab, bir-biri bilan chambarchars bog‘liq va
bir-birini to ‘ldiradi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta ’sir qiladigan
omillarni ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishga bir qancha omillar ta’sir qiladi:
45
1. Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish va uning natijalarini tezlik
bilan ishlab chiqarishda qo‘llash.
2. Ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ixtisoslashtirish va
kooperatsiyalash.
3. Iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy
bo‘g‘inlarini o ‘zgartirish.
4. Ishlab chiqaruvchilami rag‘batlantirish va ulaming faolligini
oshirish.
5. Mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejabtergab foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turlarini,
ekinlarning yangi hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor
zotlarini topib ishlab chiqarishga joriy qilish.
6. Kishilarning bilim saviyasini, malakasini oshirish, yetuk ishchi va
mutaxassislar tayyorlash.
Bular ichida fan-texnika taraqqiyoti omili hozirgi kunda
respublikamiz uchun dolzarb va muhim ahamiyat kasb etadi. Fantexnika taraqqiyotining evolutsion va revolutsion shakllari farqlanadi.
Evolutsion shaklda rivojlanish deganda, FTTning mavjud texnologiyasi
asosida, mashinalar va uskunalar qisman modernizatsiyalash asosida
rivojlanishi tushuniladi.
Revolutsion shaklda rivojlanishi deganda esa, fan-texnikaning bir
qancha sohalarida birdaniga katta o‘zgarishlar bo4 lib, texnikaning eng
so4nggi yangiliklarini, avlodlarini ishlab chiqarishda qo4llash, prinsipial
yangi texnologik tizimga o ‘tish tushuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining
keyingi shaklda rivojlanishi yuksak samara beradi. Shuning uchun ham
Olzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 7-
fevraldagi PF-4947-sonli « 0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo4yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining 3.2-
bandida keltirilgan tarkibiy o4zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya
qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish: ishlab chiqarishni
mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng
avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘mini
bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish yo4nalishini
rivojlantirishga, e’tibomi qaratmoq lozimdir.
46
A sosiy tayan ch tu sh u n ch alar
Ishchi kuchi-insonning mehnat qilishga b o ig an aqliy va jismoniy
qobiliyatlari yigindisi.
Mehnat qurollari-insonning tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir
qilishda vosita b o iib xizmat qiladigan narsalar: asbob-uskunalar,
texnika-texnologiyalar va boshqalar.
Mehnat predmetlari-bevosita mehnat ta ’sir qiladigan, ya’ni mahsulot
tayyorlanadigan narsalar (yer, suv, xomashyo, materiallar va boshqalar).
Kapital-ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda ishlatilib, o‘z
egalariga daromad keltiradigan ishlab chiqarish vositalari, tovarlar va
pul mablagiaridir.
Yer-suv-tuproq unumdorligi, o‘tloqlar, suvlar, o ‘rmon, qazilma
boyliklardan iborat b oigan va foydalanishga tortilgan tabiiy resurslar.
Tadbirkorlik qobiliyati-insonda b o ig an tashabbuskorlik, tashkilotchilik, novatorlik, iqtisodiy xavfdan, javobgarlikdan cho‘chimaslik
xislatlarining birligi.
Ishlab chiqarish jarayoni-kishilaming maqsadni ko‘zlab amalga
oshiriladigan faoliyati b o iib , iste’moli uchun zarur b oigan moddiy va
ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan jarayon. Ishlab chiqarish
jarayoni bir tomondan iste’mol qiymatlarini (naflilikni) yaratish jarayoni
b o isa, ikkinchi tomondan qiymatning o‘sishi jarayonidir.
Ijtimoiy ishlab chiqarish-o‘zaro bogiiqlikda va doimiy aloqada
b oigan barcha individual ishlab chiqarishlarning birligidan iboratdar.
Ishlab chiqarishning umumiy natijasi-ishlab chiqarishning pirovard
natijasi bilan unga sarflangan resurs xarajatlari o ‘rtasidagi nisbat.
Zaruriy mahsulot-ishchi va xizmatchilarning zaruriy ish vaqtida
yaratilgan va ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash
uchun zarur boigan mahsulot.
Qo‘shimcha mahsulot-ishchi va xizmatchilarning qo‘shimcha ish
vaqtida yaratilgan mahsulot b oiib, sof mahsulotning zaruriy
mahsulotdan oshiqcha qismidir. Q o‘shimcha mahsulot tadbirkorlarga,
mulkdorlarga va davlatga tegishlidir.
Ishlab chiqarish funksiyasi - ishlab chiqarish omillari bilan uning
samaralari o‘rtasidagi bogiiqlikni bildiradi.
47
Qo‘shilgan kapital - ishlab chiqarishda mavjud band bo‘lgan kapital
miqdori ustiga yangi qo‘shimcha ravishda sarflangan kapital, boshqacha
qilib aytganda kapital miqdorining o‘sgan qismi.
0 ‘rtacha mahsulot - jalb qilingan ishchi kuchi va kapitalning bir -
birligiga to ‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori.
So‘nggi qo‘shilgan mahsulot-so‘nggi qo‘shilgan omil kapital yoki
ishchi kuchi evaziga o‘sgan mahsulot.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Ishlab chiqarish omillari nimalardan iborat?
2. Kapital tushunchasiga ta’rif bering va uning tarkibiga nimalar
kirishini tushuntirib bering.
3. Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini va uning ikki tomonini
tushuntiring.
4. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalarini tushuntirib
bering.
5. Yaratilgan mahsulotning natural va qiymat tarkibi nimalardan
iborat?
6. Zaruriy va qo‘shimcha mahsulot nima, qo‘shimcha mahsulot
normasi va massasi formulasini yozib tushuntiring.
7. Qo‘shilgan mehnat, qo‘shilgan kapital va qo‘shilgan mahsulot
tushunchalarini izohlab bering.
8. So‘nggi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib
borish qonunining mohiyati nima va u hozirgi davrda amal qiladimi?
48
3-bob. IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK
MUNOSABATLARI
3.1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga boMgan turli
xil yondashuvlar.
3.2. Iqtisodiy tizimlar va ularning modellari.
3.3. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni.
3.4. Mulkchilikning turli shakllari va ulam ing iqtisodiy mazmuni.
3.5. O ‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish maqsadi, yo ilari va usullari.
Iqtisodiy munosabatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi jamiyat
taraqqiyotining turli bosqichlarida o‘ziga xos xususiyat kasb etadi.
Iqtisodiy munosabatlar doimo o ‘zgarib, rivojlanib boradi. Usbu mavzuda
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ulami bilishga bo‘lgan
turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va texnologik
usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek iqtisodiy tizim modellari va ulaming xususiyatlari ko‘rsatib
beriladi hamda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk
shakllarining iqtisodiy mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish
jarayonida mulkchilik shakllarini o‘zgartirish yo‘llari va usullari hamda
2017-2021- yillarda davlat mulkini xususiylashtirishni kengaytirish,
xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni
ta’minlash kabi masalalarga alohida o‘rin ajratiladi.
3.1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga
bo‘lgan turli xil yondashuvlar
Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlaming o‘zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib,
uning turli bosqichlariga o ‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq
keladi. Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos
bo‘lgan iqtisodiy tizimlarni o ‘rganish iqtisodiy jarayonlami, ulami
o'/.garuvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir.
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud
bo'lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish
mumkin:
49
1. Tarixiy-formatsion yondashuv;
2. Sivilizatsiya darajasi jihatidan yondashuv;
3. Texnik va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv;
4. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar o‘zgarishi jihatidan yondashuv.
Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy-formatsion
yondashuvda ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy
qismlarini tahlil qilishga e’tibor berilgan.
Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy m unosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy
omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqaruvchi kuchlar - bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘lanishni amalga oshiruvchi
shaxsiy va texnik-buyumlashgan elementlar tizimidan iborat. Ishlab
chiqaruvchi kuchlaming rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng
muhim mezoni va umumiy ko‘rsatkichidir.
Odamlar ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat ashyolari va boshqa
moddiy ashyolar bilan emas, shu bilan birga o‘zaro bir-biri bilan ham
munosabatlarda bo'ladilar, ya’ni ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar. Bunda ishlab chiqarishda tarkib topadigan tashkiliy-iqtisodiy
va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bir-biridan farq qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayonida vujudga
keladi. Mazkur munosabatlar kishilar o ‘rtasidagi aloqalar sifatida namoyon bo‘lib, shu bilan birga ishlab chiqarish holatini bevosita tavsiflaydi,
ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti muayyan bosqichlarining
xususiyatlarini va ularning ijtimoiy uyg‘unlashuvini aks ettiradi. Bu
masalan, mehnat taqsimoti, uni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash,
ishlab chiqarishning to‘planishi va uyg‘unlashtirilishidir.
Ishlab chiqarish har doim muayyan ijtimoiy shaklga ega boMadi. Bu
ijtimoiy shakl ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi,
ularning mohiyati va asosini ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik
munosabatlari tashkil etadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo‘lgan
hayotiy ne’matlami ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va
iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir. Ular
takror ishlab chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlar deb
ham ataladi.
50
Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi ishlab
chiqarish munosabatlarining u yoki bu turini taqozo qiladi. Muayyan
tarnqqiyot darajasidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish
munosabatlari muayyan turining birligi va o ‘zaro ta’siri ishlab chiqarish
usuliiii tashkil etadi.
Ishlab chiqarish munosabatlari faqat ishlab chiqaruvchi kuchlar
hilangina o‘zaro aloqada bo‘lib qolmaydi. Ular bir vaqtda bazis ham
hisoblanib, uning ustida ishlab chiqarish munosabatlarining ushbu
tiziiniga xos bo‘lgan alohida siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy,
oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar hamda tartibotlaming alohida
turlari qad ko‘taradi. Ana shulaming yig‘indisi jamiyatning asosini
tashkil etadi. Siyosat, huquq, axloq va ustqurmaning boshqa elementlari
ham faol ahamiyatga ega, o‘zlarini vujudga keltirgan ishlab chiqarish
inunosabatlariga, ular orqali esa jamiyatning ishlab chiqaruvchi
kuchlariga ham aks ta’sir ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish usuli bilan jam iyat asosi ijtimoiy-iqtisodiy
I'ormatsiyani tashkil etadi (3.1-rasm).
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya
X
Ishlab chiqarish usuli
I
Ishlnb chiqaruvchi kuchlar
2 .
Ishlab chiqarish munosabatlari
Ishchi kuchi Ishlab chiqarish
vositalari
Mulkchilik, ishlab chiqarish,
taqsimot, ayirboshlash, iste’mol
va boshqa munosabatlar
Asos
Siyosiy,
huquqiy,
mafkuraviy,
milliy, oilaviy va
boshqa ijtimoiy
3.1-rasm. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning tarkibiy tuzilishi.
Bu yerda ikki holatga e’tibor berish muhim. Birinchidan, ishlab
chiqarish munosabatlari mustaqil, alohida tizimni tashkil qilmaydi. Ular
ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ham, shuningdek ustqurma bilan ham
har doim o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Ikkinchidan, turli formatsiyalarda
o‘ziga xos ishlab chiqarish munosabatlari amal qiladi va bu esa har bir
formatsiyaga mos keluvchi ishlab chiqarish usulini belgilab beradi.
51
Insoniyat jam iyati tarixida bir-biri bilan izchil almashinib turgan
qator ishlab chiqarish usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalar ajralib turadi.
Ishlab chiqarish usullari almashinishining klassik namunasi Yevropada namoyish qilingan deb hisoblanadi. Yevropa hududida bir-biri
bilan almashinib, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal va kapitalistik
munosabatlar izchil tarkib topdi. Boshqa qit’alarga kelganda esa, bu
yerda kapitalizmgacha bo‘lgan davrda mana shu marralarning hammasi
aniqroq qayd etilgan. Osiyo, Afrika, Avstraliyada Yevropa
mustamlakachiligining ta’siri seziladi. Adabiyotlarda Osiyocha ishlab
chiqarish usuli deb atalmish usul haqida ham qayd qilinadi. Bu usulning
shakllanishida mamlakatlarning katta turkumiga xos bo‘lgan ishlab
chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining sug‘orish
tizimlarini markazlashtirilgan tarzda tartibga solib turish va davlatning
ana shu sharoitlarda alohida ahamiyati bilan bog‘liq sifat xususiyatlari
aks etadi.
Iqtisodiy fanda ijtimoiy taraqqiyotni sivilizatsiyaning tarixiy
rivojlanish tiplari natijasi sifatida o‘rganish ham muhim o ‘rin tutadi.
«Sivilizatsiya» so‘zi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan
ma’nolami anglatadi. B u tushuncha fanga fransuz faylasuflari tomonidan
nisbatan yaqin vaqt-ikki asr oldin kiritilgan bo‘lib, tafakkur va erkinlik
hukmron bo‘lgan jamiyatlami tavsiflash uchun qo‘llanilgan. Umuman
olganda sivilizatsiya rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy va ijtimoiyhuquqiy munosabatlaming oqilona tashkil etilgan tuzumi sifatida talqin
etiladi.
Jamiyat taraqqiyotini sivilizatsiya nuqtayi nazaridan o ‘rganishda
sivilizatsiyalarning almashuvi nazariyasi muhim o ‘rin tutadi. Bu
nazariya tarafdorlari quyidagi 7 ta bosqichdan iborat sivilizatsiyaning
davomiylik muddatini ajratib ko‘rsatadilar:
1. 30-35 asmi o‘z ichiga olgan neolit davri;
2. 20-23 asmi o‘z ichiga olgan sharqiy quldorlik davri (bronza asri);
3. 12-13 asmi o‘z ichiga olgan antik davr (temir asri);
4. 7 asmi o‘z ichiga olgan erta feodal davri;
5. 4,5 asm i o ‘z ichiga olgan industrlashishgacha bo‘lgan davr;
6. 2,5 asmi o‘z ichiga olgan industrlashgan davr;
7. 1,3 asmi o ‘z ichiga olgan yuqori industrlashgan davr [61].
52
Bu qayd qilingan bosqichlardan ko‘rinib turibdiki, ushbu nazariyada
turli qarashlar va yondashuvlami aralashtirish holatiga yo‘l qo‘yilib,
jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini ajratishning aniq bir mezoni yoki
belgisi mavjud emas.
Jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga texnologik yondashuv ham
ma’lum bir oqim hisoblanadi. Ular jam iyat tarixiy taraqqiyoti davomida
ro'y berayotgan o‘zgarishlar k o iam i va tavsifini yaxshiroq tushunib
olish uchun ishlab chiqarishning turli texnologik usullarini tahlil etish,
mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish
tarixiga murojaat qilish zarur deb hisoblaydilar.
Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va
ishlab chiqarishni tashkil etish bilan birgalikda ishlab chiqarishning
texnologik usuli deyiladi.
Ular o ‘rtasidagi chegaralami jam iyat taraqqiyoti tarixining yirik
bosqichlari ajratib turadi. Bir texnologik ishlab chiqarish usulidan
boshqasiga o ‘tish asosan mehnat vositalarining tavsifidagi o ‘zgarishlar,
fan va texnika taraqqiyoti bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish texnologik usullarining dastlabki uchta bosqichlari
alohida farqlanadi. Bular oddiy kooperatsiya, manufaktura va mashinalashgan ishlab chiqarish. Oddiy kooperatsiya - bu bir xil ishni yoki
xizmat vazifasini bajaruvchi xodimlaming eng oddiy shaklidagi
uyushishi, birgalashib m a’lum tartib asosida ishlaydigan kishilar
guruhidir. Kooperatsiyaning yakka tartibdagi hunarmandchilik ishlab
chiqarishiga nisbatan afzalliklari quyidagilar orqali namoyon bo‘Iadi:
1. Ko‘plab ishchilaming birgalikdagi mehnati ishchi kuchidagi
alohida tafovutlaming yo‘qolishiga, ularning sifat jihatidan bir
xildalashuviga olib keldi.
2. Bino va inshootlardan birgalikda foydalanish natijasida yoqilg‘i,
yoritish va boshqa shu kabi xarajatlaming kam sarflanishi mahsulot
birligiga to ‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarish vositalarining tejalishiga olib
keldi.
3. Birgalikdagi mehnat bellashuvni keltirib chiqarib, mehnat
unumdorligini oshirdi.
Manufaktura - bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina
hali mavjud bo‘lmagan sharoitdagi kooperatsiyadir. Manufaktura
davrida ishlab chiqarishning umumlashuv jarayoni davom etadi. Yalpi
ishchi kuchi tarkib topadi, har bir ayrim xodim esa yalpi ishchi
53
kuchining tarkibiy qismiga aylanadi. Bunda oddiy kooperatsiyadagidek
q o i mehnatiga va q o i mehnatiga asoslangan qurolga tayanadi.
Manufaktura ixtisoslashtirilgan qurol va asboblar vujudga keltirib
hamda ishchini tor operatsiyalami bajarishga bog‘lab, yirik
mashinalashgan ishlab chiqarishga o ‘tish uchun zarur shart-sharoit tayyorlaydi. Bu davrda ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnatning
mazmuni va tavsifida, ishlab chiqarishning butun texnologik usulida,
iqtisodiy munosabatlarda va butun ijtimoiy hayotda ham tub o ‘zgarishlar
ro‘y beradi. XVIII asming so'nggi 30 yili ichida boshlangan sanoat
revolutsiyasi natijasida yirik mashinalashgan ishlab chiqarish vujudga
keldi.
Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish mehnat taqsimoti hamda
mashinali mehnatga asoslangan kooperatsiyadir. Fabrika ichidagi
mehnat taqsimoti tamomila mashinalammg vazifalari bilan belgilanadi.
Fan-texnika, texnologiya va axborot tizimidagi o‘zgarishlarga qarab
R.Aron, Dj. Gelbreyt, U.Rostou va boshqa olimlar jam iyat taraqqiyoti
bosqichlarini uch bosqichga: industrlashgangungacha bo‘lgan jamiyat,
industrlashgan jamiyat, yuqori industrlashgan yoki axborotlashgan jam iyatlarga b o iib o‘rganishni tavsiya etadilar. Bunda ular industrlashishgacha b o ig an jamiyatning asosiy belgilari sifatida quyidagilami
ko‘rsatadilar:
1. Aholining asosan qishloq xo‘jaligi bilan bandligi.
2. Q o i m ehm tining hukmronligi.
3. Mehnat taqsimotining juda kamligi (dehqonchilik, chorvachilik,
hunarmandchilik, savdo, boshqaruv va boshqalar).
4. Natural xo‘jalikning hukmronligi.
Jamiyat taraqqiyotining ikkinchi muhim bosqichi industrlashgan
jamiyatning asosiy belgilari:
1. Ishlab chiqarishning avtomatlashganligi.
2. Sanoatning fan-texnika yutuqlari asosida rivojlanishi, unda
ishchilar sonining k o ‘payishi.
3. Shahar aholisining qishloq aholisiga qaraganda ko‘payishi va
boshqalar.
Taraqqiyotning uchinchi muhim bosqichi yuqori darajada
industrlashgan jamiyatning asosiy belgilari:
1. Xizmat ko‘rsatish sohasining yuksak darajada rivojlanishi.
2. Ishchi kuchining asosiy qismi (60-70%) shu sohada band boiishi.
54
3. Fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi, malakali
mutaxassislar rolining oshishi.
4. Iqtisodiyotning hamma sohalarida va kundalik hayotda axborot
vn kommunikatsiya texnologiyalarining keng q o ‘llanilishi.
5. Tovarlar va xizmatlar sifatini tushurmasdan iqtisodiy
resurslaming hamma turlarini tejash imkonini beradigan yangi texnika
va texnologiyalarning keng qo‘Uanilishi va boshqalar.
Biz yuqorida ta’kidlab o ‘tganimizdek, texnika va texnologiyadagi
o‘zgarishlar jam iyat taraqqiyotida asosiy ahamiyatini va tashkiliy, boshqaruv tizimlarining, ishchi-xizmatchilar tarkibining o‘zgarishiga, mehnat
imumdorligining o‘sishiga olib keladi. Lekin bu texnik o‘zgarishlarga
qarab bir tomonlama yondashuv bilan jam iyat taraqqiyoti qonunlarini
aniqlab bo‘lmaydi. Ayniqsa, iqtisodiy tizimlar va ularning xarakterini
bilishda texnik va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlami birgalikda, ularning
o'zaro bir-biriga ta’sirini dialektik aloqadorlik va ta’sir natijasida sodir
boMadigan taraqqiyot qonunlari asosida o ‘rganish zarurdir.
Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaming kuchli ta’sirini bir necha ming
yillab rivojlanmay qo‘ygan texnika va texnologiya taraqqiyotini tovar
xo‘jaligi va bozoming vujudga kelishi bilan jadal o'sib ketganligida
ko‘rish mumkin.
Texnika taraqqiyotining hamma bosqichlari, oddiy kooperatsiya,
manufaktura, mashinalashgan, ya’ni industrlashgan ishlab chiqarish,
yuqori darajadagi industrlashgan, axborotlashgan jam iyat bosqichlari
keyingi 250-300 yilga, ya’ni tovar xo‘jaligi rivoj topgan davrga to ‘g ‘ri
keladi. Shuning uchun ham keyingi vaqtdada ko‘pgina iqtisodchilar
jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy tizimlarga bo‘lib o‘rganadilar.
3.2. Iqtisodiy tizimlar va ularning modellari
Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar
inajmuasi-iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo'jalik mexanizmi va
iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi.
Iqtisodiy nazariyada ko‘pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog‘lab turkumlashga
harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar
55
iqtisodiy tizimining uchta nusxasiga kiritiladi: an’anaviy iqtisodiyot,
ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlari.
An’anaviy iqtisodiyot-deyarli hamma mamlakatlar bosib o‘tgan
tarixiy tizimdir. U hozirgi davrda ham ko‘plab iqtisodiy jihatdan kam
rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo‘lib, urf-odatlar, udumlarga,
an’analarga asoslangan iqtisodiy jarayonlarga amal qiladi. Ularda natural
yoki mayda tovar xo‘jaligi hukmron boiadi. Bu yerda ishlab chiqarish,
ayirboshlash, daromadlami taqsimlash vaqti-vaqti bilan o‘matiladigan
urf-odatlarga asoslanadi. M erosxo‘rlik va sulola shaxslaming iqtisodiy
holda hukmronlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy turg‘unlik aniq ifodalanadi.
Texnika taraqqiyoti va yangiliklami joriy qilish keskin cheklangan,
chunki ular an’analar bilan ziddiyatli hisoblanadi va ijtimoiy tuzum
barqarorligiga xavf tug‘diradi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan diniy va
madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi.
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki iqtisod muammosini hal
qilishning bir xil va umum tan olingan yechimi mavjud emas. Har xil
madaniyat va tarixiy o‘tmish, har xil urf-odat va an’analar, qaramaqarshi mafkuraviy qarashlarga ega bo‘lgan turli jamiyatlar aniq iqtisodiy
muammolami hal qilish uchun turli xil tartiblardan foydalanadi.
Bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi tizim ma’muriy-buyruqbozlik
iqtisodiyoti hisoblanadi. Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga
ijtimoiy aniqrog‘i davlat mulkchiligining hukmronligi va ma’muriy
organlar tomonidan iqtisodiy qarorlarning markazlashgan tartibda qabul
qilinishi bilan xarakterlanadi. Foydalanadigan resurslaming hajmi,
mahsulotning tarkibi va taqsimlanishi, ishlab chiqarishni tashkil qilish
kabilarga tegishli barcha muhim qarorlar markaziy boshqarish organlari
tomonidan qabul qilinadi.
Iqtisodiy taraqqiyotda muhim bosqich hisoblangan tizim bozor
iqtisodiyoti tizimidir.
Bozor iqtisodiyoti tizimi asosan ikki bosqichga egadir. Birinchisi
erkin raqobatga asoslangan klassik bozor iqtisodiyoti bo‘lib, ba’zi
adabiyotlarda uni sof kapitalizm deb ham yuritiladi. Ikkinchisi esa
hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti bo‘lib, uni aralash
iqtisodiyot tizimi deb ham yuritiladi.
Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti resurslarga xususiy
mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy
jarayonlami tartiblashda va uyg‘unlashtirishda bozor mexanizmidan foy-
56
dalanish bilan tavsiflanadi. Bunday tizimda uning ham bir qatnashchisining xulq-atvori shaxsiy manfaatiga asoslanadi, har bir iqtisodiy
birlik, alohida qabul qilingan qarorlar asosida, o‘zlarining daromadlarini
eng yuqori darajada yetkazishga intiladi. Bozor tizimi yordamida alohida
qabul qilingan qarorlar uyg‘unlashtiriladi. Raqobat sharoitida tovarlar
(xizmatlaming) ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni
bildiradiki, har bir mahsulot va resurslarning ko‘plab mustaqil harakat
qiluvchi xaridor va sotuvchilari mavjud bo‘ladi. Bu yerda iqtisodiy
jarayonlarga davlatning aralashuvi cheklangan tavsifga ega bo‘ladi. Shu
sababli davlatning roli, xususiy mulkni himoya qilish va erkin bozoming
amal qilinishi yengillashtiruvchi ishonchli huquqiy tartiblar o‘matishdan
iboratdir.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti. Hozirgi davrda real hayotda
bozor iqtisodiyoti sof bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot unsurlarini
mujassamlashtiradi. Mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorlikning
turli yo‘nalishlari mavjud bo‘ladi, unda rejalashtirish, prognozlash,
aholini ijtimoiy himoyalash kuchayadi. Masalan, AQSH iqtisodiyoti
hozirgi davrda oldingi erkin bozor iqtisodiyotdan sezilarli farq qiladi. Bu
farqlar quyidagilarda ko‘rinadi.
Birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo‘lida bo‘lib, u
iqtisodiyotda katta ahamiyat kasb etadi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi
va o ‘sishi uchun sharoit yaratishda, bozor tizimi yetarli darajada ishlab
chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib bermaydigan ayrim tovarlar va
xizmatlar bilan ta’minlashda, daromadlar taqsimlanishini o‘zgartirishda
va shu kabilarda namoyon bo‘ladi. Ikkinchidan, sof kapitalizmdan farq
qilib amerika iqtisodiyotiga yirik korporatsiyalar va kuchli kasaba
uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar mavjud.
Bu yerda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va
bozor tizimiga suyanish, ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashtirish
har doim ham bir vaqtda mavjud bo‘lmasligi mumkin. Masalan, sobiq
millatchi Germaniya iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb atalgan, chunki
mulkchilik xususiy bo‘lib qolsada, mamlakat iqtisodiyoti qattiq nazorat
ostiga olingan va markazdan boshqarilgan. Buning teskarisi, bozor
sotsializmi deb atalgan sobiq sotsialistik Yugoslaviya iqtisodiyotida
resurslarga ijtimoiy mulkchilikka xos bo‘lgan va bir vaqtda iqtisodiy
faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib
borilgan. Shvetsiya iqtisodiyotida ham 90 % dan ortiq xo‘jalik faoliyati
57
xususiy firmalarda to ‘plangan b o ‘lsada, davlat iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash va daromadlami qayta taqsimlashda faol qatnashadi. Hozirgi
vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida davlatning markazlashgan holda
iqtisodiyotga aralashuvi va rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda
bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan qoilanilib, barqaror va tez
sur’atlar bilan iqtisodiy o‘sishga erishmoqda.
3.3. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati
va iqtisodiy mazmuni
Mulkchilik munosabatlari har qanday jam iyat iqtisodiy tizimining
asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining
mahsuli hisoblanadi.
M ulkchilik munosabatlari moddiy va m a’naviy ne’matlami ishlab
chiqarish hamda jam iyat boyliklarini o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga
keladi.
Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish,
foydalanish, tasarruf etish va o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga
keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
M ulkka egalik qilish mulkning egasi qo‘lida saqlanib turishini
bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy
shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi
ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar
qo‘lida bo‘ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish
mumkin. Mulkdan foydalanish - bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda
ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishidir. Mol-mulkni
o‘zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni
qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish - bu molmulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros
qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro‘y beradi.
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas
jihatlari (egalik qilish, foydalanish, o ‘zlashtirish va tasarruf etish)
belgilab bersada, bu munosabatlar tavsifi nafaqat alohida mulk
shakllarida, balki bitta mulk shakli doirasida ham farqlanishi mumkin.
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar
mazmunini o‘zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy
mazmuni o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli
58
mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya
hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko‘rsatilganidek, hal qiluvchi rolni
mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan
ro‘yobga chiqarilmasa, ya’ni o ‘zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda
foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u
«huquqiy» kategoriya sifatida qoladi.
Mulkchilik xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari
orqali iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqariladi.
Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy
tomoniga nisbatan faqat bo‘ysunuvchi ro‘l o‘ynamaydi. Bu shundan
ko‘rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga m a’lum huquqiy egalik
qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi,
ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana
olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari (egalik qilish,
tasarruf etish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlaming
aniqlashtirilgan ko‘rinishi hisoblanadi.
Huquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini
muhofaza qilish zarurati bilan bog‘liq holda vujudga kelsa, boshqa
tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini
rivojlantirishda g ‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Bu shundan ko‘rinadiki,
tovar xo‘jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish
jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib
(masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati vujudga
keladi.
Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, birinchidan,
ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne’matlaming muayyan,
ya’ni yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli ekanligini, ikkinchidan,
mulk egalarining qonun bilan qo'riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat,
uchinchidan mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi.
Mulkchilik munosabatlari uning obyektlari va subyektlari boiishini
shart qilib qo‘yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik
obyektlaridir. Mulk obyekti bo‘lib, inson yaratgan moddiy va m a’naviy
boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat
qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. M ulk
obyektida asosiy bo‘g ‘in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish
hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki b o isa, ishlab chiqarilgan
mahsulot ham unga tegishli bo‘ladi.
59
Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi
turli xil, ya’ni ishlab chiqaruvchilaming ishlab chiqarish vositalari bilan
qo‘shilishi turli darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga
mos ravishda mulk subyektlari vujudga keladi. Mulk subyekti jamiyatda
ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega bo‘lgan, mulk obyektini
o'zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari
bo‘lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga
birlashgan bo‘ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik
subyekti bo‘lib chiqadi.
Mulk obyektlari va subyektlari yordamida mulkchilik munosabatlari
va huquqlarini yanada yaqqolroq tushunish mumkin. Mulkchilik
munosabatlari - bu mulk obyektini o‘zlashtirish bo‘yicha mulk subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatdir.
Mulkchilik huquqlari esa mulk subyektining mulk obyektiga
nisbatan munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish
yuzasidan kelib chiquvchi huquqlar majmuidir.
3.4. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o‘z
ichiga davlat mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va matlubot
sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar
mulkini, uy xo‘jaligi va shaxsiy tomorqa xo‘jaligi hamda yakka
tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan mehnatkashlarning
shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk
shakllarini va xususiy mulklami oladi.
Shu sababli, « 0 ‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi:
davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk
(3.2-rasm).
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo‘lishi va ulaming iqtisodiy
mezoni, awalo, ishlab chiqaruvchi kuchlaming rivojlanishi va ishlab
chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog‘liq. Shu bilan birga
mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlaming holati, ijtimoiy
mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining yetuklik
darajasi bilan mos kelishi zarur.
60
Davlat mulki-egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat
ixtiyorida bo‘lgan mulk obyektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki
yo‘l bilan hosil bo‘ladi:
1. Xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo‘liga olish.
2. Davlat mablag‘lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli
korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.
3.2-rasm. Mulkchilik shaldlarining tasniflanishi.
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli boMgan,
bo'linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda
mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo'lmaydigan tabiiy
resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yo‘llar kabi iqtisodiy
tuzilmaning kattagina qismini ko‘rsatish mumkin.
0 ‘zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofxq davlat mulki
Respublika mulkidan va ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkidan iborat
bo‘ladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va
hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati
va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va
tarixiy boyliklar, budjet mablag‘lari, oltin zaxirasi, valuta fondi va
boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.
Ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy
organlari mol-mulki, mahalliy budjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy
61
fondi va kommunal xo‘jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar,
xalq taiim i, madaniyat, sogiiqni saqlash muassasalari kabilar molmulki boiadi.
Jamoa mulki-muayyan maqsad yoiida jamoaga birlashgan kishilar
tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklami hamjihatlik bilan
o‘zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi
sotib olishi, badal toiab korxona qurishi, aksiya chiqarib, ularni sotish
kabi yoilar orqali paydo boidi. Jamoa mulkining muhim xususiyati
shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar
emas, balki m aium guruh, kishilar egalikqiladi.
Jamoa mulkiga ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlik
jamiyatlari, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va
diniy tashkilotlarning mulki kiradi.
Shaxsiy mulk - bu fuqarolar mulki boiib, ularning shaxsiy yoki
oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan
shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati asosida ko‘payadi va
rivoj topadi.
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab
chiqarishda ishtirokidan, o‘z xo‘jaligini yuritishdan tushgan mehnat
daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko‘payadi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan keladigan dividend, bank foizlari,
xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga asoslanadL
Shaxsiy mulk obyektlari - bu turar joylar, bog‘-hovli va uylar,
transport vositalari, pul jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste’mol
buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo‘jalik faoliyati uchun kerakli
ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar
boiishi mumkin. « 0 ‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi
qonunda ko‘rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat
sohasidagi, xalq xo‘jalik faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi kichikroq
korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining mulki boiishi mumkin.
Shaxsiy mulk obyektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan kelib chiqib,
daromad topish yoiida ishlatilishi mumkin.
Xususiy mulk-ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga
asoslangan va o‘z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.
O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi qonunida (7-
modda), xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan
foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko‘rsatilgan.
62
Shu bilan birga xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati
cheklanmasligi ta’kidlanadi.
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o‘zining
ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U, so‘zsiz, tashabbuskorlik va
tadbirkorlikni, mehnatga mas’uliyatlilik munosabatlarini
rag‘batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u
xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug‘diradi. Mulkchilikning
bu shaklini tan olish iqtisodiyotda uni qo‘llash foydali bo‘lgan
bo‘g‘inlami aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy
mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy
mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman
bog‘liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida
mustaqil xo‘jalik yuritish yoki davlat korxonalari, firmalar, xizmat
ko‘rsatish va sotish shaxobchalari va shu kabilarni sotib olish orqali
vujudga kelishi mumkin.
Turli shakldagi mulklaming birikib ketishi natijasida aralash mulk
paydo bo‘ladi. Bu mulk alohida olingan obyektning turli mulkdorlar
ishtirokida o‘zlashtirilishini bildiradi.
3.5.0 ‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish maqsadi, yo‘llari va usullari
Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy sharti ko‘p ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini
hal qilishdir. Shu sababli Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.
Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni «...bozomi vujudga
keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo‘lib
xizmat qiladi» deb alohida ta’kidlab ko‘rsatadi [19]. Uzoq yillar
mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan,
aslida esa davlatlashtirilgan mulk to'liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya
va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk subyekti sifatida
davlatning chiqishi jamiyat a’zolari o‘rtasida bu mulkka «hech kimniki»,
«davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarining shakllanishiga olib
keldi.
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida
mulkchilikda davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori boigan mam-
63
lakatlarda bu mulkning ma’lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga ko‘ra, 0 ‘zbekistonda ham
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim
ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunida (1991 -yil 19-
noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi:
Davlat tasarrufidan chiqarish-davlat korxonalarini va tashkilotlarini
jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan
jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va
tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish-fuqarolarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan
yuridik shaxslaming davlat mulki obyektlarini yoki davlat aksiadorlik
jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir [4].
3.3-rasm. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari.
Bundan ko‘rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish-davlat
mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o‘tishidir.
64
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu
mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni
ham ko‘zda tutadi. U bir qator yo‘llar bilan amalga oshiriladi: davlat
korxonalar ini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini
sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan
cheklar (vaucher) bo‘yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim
tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini
chet el frnna va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat
mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo‘lib, ularni 3
guruhga ajratish mumkin:
1. Davlat mulkini bepul boiib berish orqali xususiylashtirish.
2. Davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish.
3. Davlat mulkini bepul bo‘lib berish hamda sotishni
uyg‘unlashtirish orqali xususiylashtirish.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining
o‘ziga xos jihati - bu uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir (3.3-
rasm).
0 ‘zbekistonda iqtisodiy islohotlaming birinchi bosqichidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda
e’tirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni
xususiylashtirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish
vazifasi qo‘yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi
uchun teng huquqiy normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi [8].
0 ‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993-yillar
xususiylashtirishning birinchi bosqichini o‘z ichiga olib, bu bosqichda
xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy
sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi. Yengil, mahalliy
sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim
o‘rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko‘proq
ijra korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aksionerlik
jamiyatlariga aylantirildi. Aksiyalaming nazorat paketi davlat ixtiyorida
saqlab qolindi.
65
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xo‘jaligining
iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lgan, biroq butun mamlakatning
iqtisodiy taraqqiyotida muhim ro‘l o‘ynaydigan ayrim sektorlarini,
korxonalarni saqlab turishni va mablag4 bilan ta’minlash vazifalarini o‘z
zimmasiga oldi.
Iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning birinchi bosqichi
natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini
boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun
kerak bo‘lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi.
Savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, mahalliy sanoat
korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi. Natijada 1997-yilda
savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish yalpi mahsulotining 95
foizdan ortiqrog‘i davlatga qarashli bo‘lmagan sektorga to‘g‘ri keldi. Uy
joylami xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo‘lgan bir
milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan
ortiqrog‘i fuqarolaming xususiy mulki bo‘lib qoldi.
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-
1995-yillarga to‘g‘ri keldi. Bu bosqichda ko‘plab o‘rta va yirik
korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning
aksiyalari respublika qimmatbaho qog'ozlar bozorining asosini tashkil
etdi. Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik
xususiy biznes korxonalari qizg‘in tashkil qilindi.
Mulkni davlat tasarmfidan chiqarishning va xususiylashtirishning
bu bosqichda ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish,
davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish
amaliyotga joriy qilindi. Ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar
bozorining yangi muassasalari barpo etildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining
bo‘sh turgan mablag‘larini o‘ziga jalb qilib, ularning bozorga taziyqini
pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablagiami ishlab chiqarishga
jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni yuzaga
keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki,
xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan sektorini
shakllantirishning yagona yo‘li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka
tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil
kooperativlar, shirkatlar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar
66
ko‘rinishidagi kichik va o‘rta korxonalarni tashkil qilish-ikkinchi
qudratli jarayon hisoblanadi.
Respublika iqtisodiyoti 1996-yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu
bosqich davrida (1996-1998-yillar) xususiylashtirilmaydigan obyektlar
ro‘yxatiga kirmagan jami 3146 ta obyekt va korxonalar davlat
tasarrufidan chiqarildi.
Xususiylashtirish jarayonlarining to‘rtinchi bosqichi (1998-2002-
yillar) ning asosiy vazifalari sifatida davlat budjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni yo‘naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalami jalb etish, boshqaruv samaradorligini
oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini to‘laqonli amal qilishi
uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish belgilandi.
0 ‘zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
jarayonlarining beshinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi « 0 ‘zbekiston iqtisodiyotida
xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi Farmoni bilan bog‘liq. Mazkur Farmon yaqin istiqbolda
yo‘naltirilgan. Iqtisodiy nochor davlat korxonalarini davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek,
mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalami jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan obyektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi.
Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining
boshlang‘ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat,
iqtisodiy nochor korxonalarni vapast likvidli obyektlami nol darajadagi
xarid qiymati bo‘yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul
qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi [79].
Respublikada xususiylashtirishning manzilli yo'naltirilganligi uning
navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur
jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning manzilli yo'naltirilganligi uy-joylaming o‘z egalariga
imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko‘proq muhtoj va zaif
qatlamlarini qo‘llab-quwatlashning turli xil dasturlari budjet mablag‘lari
hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o‘z oilaviy xo‘jaligi uchun yerlar
olishi kabilarda ifodalanadi.
67
0 ‘zbekistonda xususiylashtirishning to‘lovliligi uning navbatdagi
muhim xususiyatidir. Pulni toiash orqali davlat tasarrufidagi korxona va
obyektlami xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bogiiq
salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolami hal qilish
imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalami davlat tomonidan qo‘llab-quwatlashning
moliyaviy manbalari, bozor infratuzilmasini barpo etish uchun resurslar
vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro‘yobga
chiqarish uchun mablag‘lar jamlanadi. Davlat mol-mulkini yangi
mulkdorlarga sotish yo‘li orqali ulami mulkchilikning boshqa
shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan
mablag‘lar shu korxonaning o‘zini qo‘llab-quwatlashga, yangi
raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi.
Navbatdagi muhim xususiyat-respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va
ta’minlandi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali
yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga
aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan
asosiy fondlar hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarini bepul topshirish,
davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va shu kabilarni
imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish hamda soliq to'lashda ayrim
imtiyozlar berish kabilardir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-
4947-sonli « 0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining 3.4. bandida
iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini
himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan
institutsional va tarkibiy islohotlami davom ettirish quyidagilar:
- xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni
ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo'lidagi barcha
to‘siq va cheklovlami bartaraf etish, unga to iiq erkinlik berish, «Agar
xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi» degan tamoyilni
amalga oshirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun
qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining
68
faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari
tomonidan noqonuniy aralashuvlaming qat’iy oldini olish;
- davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning
tartib-taomillarini soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlaming
ustav jam g‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘nalishlari belgilangan.
Asosiy tayanch tushunchalar
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab
chiqarish munosabatlari birligi hamda o‘zaro ta’siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy
omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo‘lgan
hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va
iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - mehnat vositalari,
muteriallar, texnologiya, energiya axborotlar va ishlab chiqarishni
tashkil etish majmui.
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan
foydalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga
keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda
ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli
jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulkni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining egasi qo‘lida saqlanib
turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulk obyektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk subyektlari - mulk obyektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar,
mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.
Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy
shaxslarga o‘tishi.
Davlat tasarrufidan chiqarish - davlat mulki hisobidan boshqa
nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi.
69
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Ishlab chiqarish usuli nima va uning tarkibiy qismlari nimalardan
iborat?
2. Ishlab chiqarish usullarining eng muhim o‘ziga xos belgilarini
ajratib ko‘rsating. Bir ishlab chiqarish usulining boshqasiga almashinishi
sabablari haqida mulohaza bildiring.
3. Ishlab chiqarish texnologik usulining tarkibiy qismlarini sanab
ko‘rsating.
4. Fan-texnika taraqqiyotining ishlab chiqarish texnologik usuliga
ta’siri qanday?
5. Ishlab chiqarish texnologik usullarining bosqichlari bir-biridan
nima bilan farqlanadi? t
6. Mulkchilikning mohiyatiga ta’rif bering va uning turli
shakllarining iqtisodiy mazmunini tushuntiring.
7. Mulkchilikning iqtisodiy va huquqiy mazmunini ajratib
ko‘rsating.
8. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish nima uchun mulkchilikning turli
shakllarini taqozo qiladi?
9. Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
nima uchun obyektiv zaruriyat hisoblanadi? Xususiylashtirish
bosqichlari va shakllariga tavsif bering.
10. Xususiylashtirishning qanday usullarini bilasiz? Bu usullardan
birini tanlab olishga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
70
4-bob. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI RIVOJLANISHI
BOZOR IQTISODIYOTI SHAKLLANISHI VA AMAL
QILISHINING ASOSIDIR
4.1. Natural va tovar ishlab chiqarishning belgilari hamda farqlari.
4.2. Tovar va uning xususiyatlari.
4.3. Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo‘shilgan miqdor
nafliligi nazariyasi.
4.4. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari.
4.5. 0 ‘zbekistonda milliy valuta-so‘mning muomalaga kiritilishi va
uning barqarorligini mustahkamlash yo‘lidagi dasturlar.
Ijtimoiy-iqtisodiy shakllaming turli tarixiy davr sharoitidagi
mazmuni, o‘rni, roli va ijtimoiy oqibatlari ko‘p jihatdan turlicha bo‘ladi,
lekin ularning umumiy belgilari saqlanib qoladi. Shu sababli mavzuni
ijtimoiy xo'jalik, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarish shakllarini ko‘rib
chiqichdan boshlab, tovar va uning xususiyatlari, tovar qiymatining
miqdori, uni aniqlashga bo‘lgan yondashuvlar, pulning vujudga kelishi,
mohiyati va vazifalarini yoritishga harakat qilamiz.
4.1. Natural va tovar ishlab chiqarishning belgilari
hamda farqlari
Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo‘jalikni tashkil
etishning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy
iqtisodiy shakllaming tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish
hisoblanadi. Ijtimoiy xo‘jalikning bu shaklida yaratilgan mahsulotlar
ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun, xo‘jalik ichki
ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan. Iste’mol hajmi va tarkibi ko‘pincha
ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ulaming bir-biri bilan
bog‘lanishi bir xo‘jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson
kechgan. Bunday munosabatlar eng avvalo ibtidoiy jamoada,
keyinchalik dehqon xo‘jaligida hukm surgan. Natural ishlab chiqarish
shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo‘jalik doirasida qat’iy cheklab
qo‘yadi, tashqi aloqalar uchun yo‘l ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan
xo‘jalikka juda qattiq biriktirib qo‘yiladi va ko‘chib yurish imkonidan
mahrum bo‘ladi. Natural xo‘jalik ishlab chiqarish maqsadlarini
nihoyatda cheklab, ishlab chiqarish hajm jihatidan juda oz va turi
71
jihatidan kam boigan ehtiyojlarini qondirishga bo‘ysungan. Shuning
uchun ham jamiyat asta-sekinlik bilan tovar ishlab chiqarishga o‘tadi.
Tovar ishlab chiqarish natural xo‘jalikning rivojlanishi, mahsulotlar
turi va miqdorining o‘sishi natijasida vujudga keldi.
Tovar ishlab chiqarish, ya’ni tovar xo‘jaligida kishilar o‘rtasidagi
iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mehnati mahsulini oldi-sotdi
qilish orqali namoyon bo‘ladi. Tovar ishlab chiqarishning natural ishlab
chiqarishdan farqi shundaki, bunda tovar yoki xizmat o‘zining iste’moli
uchun emas, balki bozorga sotish uchun yaratiladi. Natural va tovar
xo‘jaliklarining bir-biridan farqini 4.1-jadval orqali ko‘rish mumkin.
4.1-jadval
Natural va tovar xo‘jaligining bir-biridan farqlanishi
Asosiy jihatlar
Moddiy ne’matlami ishlab
chiqarish maqsadi
Natural xo‘jalik
Shaxsiy ehtiyojlami
qondirishda foydalanish
Tovar xo‘.jaligi
Boshqa tovarlarga
ayirboshlash, bozorda oldi
sotdi qilish
Ishlab chiqariladigan
mahsulot tarkibining
aniqlanishi
Ehtiyojlar va
imkoniyatlardan kelib
chiqqan holda oldindan
aniqlanadi
Bozordagi muayyan talab va
ishlab chiqaruvchining
xususiy manfaati asosida
aniqlanadi
Iste’molchini o‘ziga jalb
etish uchun kurash
Bunday kurash
mavjud emas
Bunday kurash mavjud va
tovar xo‘jaligining
rivojlanishi bilan kuchayib
boradi
Ishlab chiqarilgan
mahsulotning iste’mol
qilinishi darajasi
Barcha ishlab chiqarilgan
mahsulotlar to‘laligicha
iste’mol qilinadi
Ishlab chiqarilgan
mahsulotlar ayrim turlari va
qismlarining sotilmay qolishi.
ya’ni iste’mol qilinmasligi
Ishlab chiqarish jarayonida
ishchi kuchining ishtirok
etish tamoyillari
Ishlab chiqarish jarayonida
faqat o'zining va oila
a’zolarining ishchi kuchidan
foydalaniladi
Ishlab chiqarish jarayonida
yollanma ishchi kuchidan
ham foydalanish mumkin
Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar
o‘rtasidagi munosabatlarning, mehnatni o‘lchash va uni jamiyatning
jami mehnati tarkibiga kiritishning o‘ziga xos usulidir. Natural xo‘jalikni
siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat
taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi,
xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual
xo‘jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o‘tish yo‘li bilan
72
boradi. Ayrim turdagi mahsulotlami ishlab chiqarishga ixtisoslashuv,
ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida ayirboshlashni zarur qilib
qo‘yadi. Ixtisoslashuv esa mehnat unumdorligining oshishiga olib
keladi, demak, tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali
bo‘lib boradi. Vaqtni va moddiy resurslami tejash tovar xo‘jaligini
rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi boiib chiqadi. Ayirboshlash
jarayoniga tortiladigan ishlab chiqaruvchilar bir-biriga tobora ko‘proq
bog‘liq bo‘lib qola boshlaydi.
Dastlabki davrlarda tovar xo‘jaliklari jamoalar, quldor latifundiyalari, feodal va dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida aloqalar o'matilishiga
yordam berib, ishlab chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi
uchun qo'shimcha imkoniyatlar ochgan.
Ma’lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat
iqtisodiyotining barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi.
Tovar xo‘jaligining vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiyiqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
1. Ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi. Bunda ishlab
chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o‘z navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo‘yicha,
ya’ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish
layoqati bilan aniqlanadi.
2. Ishlab chiqaruvchilaming iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi.
Bunda ular o‘z mehnat natijalarini o‘zlari tasarruf etadilar. Iqtisodiy
alohidalik xo‘jalik faoliyatiga oid barcha qarorlami ishlab
chiqaruvchining o‘zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar
ishlab chiqarishni zarur qilib qo‘yadi va bozor vujudga kelishining shartsharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda
ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab
chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi.
Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish
uchun uning asosiy unsuri bo‘lgan tovarning xususiyatlarini ko‘rib
chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
4.2. Tovar va uning xususiyatlari
Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning
xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta’rif berishda
ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan,
73
E.F.Borisov ta’rifiga ko‘ra «Tovar - bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo‘ljallangan, mehnat orqali yaratilgan
ijtimoiy naflikdir» [60]. Bundan ko‘rinadiki, u tovarga inson mehnati
mahsuli sifatida qaraydi.
V.I.Vidyapin va boshqalar esa «ne’mat» va «tovar» tushunchalariga
keng izoh berishgan. Unda tovar iqtisodiy ne’matning maxsus shakli
bo‘lib hisoblanishi ko‘rsatib berilgan: «Tovar - bu ayirboshlash uchun
ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat» [61]. Bu va boshqa qator
olimlaming fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki, Tovar - bu biron-bir
naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan ayirboshlash uchun yaratilgan
mehnat mahsuli.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarda
ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan
xizmatlar tovar shaklini olgan.
Tovar ikki xususiyatga ega: birinchidan, u kishilarning qandaydir
ehtiyojini qondiradi, ya’ni iste’mol; ikkinchidan, u boshqa buyumga
ayirboshlana oladigan buyumdir, ya’ni almashuv qiymatlariga ega.
Buyumning iste’mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun
foydali, naflidir. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish
vositalari sifatida kishilarning biron-bir ehtiyojini qondiradi. Holbuki,
tovar ayirboshlash jamiyat a’zolari o‘rtasida, gavjum bozor
qatnashchilari o‘rtasida sodir bo‘ladi.
Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik
degan tushuncha ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni
tan oladi.
Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan
miqdordagi naflilikka aytiladi.
Ne’matlar tovar bo‘lishi uchun, ular ayirboshlashga mo‘ljallangan,
ma’lum mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo‘lishi zarur.
Shunga ko‘ra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, o‘z
iste’moli uchun emas, balki boshqalaming iste’moli uchun bozorga
sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir. Tovaming naturalbuyum va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari ana shundan kelib
chiqadi.
Tovaming almashuv qiymati - bu biror turdagi naflilikning boshqa
turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan,
bitta bolta 20 kg donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan
74
lovarlaming bu miqdoriy nisbatida ulaming almashuv qiymati
ifodalanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari A.Smit, D.Rikardo,
U.Petti, J.S.Mil fikriga ko‘ra, tovarlar qiymatining umumiy asosi bo‘lib
mehnat hisoblanadi, shu sababli ular ma’lum miqdorlarda bir-biriga
lenglashtiriladi. Tovarlarning og'irligi, hajmi, shakli va shu kabi tabiiy
xususiyatlaridan birortasi qiymatning umumiy asosi bo‘la olmaydi.
Ayirboshlashning zarur sharti bo‘lib tovarlarning turlicha nafliligi
hisoblanadi. Biroq, turli tovarlarning nafliligi sifat jihatidan farq qilish
bilan birga miqdoriy oichamga ega emas. Miqdor jihatdan taqqoslash
uchun tovarlarda mavjud bo‘lgan umumiy narsa - ulami yaratish uchun
sarflangan mehnatdir.
Tovarlar o‘lchovdosh bo‘lishining boisi shuki, bularning hammasi
umuman inson mehnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, mushagi,
asablari va hokazolari sarfning mahsulidir. Tovarda mujassamlashgan
ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashkil qiladi. Bu qiymat tovar
ayirboshlaganda ko‘rinadi, shuning uchun almashuv qiymati, ya’ni
iste’mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati shakli bo‘lib, uning ichki
mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiymat va
almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida
ajratilib ko‘rsatilishida namoyon bo‘ladi. «Qiymat - bu tovar ishlab
chiqarish va uni sotish yoki ishlab chiqarish xarajatlari qanchaga
tushganligi ifodasidir. Tovami ayirboshlaganda yoki sotilganda ishlab
chiqaruvchi yoki sotuvchi, tabiiyki, o‘z xarajatlarini qoplashni istaydi,
biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi mumkin. Endi ularni
boshqa ko‘rsatkich-almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar
boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir» [56]. Tovarning o‘zi
esa ikki tomon-naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir.
Tovar qiymatining miqdori ijtimoiy-zaruriy ish vaqti orqali
hisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab
chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va
jadallashuvi darajasi o‘rtacha bo‘lgan sharoitda biron bir tovami ishlab
chiqarish uchun zarur bo‘lgan ish vaqtidir. Tovar qiymatining miqdorini
hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz,
aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Qiymatni hisoblashda
nisbatan murakkab mehnat ko‘paytirilgan yoki darajaga ko‘tarilgan
75
oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi
murakkab mehnat ko‘p miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.
Tovaming ikki xil xususiyatga ega bo‘lishiga sabab tovar ishlab
chiqaruvchi mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan,
bu-muayyan turdagi aniq mehnatdir. Shuning uchun, iste’mol qiymatni
yaratgan mehnat aniq mehnat deb nom olgan (4.1-rasm).
4.1-rasm. Mehnatning ikki yoqlama xarakteridan kelib
chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati.
Ikkinchi tomondan, mehnat-aniq shakldan qat’i nazar, umuman
sarflangan inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mehnatning bir qismidir.
U o‘zining shu sifatida abstrakt mehnat deb ataladi. Bu mehnat esa tovar
qiymatini yaratadi.
Qiymat tovarning emas, balki faqat mehnatning ijtimoiy xossasi
bo‘lib, unda tabiat ashyolarining birorta ham molekulasi, zarrachasi
yo‘qdir. Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun mehnat
qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. Biroq, alohidalashgan
tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati o‘zining ijtimoiy xususiyatini faqat
mehnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko‘rsatadi.
Tovarlar qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab
o‘zgaradi. Mehnat unumdorligi ma’lum ish vaqti birligi mobaynida
ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab
chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan o‘lchanadi. Mehnat
unumdorligining o‘zgarishi tovar birligi qiymatining o‘zgarishiga sabab
bo‘ladi. Mehnat unumdorligi o‘ssa, tovar birligining qiymati kamayadi
yoki aksincha, mehnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining qiymati
oshadi.
Mehnat intensivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mehnat
miqdori orqali tavsiflanuvchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Mehnatning
76
intensivligi deganda, ish vaqti birligi davomida ishchi kuchi sarfi orqali
aniqlanuvchi mehnat jadalligining darajasi tushuniladi. Mehnatning
jadallik darajasini aniqlashda ish kunining davomiyligi yoki bir soat vaqt
birligi sifatida qabul qilinadi. Mehnat intensivligining oshishi muayyan
vaqt davomida ko‘proq qiymat yaratilishiga imkon beradi.
4.3. Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo‘shilgan
miqdor nafliligi nazariyasi
Tovar qiymatining negizini aniqlashda quyidagi ikki asosiy
yo‘nalish mavjud:
1. Qiymatning mehnat nazariyasi.
2. Qiymatning keyingi qo'shilgan miqdor nafliligi nazariyasi.
Qiymatning mehnat nazariyasi asoschilari bo‘lib Uilyam Petti,
Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi.
U.Petti qiymatning mehnat nazariyasining dastlabki asoschisi bo‘lib,
u qiymatning manbai mehnat hisoblanishini, aynan mehnat sarfi tovar
qiymati miqdorini belgilab berishini ko‘rsatib o‘tgan. Biroq, U.Petti
tovaming iste’mol qiymati va qiymati o‘rtasidagi farqni ko‘ra olmagan.
U tovaming qiymati faqat qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishga
sarflanuvchi mehnat orqali yaratiladi, deb hisoblagan.
A.Smit o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida
tadqiqotlar» (1776 y.) nomli asarida tovaming iste’mol va almashuv
qiymatini farqlab bergan. U tovar qiymatining yagona manbai bo‘lib
moddiy ishlab chiqarishning har qanday sohasida sarflangan mehnat
hisoblanadi, degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga, tovar qiymatining
miqdorini har qanday mehnat emas, balki jamiyat uchun zarur bo‘lgan
o‘rtacha mehnat belgilab berishini ko‘rsatib o‘tgan.
D.Rikardo qiymatning yagona mezoni bo‘lib tovar ishlab
chiqarishga sarflangan hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi
mehnat hisoblanishini isbotlab bergan. U tovaming iste’mol qiymati va
qiymati o‘rtasidagi farqni aniq ko‘rsatib, har qanday ishlab chiqarishda
tovaming qiymati sarflangan mehnat orqali aniqlanishini ta’kidlagan.
Demak, yuqorida ta’kidlaganimizdek, qiymatning mehnat nazariyasi
tarafdorlarining fikricha, tovarlami ayirboshlash ularning qiymati
asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy
mehnat sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o‘lchanadi.
77
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish
sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalami, ijtimoiy
mehnatni taqsimlash va rag‘batlantirishni tartibga soluvchi, obyektiv
qiymat qonunini mavjud boiishini tan oladi. Ular fikriga ko‘ra, bu
qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ulaming qiymati
asosida amalga oshiriladi.
Qiymat qonuni individual mehnat sarfi ijtimoiy zarur mehnat
sarfidan ozroq bo‘lgan ishlab chiqaruvchilami rag‘batlantiradi. Bu bilan
ishlab chiqaruvchilarning mehnat unumdorligini oshirishga undaydi.
Aks holda ular bozordan siqib chiqarilishlari yoki xonavayron bo‘lishlari
mumkin.
Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi,
mehnat va moddiy sarflami kamaytirishni rag'batlantiradi va
mehnatning ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha taqsimlanishini tartibga
solib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat unumdorligiga erishgan ishlab
chiqaruvchilar o‘z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin
ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda
olishlari mumkin. Lekin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati
kafolatlangan deb bo‘lmaydi. Chunki ular ishlab chiqarishga fan-texnika
yangiliklarini, samarali ishlab chiqarish usullarini o‘z vaqtida qo‘llab
turmasalar, ma’lum vaqtdan so‘ng o‘z ustunlildaridan ajralib qolishlari
mumkin.
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi raqobat kurashi natijasida bozor narxlarining tebranib, ulaming ijtimoiy qiymatdan
farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga
chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:
Talab = taklif bo'lgan holda narx = qiymat.
Talab > taklif bo‘lgan holda narx > qiymat.
Talab < taklif bo‘lgan holda narx < qiymat.
Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar
ishlab chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo‘lmay, balki obyektiv
qiymat qonunining ta’siri ostida bo‘ladi.
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining asoschilari bo‘lib
avstriya maktabi vakillari K.Menger (1840-1921), F.Vizer (1851-1926),
E.Bem-Baverk (1851-1914) va boshqalar hisoblanadi. Mazkur
nazariyaga ko‘ra, kishilar tomonidan juda xilma-xil moddiy va ma’naviy
ne’matlar hamda xizmatlami ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat
78
sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega bo‘lishi
sababli qadrlanadi. Insonlar tomonidan ma’lum nafliliklarga ehtiyoj
sezilganligi sababli u yoki bu tovami ishlab chiqarishga mehnat sarflari
amalga oshiriladi. Mazkur nazariya tarafdorlari flkrlariga ko‘ra, faqat
tovarning nafliligi mehnat sarflariga «ijtimoiy zaruriy» deb
nomlanadigan tavsif berishi mumkin.
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning
mehnat nazariyasining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi turli xil iste’mol
qiymatlarini yoki nafliligini hisobga olish muammosi bilan bog‘liq.
Chunki, turli ko‘rinishdagi ikkita tovarning nafliligini shunchaki
umumiy tarzda o‘zaro taqqoslash mumkin emas.
Bu nazariya tarafdorlari, naflilikning ikki turini ajratib ko‘rsatish
zarur deb hisoblaydilar:
1. Abstrakt yoki umumiy naflilik, ya’ni ne’matlaming kishilar
biron-bir ehtiyojlarini qondirish layoqati.
2. Aniq naflilik, bu ne’mat mazkur nusxasi foydaliligining subyektiv
narxini bildiradi. Bu subyektiv narx ikki omilga bog‘liq: mazkur ne’matning mavjud zaxirasi va unga bo‘lgan ehtiyojning to‘yinganlik darajasi.
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan olim
mashhur ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Tovarlarning qiymatini aniqlashda mehnat nazariyasi ham, qo‘shilgan naflilik nazariyasi
ham yetarli asosga ega emas, deb hisoblagan A.Marshall bir nechta
nazariyalami umumlashtirish yo‘li bilan aniqlik kiritishga harakat qildi.
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonlamaligini
u qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishda ko‘rdi. A.Marshall keyingi
qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda
ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog‘lashga harakat qildi.
A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda
keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini
umumlashtirish zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Neoklassiklaming
qiymat va narxning monistik nazariyasini yaratishga urinishdan
chekinish xususan A.Marshall ishlari bilan bog‘liq. A.Marshall
nazariyasida qiymat va narx talab, ya’ni keyingi qo'shilgan miqdor
nafliligi hamda taklif, ya’ni tovar ishlab chiqarish xarajatlari tomonida
yotuvchi bozor kuchlari o‘zaro ta’siri orqali aniqlanadi.
A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo‘shilgan
miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday
79
qilib, A.Marshalldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida turli nazariyalarni
umumlashtirishga o‘tildi.
Lekin A.Marshall ushbu umumlashtirishni oxirigacha yetkaza
olmadi. U ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat tovaming
ikki tomoni ekanligini aniq ko‘ra olmadi. Shuning uchun, u ijtimoiy
naflilik o'rniga qo'shilgan naflilikni, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari
o‘miga ishlab chiqarish xarajatlarini qo‘ydi. Natijada tovaming qiymati
ham, nafliligi ham to‘liq hisobga olinmadi. Umuman aytganda, uzoq
tarixiy davrdan boshlab tortishuvga sabab bo‘lgan narsa tovarda
gavdalangan ijtimoiy mehnatning ikki yoqlama tavsifi va shu asosda
hosil bo‘ ladigan tovaming ikki xil xususiyatiga ega bo‘lishini inobatga
olmaslikdir. Mehnat nazariyachilari tovarga sarflangan mehnat
miqdoriga asosiy e’tibomi qaratg^i bo‘lsa, marjinalistlar uning
nafliligiga e’tibor berib keladilar. Ularning biri ko‘proq tovami ishlab
chiqaruvchilar manfaati nuqtayi nazaridan tahlil qilgan bo‘lsa, ikkinchisi
iste’molchi yoki xaridorlar manfaati nuqtayi nazaridan qaraydilar.
4.4. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari
Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy konsepsiyalari
mavjud bo‘lib, ular orasida ratsionalistik va evolutsion konsepsiyalar
muhim o‘rin tutadi.
Ratsionalistik konsepsiya pulning kelib chiqishini kishilar
o‘rtasidagi bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ulaming
tovarlarni ayirboshlash vaqtida qiymatlaming harakatlanishi uchun
maxsus vositalar zarurligiga asoslanadi. Pulning o‘zaro kelishuv sifatida
amal qilishi to‘g‘risidagi mazkur g‘oya XVIII asming oxirlarigacha
hukm surdi. Pulning kelib chiqishiga subyektiv psixologik yondashuv
ko‘plab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilaming qarashlarida ham uchrab
turadi. Ulaming fikricha, pul kategoriyasi obyektiv iqtisodiy kategoriya
bo‘lmay, kishilar kelishuviga yoki davlatning xohishiga bog‘liq bo‘lgan
yuzaki, subyektiv kategoriyadir.
Pul kelib chiqishining evolutsion konsepsiyasiga ko‘ra ular ijtimoiy
mehnat taqsimoti, ayirboshlash, tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi
natijasida vujudga kelgan.
Bir tovaming qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali
aniqlanadi (T-T). Bir tovar o‘z qiymatini boshqa tovarga nisbatan
ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o‘zida
80
ifodalab, ekvivalent rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalent shaklini
tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning dastlabki kurtagi paydo
boiadi.
Pulning paydo bo‘lishi va rivojlanishida qiymat shakllarinmg
rivojlanish bosqichlari muhim o‘rin tutadi. Umuman olganda,
qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan, umumiy va pul
shakllari mavjud.
Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri
mobaynida ekvivalent rolini o‘ynovchi ko‘plab tovarlar ichidan ba’zi
birlari o‘zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa
boshladi (masalan, nodir metallar). Chunki, ekvivalent tovarlaming
barchasi ham ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda
muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, barcha tovarlaming qiymatini
bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo‘lgan qiymatning
umumiy shakli vujudga keldi.
Umumiy ekvivalent rolining nodir metallarga, jumladan oltinga
yuklatilish sabablari quyidagilar orqali izohlanadi:
1. Sifat jihatdan bir xil o‘lchamga keltirish mumkinligi.
2. Zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi.
3. Bo‘linuvchanligi va bo‘lgandan keyin yana yaxlit holga keltirish
mumkinligi.
4. 0 ‘z qiymatini saqlab qola olishi.
5. Tabiatda nisbatan kamyobligi.
6. Ozgina miqdordagi va og‘irlikdagi nodir metallning qiymati
ancha yuqoriligi.
Keyinchalik umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovarlardan
maxsus tovar-pul ajralib chiqdi. Shunday qilib, pul - bu umumiy
ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovardir.
Endi tovarlar ikkiga-bir tomondan, naflilikning ifodasi bo‘lgan
tovarlarga va, ikkinchi tomondan, qiymatning moddiylashgan ifodasi
bo‘lgan pulga ajraladi.
Pulning mohiyatini to‘laroq tushunish uchun uning quyidagi asosiy
vazifalarini ko‘rib chiqamiz:
1. Qiymat o‘lchovi.
2. Muomala vositasi.
3. Jamg‘arish vositasi.
4. Toiov vositasi.
81
Pulning qiymat o‘lchovi vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi
fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan
ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif muvofiq kelgan taqdirdagina
uning qiymatiga muvofiq keladi. Aks holda, narx qiymatdan farq qiladi.
Demak, tovarlaming narxi ularning qiymati, pulning qiymati, talab va
taklifning nisbati va boshqa omillarga bog‘liq.
Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini
anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini o‘lchash uchun muayyan
miqdordagi pul materialini birlik qilib olish zarur. Bunday birlik qiymat
o‘lchovi deb ataladi. Bir tomondan narxlar o‘lchovi har qanday o‘lchov
birligi kabi shartlidir. Ikkinchi tomondan esa, u. muayyan mamlakatda
hamma tomonidan e’tirof etilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun davlat
pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa
rasmiy tan olinadi.
Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo‘lishi kerak, chunki tovarlami oldi-sotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog‘i
lozim. Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Dastlab
tovarlami ayirboshlashda pulning bevosita kumush yoki oltin quymalar
shaklida mavjud bo‘lishi ayni vaqtida qiyinchiliklar tug‘dirgan: pul
metallni o‘lchash, uni mayda bo‘laklarga bo‘lish, sifatini belgilash zarur
bo‘lgan. Keyinchalik metall quymalari o‘rniga metall tangalar ishlatila
boshlagan.
Uzluksiz muomalada bo‘lish natijasida oltin tangalar yoyilib ketishi,
o‘z vaznining bir qismini yo‘qotishi sababli muomalaga to‘la qiymatli
boimagan qiymat belgilari chiqarilgan.
Pul muomaladan chiqarilganda jam ’arish vazifasini bajara
boshlaydi. Natural xo‘jalik sharoitida jamg'arish boylik to‘plash,
mahsulot jam g‘arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo‘jaligining
rivojlanishi boylik jamg‘arishning pul jamg‘arish shaklini keltirib
chiqaradi.
Tovar xo‘jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg‘arish
uni muomaladan chiqarib olish yo‘li bilan amalga oshirilgan.
Keyinchalik foyda ketidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo‘sh
turgan pul foyda keltirmasligi sababli pul egalari uni harakatga solishga,
uni foydali ishlatish yo‘lini topishga intildilar.
Tovarlar nasiyaga to‘lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to‘lov
vositasi vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini toMov muddati
82
kelgandan keyingina to‘laydi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi
doirasi bilan cheklanmay, pul qarz berilganda, renta va soliqlami
to‘lashda ham to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Qog‘oz pullar, veksel
va banknotlar-pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib
chiqqan.
Qog‘oz pul umumiy ekvivalentlik vazifasini bajarganda, boshqa
tovarlar qiymati bevosita qiymatga ega bo‘lgan tovar (oltin) bilan emas,
balki qiymat belgisiga ega bo‘lgan vakolatli «tovar» bilan o‘lchanadi
[80] (4.2-rasm).
4.2-rasm. Oltin va qog‘oz pullarning o‘zaro bog‘liqligi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul faqatgina umumiy ekvivalent
bo‘lib emas, balki o‘z egasining qo‘lida foyda, daromad olish vositasi
bo‘lib xizmat qiladi va kapitalga aylanadi. Buning natijasida qog‘oz
pullar ikkita tarkibiy qismga ajraladi: naqd pullar (qog‘oz pul, tangalar)
va kredit pullar (chek, veksel, sertifikat, to‘lov talabnoma, plastik
kartochkalar va h.k.). Ularning tub xususiyatlari 4.3-rasmda aks
4.3-rasm. Naqd va kredit pullarning xususiyatlari.
83
Bundan ko‘rinadiki, pul kapital sifatida muomalada bo‘ladi, unga
qo‘shimcha ijtimoiy vazifa yuklatiladi. Endi u daromad keltiradigan
maxsus vositaga aylanadi [38].
Shunday qilib, tovar ayirboshlash, ishlab chiqarish va pulning kelib
chiqishi hamda tovar-pul muomalasining rivoj lanishi bozor va bozor
iqtisodiyotining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi va uning rivoj lanishiga
shart-sharoit yaratdi.
4.5. O‘zbekistonda milliy valuta-so‘mning muomalaga kiritilishi
va uning barqarorligini mustabkamlash yolidagi dasturlar
Har qanday mamlakatdagi tovar-pul munosabatlarining to‘laqonli
amal qilishi, eng avvalo, muayyan mamlakat milliy valutasining mavjud
bo‘lishi hamda barqaror amal qilishini taqozo etadi.
Mamlakatimizda milliy valutaning ahamiyatiga katta e’tibor
qaratilmoqda. Bu borada Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning: «Milliy
valuta-milliy iftixor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos
belgidir. Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir» [20],
degan so‘zlarini eslash o‘rinlidir. Shunga ko‘ra, 0 ‘zbekiston
Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z milliy valutamizni
muomalaga kiritish muhim va murakkab vazifalardan biri sifatida
namoyon bo‘ldi. Bu borada davlatimiz tomonidan har tomonlama
asoslangan, izchil ijtimoiy-iqtisodiy siyosat amalga oshirildi.
0 ‘zbeldston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993-yil 5-mayda «Pul
muomalasini tartibga solish hamda respublika iste’mol bozorini
himoyalashni kuchaytirish to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi. Ushbu
qarorga binoan aholi tomonidan tovarlami xarid qilish va depozit
operatsiyalarini amalga oshirishda vaqtinchalik so‘m-kupon tizimi tatbiq
etildi. 0 ‘zbekistonning o‘z milliy valutasini muomalaga kiritish ikki
bosqichda amalga oshirildi: birinchi bosqich 1993-yilning noyabr oyidan
1994-yilning iyunigacha bo‘lgan davmi, ikkinchi bosqich esa 1994-
yilning iyun-iyul oylarini o‘z ichiga oldi.
Pul islohotini o‘tkazishda mamlakatimiz hukumati tomonidan
aholini ijtimoiy himoya qilish, uning dai;omadlarining yo‘qotilishiga yo‘l
qo‘ymaslik tamoyiliga katta e’tibor qaratildi. Shunga ko‘ra,
muomaladagi eski pul birliklarining amal qilishini to‘xtatish ham astasekin, bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
84
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-
noyabrdagi « 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida «so‘m-kupon»ning
muomalada bo‘lish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha choratadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida 1993-yilning 6-dekabridan boshlab 1, 3,
5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘m qiymatidagi
«so‘m-kuponlar» mamlakatimiz hududida qonuniy to‘lov vositasi
sifatida tan olindi.
0 ‘zbekistonda milliy valutani joriy etishda dastlab «so‘mkupon»ning muomalaga kiritilishi quyidagilarga imkon yaratdi: birinchidan, milliy pul islohotining iqtisodiy, texnik va ijtimoiy tomonlarini
optimallashtirish uchun respublika ichki iqtisodiyotidagi barcha real
omillarni to‘la aniqlash va hisobga olish; ikkinchidan, mustaqil moliyakredit va narx siyosatini yuritish bo'yicha muayyan tajriba orttirish;
uehinchidan, milliy pul birligini joriy etish strategiyasi va mexanizmini
o‘rganish, inflatsiya jarayoniga qarshi kurash tadbirlari ishlab chiqish va
sinovdan o‘tkazish, o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmini yo‘lga qo‘yish va
h.k.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda
« 0 ‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari
to‘g‘risida»gi Qonunning 111-moddasiga muvofiq, 1994-yilning
1-iyulidan boshlab 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida milliy valuta-
«so‘m» muomalaga kiritildi. Milliy valutaning joriy etilishi munosabati
bilan 0 ‘zbekiston Markaziy bankining kassa ishini tashkil etish
to‘g‘risida, miliy valutani muomalaga chiqarish va hisobga olish tartibi
to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi, shuningdek, yuridik shaxslaming buxgalteriya
hisobi va hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish tartibi ishlab chiqildi.
Tovar-pul munosabatlarining samarali amal qilishi ko‘p jihatdan
milliy valutaning barqarorligiga ham bog‘liq. Bu borada Birinchi
Prezidentimiz I.Karimov: «Bugungi eng muhim vazifa-valutamizni
baquvvat, dunyoda obroli valutaga aylantirishdir. U yuksak qiymatga va
katta kuchga ega bo‘lishi lozim. So‘mning barqarorligini ta’minlash va
qadrini oshirish-umummilliy vazifa» [20], deya ta’kidlab, bunga erishish
uchun aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan to‘rtta alohida dasturlar
to‘plamini ko‘rsatib berganlar (4.2-jadval). Bu belgilangan dasturlarning
izchil ravishda amalga oshirilishi milliy valutamizning mustahkamlanishiga, qat’iy valutalarga nisbatan uning almashuv kursining
barqarorlashuviga ahamiyatli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
85
4.2-jadval
O‘zbekistonda milliy vaJuta-so‘mning barqarorligini oshirish
_______vazifalarini hal etish borasidagi dasturlar [20]__________
Dasturning
m azmuni
Dasturning asosiy
yo‘nalishlari
Am alga oshirilishi lozim bo‘lgan
chora-tadbirlar
Milliy
valutani tovar
bilan barqaror
ta’minlash
- respublika bozorini
iste’mol tovarlari
bilan to‘ldirish:
- aholining eng zarur
talablarini
qondiruvchi milliy
ishlab chiqarishni
kengaytirish
- iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga har tomonlama yordam ko‘rsatish;
zamonaviy iste’mol tovarlari ishiab
chiqaradigan yangi korxonalarni jadal sur’atlarda
tashkil etish;
- kichik korxonalar faoliyati uchun keng maydon
ochib berish;
- aholining turli mamlakatlardan keltirilgan sifatli
mahsulotlami sotib olish imkoniyatiga ega
bo'lishi uchun zarur sharoitlar yaratish;
- import mahsulotlar tarkibini takomillashtirisli;
- milliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish
Yetarli valuta
zaxirasi bilan
ta’minlash
- tashqi iqtisodiy siyosatni tubdan qayta
ko‘rib chiqish;
- mamlakatning eksport imkoniyatini
kengaytirish
- eksportga yo‘naltirilgan korxonalar sonini
ko‘paytirish;
- eksportga yo‘naltirilgan korxonalar faoliyatini
rag‘batlantirish;
- jahon bozorida raqobatbardosh milliy mahsulot
ishlab chiqarishni rag'batlantiruvchi omillami
vujudga keltirish
Milliy
valutani
qadrlash va
undan tejabtergab
foydalanish
- qat'iy moliyaviykredit siyosatini izchillik bilan o‘tkazish;
- kredit resurslaridan
samarali va
muayyan maqsad
yo'lida foydalanish
- aholi va korxonalar tomonidan moliyaviy
resurslardan tejamli foydalanishni kuchaytirish;
- kreditlaming o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash;
- kredit resurslarini eng ko‘p samara beradigan
sohalarga yo‘naltirish
Inflatsiyaga
qarshi puxta
o‘ylangan
siyosat olib
boorish
- milliy valutaning
to‘lov qobiliyatini
uzoq muddat davomida saqlab qolishni
ta’minlash;
- ishlab chiqarish
hajmi bilan to‘lovga
qobil talabning o‘sishi o ‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash
- muomalaga chiqariladigan har bir so‘mning
muayyan tovarlar bilan ta’minlanishiga erishish;
- savdo korxonalarining ishini tubdan yaxshilash;
- iste’mol fondining o‘sishini ishlab chiqariladigan mahsulot va ko‘rsatiladigan xizmatning
moddiy hajmi ko‘payishiga bevosita bog‘liq;
- naqd pul va kredit emissiyasining o ‘sishiga,
aholi qo‘lida pulning harakatsiz turib qolishiga
yo‘l qo‘ymaslik
86
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi
PF-4947-sonli « 0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining 3.1. bandida
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy
o‘sish sur’atlarini saqlab qolish: ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan
instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek, valutani tartibga solishda zamonaviy bozor
mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valutaning
barqarorligini ta’minlash vazifasi keltirilgan.
Asosiy tayanch tushunchalar
Natural ishlab chiqarish - bunda mehnat mahsulotlari ishlab
chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish, ichki xo‘jalik ehtiyojlari
uchun mo‘ljallanadi.
Tovar ishlab chiqarish - bunda tovarlar o‘zining iste’moli uchun
emas, balki bozorda sotish, ayirboshlash uchun va boshqalaming
iste’molini qondirish maqsadida ishlab chiqariladi.
Tovar - biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan, ayirboshlash
uchun yaratilgan mahsulotdir.
Naflilik - tovarlarning kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan
ehtiyojini qondirish layoqati.
Almashuv qiymati - bu biror turdagi iste’mol qiymatning boshqa
turdagi iste’mol qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbati.
Aniq mehnat - muayyan aniq iste’mol qiymatlarni vujudga
keltiradigan mehnat.
Abstrakt mehnat - mehnatning aniq shaklidan qat’i nazar umuman
inson ishchi kuchining sarflanishi, ijtimoiy mehnatning bir qismi.
Mehnat unumdorligi - ma’lum vaqt davomida ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan
vaqt bilan aniqlanadi.
Mehnat intensivligi - mehnatning sarflanish tezligi yoki jadalligi.
Pul - hamma turdagi tovar va xizmatlarni ayirboshlashda umumiy
ekvivalentlikni bajaruvchi maxsus tovardir. Qog‘oz pullar esa shu tovar
pulning vakilidir.
87
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Ijtimoiy xo‘jalik shakllariga umumiy tavsif bering. Tovar ishlab
chiqarish va bozoming vujudga kelishining umumiy shart-sharoitlarini
tushuntiring.
2. Natural va tovar xo‘jaligining asosiy farqlari nimalardan iborat?
3. Nima uchun tovarga naflilik iste’mol qiymat va almashuv
qiymatining birligi sifatida qaraladi?
4. Tovardagi bu ikki xil xususiyat nimadan kelib chiqadi?
5. Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nima va uning pasayish
sababini tushuntiring.
6. Pulning mazmunini va vujudga kelishining umumiy shartsharoitlarini tushuntirib bering.
7. Oltin pul va qog‘oz pul o‘rtasidagi umumiylik va farqlarini
ko‘rsatib bering.
8. Qog‘oz va kredit pullarning qadr-qiymati va barqarorligi nima
bilan belgilanadi?
9. Pulning ratsionalistik va evolutsion konsepsiyalarining mazmuni
nimadan iborat?
10. Pul qanday vazifalarni bajaradi? Har bir vazifasining mazmunini
tushuntirib bering.
II bo‘lim. BOZOR IQTISODIYOTI NAZARIYASI
5-bob. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI
VA AMAL QILISHI
5.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning rivojanishi.
5.2. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari.
5.3. Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari.
5.4. Bozor infratuzilmasi va uning elementlari.
Ushbu mavzu bozor iqtisodiyotining mazmunini bayon qilib berish
bilan boshlanib, uning asosiy belgilari, subyektlari va rivojlanish bosqichlari talqiniga alohida o‘rin ajratiladi. Bozor iqtisodiyotining doimiy
va asosiy muammolari, bunday iqtisodiyotning afzalliklari va
ziddiyatlari tahliliga ham o‘rin beriladi.
Mavzu bozor va uning turlari, bozor infratuzilmasi, uning tarkibiy
qismlari hamda elementlarini yoritib berish bilan yakunlanadi.
5.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning rivojlanishi
Bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmi ko‘plab asrlar
davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan
shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga
aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki,
uzoq davrli iqtisodiy evolutsiya davomida uning amal qilishining asosiy
klassik qoidalari saqlanib qoldi.
0 ‘tgan mavzuda aytganimizdek, xususiy mulkchilikning paydo
bo‘lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing umumiy sharoiti hisoblanadi.
Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar
shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo'lishi o‘zo‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga
oid xususiyatini ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi
bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim
shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning
erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat.
89
Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul
muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan
iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga
asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati
yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Hozirgi davr iqtisodiy
nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo‘jaligi subyektlari
iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va
ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog‘lanib muvofiqlashuvi
deb baho beradilar. Bozor iqtisodiyotida bozor aJoqalari butun tizimni,
uning hamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va
iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha
Subyektlarini qamrab oladi.
Bozor iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, yollanma
ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli
qog‘ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo‘jaligining barcha asosiy
subyektlari uchta guruhga bo‘linadi: uy xo‘jaliklari, korxonalar,
tadbirkorlik sektori va davlat.
Uy xo‘jaliklari-iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi
asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish
va xizmat ko‘rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol
qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulk egasi hamda ishlab
chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish
uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori - bu daromad, foyda olish maqsadida amal
qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘inlaridir. U ish yuritish uchun
o‘z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu
kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish
uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo‘jaligida tovar va xizmatlami
yetkazib beradi.
Davlat - foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni
tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil budjet tashkilotlari va
muassasalari sifatida namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, ba’zi darslik va o‘quv qoilanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir alohida, mustaqil subyekti sifatida banklar ajratib
ko‘rsatiladi [63, 72].
90
Bank - iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur boigan pul
massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan
to‘rtta tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: narx, talab va taklif hamda
raqobat.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan
iborat:
1. Turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo‘lishi va unda
xususiy mulkchilikning ustun turishi;
2. Tadbirkorlik va tanlov erkinligi.
3. Raqobat kurashning mavjudligi.
4. Davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi.
5. Korxona va firmalaming ichki va tashqi shart-sharoitlar
o'zgarishlariga moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining tarixan tarkib topgan ikki turini ajratish
zarur. Birinchisi klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb atalib, uzoq vaqt
davomida shakllanib, g‘arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asming
oxirlarigacha davom etib keldi. Uning asosiy belgilari: Xususiy mulkchilikka asoslangan holda iqtisodiy faoliyat yuritish; kapital va ishlab
chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; tadbirkorlar,
ishchilar, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning shaxsiy erkinligi;
tadbirkorlaming yuqori foyda olish uchun kurashlari; iqtisodiyotning
talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida
tartiblanishi; aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va
aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon bozor
iqtisodiyoti deb atalib, XIX asming oxiri va XX asr boshlaridan buyon
amal qiladi. Uning asosiy belgilari:
1. Mulkchilikning turli shakllariga, ya’ni xususiy, davlat, jamoa,
aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik
faoliyati yuritilishi.
2. Kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi,
mulkning bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo‘lida to‘planib, milliy
va xalqaro miqyosda umumlashganligi.
3. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda
davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli
iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va
91
tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlami tartibga solish chora-tadbirlarini
belgilash vazifalarini bajaradi.
4. Xo'jaliklami yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi
(biznes rejasi, marketing tizimi orqali boshqarish).
5. Ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va
xususiy kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta
fondlarining vujudga kelishi.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti xususiy va davlat sektorlarining
o‘zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’siming intensivligi darajasi
hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan
holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi
(5.1-rasm).
5.1-rasm. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti modellari.
92
Bozor iqtisodiyotida yuqorida ko‘rsatilgan belgi va tartiblar bilan
birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo‘lgan bir qator
shart-sharoitlar bo‘lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg‘or
texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish;
ishlab chiqarishning ixtisoslashishi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi ehtiyoji uchun zarur miqdor va
turdagi tovar va xizmatlami ishlab chiqarish; mavjud resurslardan
samarali foydalanib, yangi texnika va texnologiyalar asosida ishlab
chiqarish; aholi iste’moli uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarish eng
asosiy vazifalar hisoblanadi.
5.2. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari
Bozor iqtisodiyotining samarali va barqaror iqtisodiy tizim sifatida
amal qilishi va rivojlanishi uning afzalliklari bilan bog‘liqdir. Bozor
iqtisodiyotining afzalliklari quyidagi jihatlar orqali ifodalash mumkin:
1. Resurslami taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi
resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni
shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo‘lgan
tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. U ishlab chiqarish
uchun resurslami uyg‘unlashtirishning ancha samarali usullarini va
ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo‘llashni taqozo
etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda
boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlami talab
darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi;
2. Erkinlik. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri
shundaki, u shaxsiy erkinlikka ustuvorlik beradi. Ko‘plab ayrim shaxslar
va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg‘unlashtirish tashkil qilishning
asosiy muammolaridan biridir. Bunday uyg‘unlashtirishni amalga
oshirishning ikki usuli mavjud. Biri - markazdan boshqarish va majbur
qilish tadbirlarini qo‘llash; ikkinchisi - bozor tizimi vositasi orqali
ixtiyoriy hamkorlik. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur
qilmasdan uyg'unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti
tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u
muvaffaqiyatga erishadi.
3. Harakatchanlik. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi
shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar
93
tinimsiz harakatda va izlanishda bo‘lishadi. Chunki xo‘jasizlik,
sustkashlik, beg‘amlik har qanday xo‘jalik tizimini xonavayron qilishga
olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish,
doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada
bozor iqtisodiyoti barcha kishilami harakatga soladi, ularni
boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.
Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko‘rib chiqilgan asosiy afzalliklari
bilan bir qatorda boshqa ko‘plab ijobiy jihatlarini ham sanab o‘tish
mumkin. Jumladan:
1. Ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va
ko‘nikishining yuqori darajasi;
2. Fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga
joriy etishning jadal sur’ati;
3. Cheksiz ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish
qobiliyati;
4. Muvozanatsizlikni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;
5. Cheklangan axborot-turli resusrlarning narx darajasi va ulaming
sarflanish darajasiga yo'nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati.
Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati-raqobatning
kuchsizlanishiga yo‘l qo‘yish va uni rag'batlantirish. Raqobat
kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud:
1. Bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan
quvib va o‘z iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning
cheklangan yo‘lidan erkin bo‘lishga harakat qiladilar. Firmalaming
qo'shilib ketishi, kompaniyalarning xufyona kelishuvi, shafqatsiz
raqobat-bulaming hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga
soluvchilik ta’sirining pasayib borishiga olib keladi.
2. Bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham
raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda:
1. Juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni.
2. Yirik bozorlar bo‘lishini.
3. Markazlashgan va qat’iyan bir butun bo‘lib birlashgan bozoming
tarkib topishi.
4. Boy va ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi.
Bunday texnologiya bozoming hajmiga nisbatan keng miqyosdagi
hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lishi zarurligini bildiradi.
94
Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo‘llash asosida ishlab
chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda
ko‘p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko‘p bo‘lmagan yirik
ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi.
Bozor tizimi jamiyatni ehtiyoji yuqori bo‘lgan tovarlar bilan
ta’minlashiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi
iste’molchining erkinligiga ham putur yetkazadi. Bozor tizimi o‘zining
iste’molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslarni taqsimlash
layoqatini ham yo‘qotib borishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati-jamiyat a’zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishidir. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin
daromadlar tengsizligini bartaraf eta olmaydi, faqat uni ma’lum darajada
yumshatish mumkin.
Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan ziddiyatlaridan biri
-ijtimoiy ne’matlar va xizmatlami ishlab chiqarib, bozorga taklif
qilishga qodir emaslikdir. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday
ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyotining ziddiyatli tomonlaridan yana biri - tovarlar
hajmi bilan pul massasi o‘rtasidagi ro‘y berib turadigan nomuvofiqlikni
bartaraf eta olmasligidir.
Shuningdek, 2008-yilda AQSH ipoteka kreditlash tizimida vujudga
kelgan hamda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarga tarqalib, aw al
iqtisodiyotning moliyaviy sektorida, keyinchalik esa real sektor hamda
ijtimoiy sohasida jiddiy talofatlarga olib kelgan jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi ham ko‘p tomondan bozor iqtisodiyotining ziddiyatli
jihatlari ta’siri bilan bog‘liq. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda
bozoming o‘zini-o‘zi tartiblash mexanizmini mutlaqlashtirish va bunda
davlatning nazorat qilish, tartibga solish vazifalariga umuman e’tibor
qaratmaslik pirovardida inqiroz holatlarining ro‘y berishiga olib keldi.
0 ‘zbekistonda davlat tomonidan bozor mimosabatlariga asoslangan
iqtisodiyotni tartibga solish jarayonlariga doimiy e’tibor qaratilib, zarur
bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi
va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini to‘la oqladi [13].
95
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi
bo‘lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham,
barcha mamlakatlar tajribasida ham qo‘llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir.
Eng avvalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining birbiridan farqlanishini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Chunki, ko‘pincha bu
ikki tushunchani bir xil ma’noda tushunish, ba’zi adabiyotlarda sinonim
so‘zlar sifatida qo‘llash yoki ulami chalkashtirish hollari uchraydi.
Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat
taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab
chiqarishning ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bozor
iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr
mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida paydo bo‘ladi va bozor
qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiy
tizimni anglatadi.
Bozor takror ishlab chiqarishning bitta fazasini, ya’ni ayirboshlash
fazasini o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa barcha fazalarini-ishlab
chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va nihoyat iste’mol jarayonlarini
ham o‘z ichiga oladi.
Hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilaming
ko‘p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan
ta’sirini bog‘laydigan bo‘g‘in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini
ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi.
Bozoming asosiy belgilari sotuvchi va xaridorlaming o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik tamoyili asosidagi ayirboshlash, sotuvchilaming
xarajatlari qoplanib, foyda olishi va pul to‘loviga qodir bo‘lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilikdan iboratdir.
Bozor tovarlami ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga
kelishi, ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha
bo‘lib, hozirgi davrda keng tarqalgan obyektiv iqtisodiy jarayondir.
Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan iqtisodiy
munosabatlar yig‘indisidir. Bunda bozoming moddiy asosini joy emas,
balki tovar va pulning harakati tashkil etadi. Bozor tushunchasi faqat
5.3. B ozor tush u n ch asi, u nin g v a zifa la ri v a turlari
96
ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlami o‘z ichiga oladi.
Unda oldi-sotdi jarayonidagi zarur bo‘lgan xizmatlar bajariladi.
Bozorga sotishga chiqarilgan tovar va xizmatlar talabga nisbatan kam
bo‘lsa narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati
buziladi, natijada tovami sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olib, tez
boyib ketadi yoki aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan
oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar ko‘radilar.
Bozor subyektlari ikki guruhga - sotuvchi va xaridorlarga bo‘linib,
ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar
bozorga tovar va xizmatlami taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab
bildiradi. Bozor o‘z subyektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, ulami
muvofxqlashtiradi.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan
yaratilgan tovar va xizmatlami, iqtisodiy resurslami iste’molchilarga
yetkazib berishdan iboratdir. Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan
iste’molni bir-biriga bog‘laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z
iste’molchisini topadi.
Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo‘lib, ishlab chiqarishning
uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan
boshlanishi uchun yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga
aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur.
Bozor vositasida tovami sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga, ishlab
chiqamvchilar resurslar sotib olish yo‘li bilan sarflangan ishlab chiqarish
vositalari o‘mini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun
kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo‘ladilar. Bozor orqali
resurslaming erkin harakati ta’minlanadi va ulaming tarmoqlar o‘rtasida
taqsimlanishi ro‘y beradi.
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif,
raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o‘zida talab va taklifni
jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab
chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy
resurslami tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan
tarmoqlarga oqib kelishini ta’minlaydi.
Shuningdek, adabiyotlarda bozoming boshqa ko‘plab qo‘shimcha
vazifalari ham keltiriladi. Bu vazifalami yaqqolroq tasavvur etish
uchun ulami maxsus rasm ko‘rinishida ifodalash mumkin (5.2-rasm).
97
5.2-rasm. Bozorning vazifalari.
Bozoming ichki tuzilishi murakkab bo‘lganligi sababli uni turkumlashda quyidagi asosiy mezonlarga asoslaniladi:
1. Bozoming yetuklik darajasi.
2. Sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi.
3. Bozor subyektlari xususiyatlari.
4. Bozor miqyosi.
5. Iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.
Bozoming yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin
bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga boiinadi. Rivojlanmagan
bozor ko‘proq, tasodifiy tavsifga ega bo‘lib, unda tovarni tovarga
ayirboshlash usuli ko‘proq qo‘Uaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali
haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi davrda
ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni
yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davrlarda ham bu bozor amal
qilishi mumkin. Erkin bozor - tovar va xizmatlarning har bir turi
bo‘yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, ya’ni
sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo‘lib, pul orqali ayirboshlash
jarayonida ular o‘rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va
taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli
usullari qo‘llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozori - bunda davlat ham bozor
ishtirokchisi bo‘lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli
xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar
98
rivojlangan bo‘ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi
yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o‘rtasidagi farqlar kamayadi.
Bozor hududiy jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi: mahalliy
bozorlar (Toshkent, Samarqand, London, Nyu-York, Pekin bozori va
boshqalar); milliy bozorlar ( 0 ‘zbekiston, Rossiya, Ukraina, Angliya,
Amerika, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo
yoki Osiyo bozori, G‘arbiy Yevropa bozori) va jahon bozori.
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorlar
quyidagi turlarga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori,
ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valuta
bozori va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.
Muomalaga chiqadigan subyektlaming xususiyatiga ko‘ra ulgurji va
chakana savdo bozorlari hisoblanadi. Chakana savdoda asosan sotib
oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar,
xususiy do‘konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji
savdoda davlat tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish
alohida o‘rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa dehqon
va fermerlar xo‘jaliklaridir.
5.4. Bozor infratuzilmasi va uning elementlari
Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o‘matish va ularning bir
maromda amal qilishga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga
saqlash uchun ombor xo‘jaligi, transport, aloqa xizmatlari ko'rsatuvchi
korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar
(birjalar, auksionlar, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar),
moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (banklar,
kreditlash idoralari, sug‘urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va
ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal
xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot
xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida bo‘g‘inini tashkil
qilib, ularga ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va sotish bilan
shug‘ullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi.
Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ishchi
kuchini yollashiga ko‘maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga
soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida
99
aloqa o‘matishga yordam beradi. Ulaming bir qismi davlat
mulkchiligida faoliyat ko‘rsatsa, boshqalari mustaqil muassasa va
uyushmalardan iborat bo‘lib, ko‘rsatgan xizmatlari uchun haq oladi.
Bozor infratuzilmasida tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat
ko‘rsatuvchi muassasalar muhim o‘rin tutishi sababli ularning
asosiylarining qisqacha tavsifmi beramiz.
Birja-standartlar asosida ommaviy tovarlaming muntazam savdosotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasalaridir. Tovar biijalarida
mahsulot va xizmatlar oldi-sotdisi amalga oshsa, fond birjasida qimmatli
qog‘ozlar va chet el valutalarining oldi-sotdisi amalga oshsa, mehnat
birjasi ishchi kuchi egasi bilan uni yollovchi korxona o‘rtasida turib,
unga bo‘lgan talab va taklifni bir-biriga bog‘laydi.
Birjaning barcha shakllarida kelishuvning o‘ziga xos belgisi tovar,
aksiya va valuta kurslariga, narxning tebranib turishi bilan ta’sir
qilishdir.
Birjada uning qatnashchilari ayirboshlash to‘g‘risida bitim tuzadi,
lekin tovami yetkazib berish va uning haqini to‘lash birjadan tashqarida
yuz beradi. Bunda tovar egasi va xaridorlar qatnashishi shart emas. Ular
nomidan ishni brokerlar yuritadi. Broker (makler)lar - bu tovar, fond va
valuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan
shaxs yoki maxsus firma. Ular odatda mijozlar topshirig‘iga ko‘ra va
uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o‘z nomidan savdo
bitimlari tuzishi ham mumkin.
Birjalar ixtisoslashgan yoki universal boMishi mumkin. Ixtisoslashgan birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal
biijalarda har xil tovarlar sotiladi.
Auksionlar - alohida xususiyatlaiga ega bo‘lgan tovarlami sotish uchun
muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi.
Auksionda savdo tovarlaming nisbatan cheklangan ro‘yxati bo‘yicha,
ommaviy sotuvga qo‘yish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Auksion e’lon qilingan
vaqtda va ma’lum davrda o‘tkaziladi. Bunda tovarlaming bozorga kelib
tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksion savdosida namuna
tovarlar ro‘yxatda ko'rsatilgan tartibda savdoga qo‘yiladi, xaridorlar orasida
eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovami sotib oladi.
Auksionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham
sotilishi mumkin. Savdo yarmarkalari ma’lum vaqtda o‘tkazilib, bu
yerda tovarlar ulgurji ravishda oldi-sotdi qilinadi. Tovar savdosi uning
100
egasi bilan savdo firmasi o‘rtasida yuz berib, unda bevosita iste’molchi
qatnashmaydi.
Savdo uylari-savdo muassasasining maxsus turi. U ixtisoslashgan
yoki universal bo‘lishi mumkin, Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar
bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.), universal savdo uyi
har xil tovarlar bilan savdo qiladi.
Ko‘p tarmoqli tashqi savdo fmnalari ham savdo uyi deb ataladi.
Ular o‘z nomidan va ko‘pincha o‘zlari hisobidan eksport-import hamda
boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo
korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalami ijaraga topshirish,
kreditlar berish, sug‘urta xizmati ko‘rsatish bilan moliya va ishlab
chiqarish xizmatida ham qatnashadi.
Savdo uylari tarkibida savdo flrmalari muhim o‘rin tutadi. Ular
tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir.
1’irmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib,
ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanadigan turlarga bo'linadi.
Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug‘ullanadi.
Ulgurji savdo firmalari-ulgutji hold, ya’ni katta miqdorda tovarlami
o‘z mulkiga sotib olib, iste’molchilarga sotuvchi savdo tashkilotlari.
Chakana savdo firmalari-tovarlami so‘nggi iste’molchilarga
sotuvchi savdo muassasalari. Ular mustaqil do‘konlar, maxsus do‘konlar
va supermarketlardan iborat bo‘ladi.
Supermarket - bu xaridoming o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlaming deyarli hamma
turlari bilan savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar
beradi, tovarlami buyurtma bo‘yicha xaridor uyiga yetkazadi, ularga
madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadi.
Infratuzilma tizimida moliya-kredit munosabatlariga xizmat
qiluvchi muassasalar alohida o‘ringa ega. Ular moliya bozori, uning
asosi boigan kapital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartibqoidalarini o‘matadi. Moliyaviy muassasalardan ko‘pchiligi o‘ziga xos
belgilarga ega bo‘lsada, ularning barchasi bitta umumiy belgiga ega.
Ular o‘zlarining majburiyatlarini bildiradi, ya’ni mablag‘lari ortiqcha
bo‘lgan subyektlardan pul qarz oladi va o‘z nomidan mablag4lari
yetishmagan subyektlarga pul qarz beradi.
101
Bozor infratuzilmasining banklar, sug‘urta kompaniyalari, soliq va
bojxona idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabatlarida
alohida o‘ziga xos o‘ringa ega.
Bozor iqtisodiyoti subyektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan
auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firmalar-korxona, firma,
kompaniyalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular
hisobotini ekspertizadan o‘tkazuvchi idora. Ular odatda aksioner jamiyat
yoki kooperativ shaklda faoliyat ko‘rsatadi va to‘liq mustaqillikka ega
bo‘ladi. Auditor firmalar o‘z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro
miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib
boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb
ataladi.
Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning qarab chiqilgan
unsurlari barcha bozor turlarining faoliyat ko‘rsatishi hamda davlatlararo
iqtisodiy munosabatlami tartibga solishni ta’minlaydi.
Asosiy tayanch tushunchalar
Bozor iqtisodiyoti - tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul
muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan
iqtisodiy tizimdir.
Bozor mexanizmi - bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga
solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan
dastak va vositalardir.
Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va
xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan
munosabatlar yig‘indisidir.
Bozor obyekti - bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan
iqtisodiy faoliyatning natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga
tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardir.
Bozor subyekti - bozoming, ayirboshlash munosabatlarining
qatnashchilaridir.
Bozor infratuzilmasi - ayirboshlash munosabatlariga xizmat
qiluvchi muassasaviy tuzilmalardir.
Uy xo‘jaliklari - iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik.
102
Tadbirkorlik sektori - iqtisodiyotning daromad olish maqsadida
amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘ini.
Bank - iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul
massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.
Ssuda kapitali bozori - pul shaklidagi kapitalning foiz to‘lash sharti
bilan qarzga berish bo‘yicha oldi-sotdi munosabati.
Qimmatli qog‘ozlar bozori - turli ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlar
(aksiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilar)ning oldi-sotdi
munosabati.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari nimalardan
iborat?
2. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining umumiy
tomonlarini va farqlarini tushuntirib bering.
3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari nimalardan
iborat?
4. Bozor iqtisodiyotining asosiy ishtirokchilari kimlar va ular
o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar qay tarzda kechadi?
5. Bozor tushunchasining ta’rifini bering va uning asosiy
vazifalarini ko‘rsating.
6. Bozorni turkumlashda qanday mezonlar asos qilib olinadi? Ulami
sanab ko‘rsating.
7. Yetuklik darajasiga qarab bozorning qanday turlari ajratiladi?
8. Sotiladigan va sotib olinadigan Tovar, xizmat turiga ko‘ra
bozorning qanday turlarini ajratish mumkin?
9. Hududiy jihatdan bozoming qanday turlari mavjud?
10. Bozor infratuzilmasi nima? Uning tarkibiy qismlari va asosiy
unsurlariga ta’rif bering.
103
6-bob. BOZOR IQTISODIY OTIGA 0 ‘TISH DAVRI VA
UNING 0 ‘ZBEKIST0NDAGI XUSUSIYATLARI
6.1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining mazmuni vayo‘llari.
6.2. 0 ‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va
xususiyatlari.
6.3. Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish va uning
asosiy yo‘nalishlari.
6.4. O‘zbekistonda milliy taraqqiyot bosqichlarining mazmuni va
vazifalari.
6.5. Mamlakatni modemizatsiyalash jarayonining mohiyati,
tamoyillari va yo‘nalishlari.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun maxsus o‘tish davri zarur boiib,
bu davming mazmuni va asosiy belgilarini ko‘rib chiqish maqsadga
muvoflq hisoblanadi. Bu mavzuda o‘tish davri nazariyasi, xususan bozor
iqtisodiyotiga o‘tish yo'llari bayon qilinadi. Shuningdek, O'zbekistonda
bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyiUari va xususiyatlari, respublikada
bozor islohotlarini amalga oshirishning mazmuni, maqsadi va asosiy
yo‘nalishlari ko'rsatib beriladi.
Shuningdek bozor munosabatlariga o‘tish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlami chuqurlashtirish jarayonida makroiqtisodiy
barqarorlikka erishish, strategik vazifalami amalga oshirish yo‘llari tahlil
qilinadi.
Mavzu bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish vazifalari, ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish yakunlari va ustuvor yo‘nalishlari bilan yakunlanadi.
6.1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining mazmuni va yo‘llari
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy
munosabatlaming alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy
siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar
tizimini o‘zgartirishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri-ma’muriy-buyruqbozlik tizimini
bartaraf etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini
shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.
104
1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar
iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi nazariyalarni qaytadan ko‘rib
chiqish va ularga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‘ydi.
Chunki, bu vaqtga kelib g‘arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri
(A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga
solish, ya’ni iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solish g‘oyasi ham,
iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish
g‘oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning
sifat jihatdan yangi yo‘llarini qidirib topish zarur boiib qoldi. Bu vaqtga
kelib ko‘pgina rivojlangan mamlakatlaming tajribalari umumlashtirilib,
iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yoii-ongli ravishda boshqariladigan va
tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat
davlatlar shu yo‘lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o‘tish
yo‘llari yoki modellari xilma-xil bo‘lib, ularning umumiy va xususiy
tomonlari farqlanadi.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha yo‘llari
umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo‘linadi:
1. Rivojlangan mamlakatlar yo‘li.
2. Rivojlanayotgan mamlakatlar yo‘li.
3. Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li.
4. Sotsializm g‘oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga
keltirish mexanizmi bilan qo‘shib olib borish yo‘li (Xitoy, Vetnam).
Bu yo‘llar turli-tuman va har xil boMishiga qaramay ularda
umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, ularning hammasi
bozor iqtisodiyotiga o‘tishni maqsad qilib qo‘yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko‘p jihatdan umumiy
bo‘ladi. Shu bilan birga har bir yo‘lning o‘ziga xos xususiyatlari ham
bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy,
tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo‘lishidan kelib chiqadi.
Masalan, bozor munosabatlariga o‘tishning rivojlangan mamlakatlar
yo‘lida oddiy tovar xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki
erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga
o‘tiladi.
Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlaming bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyati - bu qoloq,
an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir. Nihoyat,
sobiq sotsialistik mamlakatlar yoiining muhim belgisi
105
markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan
hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o‘tishdan iboratdir. Bu yo‘lning
boshqa yo‘llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor
iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan
birga uchinchi yo'lda bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlaming
o‘zi o‘tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo‘jalik
yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi. Bulaming hammasi
bozor iqtisodiyotiga o‘tishning mazkur yo‘lining o‘ziga xos
xususiyatlaridir.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolutsion yo‘l
bilan, ya’ni jadal usulda yoki evolutsion yo‘l bilan, ya’ni bosqichmabosqich o‘tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlami o‘tkazish, awalgi
tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdagina va batamom
sindirish talab etilib, «karaxt qilib davolash» usuli deb ataladi. Eski
iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor
munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz
vujudga keltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
evolutsion y o i kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va
muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llarigina emas,
balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng awalo, ular shunday bozor
iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlaming
milliy xususiyatlari va an’analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor
iqtisodiyotining ma’lum andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyan
mamlakatga mansubligiga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy
Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va boshqalar [21].
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor
iqtisodiyotiga o‘tishning zarurligi iqtisodiy o‘sish ekstensiv omillaridan
foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar
iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega:
1. Uning moslashuvchan emasligi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga
juda sekinlik bilan moslashib borishi.
2. Xo‘jalik yuritish tashabbuskorligini «yo‘qotib yuborish»
oqibatida samaradorlikning o‘ta darajada pasayib ketganligi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish
turli mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni
106
erkinlashtirish, chuqur institutsional, eng awalo, mulkchilik
munosabatlarida o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning
o‘zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga
oshirilishini taqozo etadi.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimini o‘zgartirish mazkur tizim
asosining o‘zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor
tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o‘zgarishlami
tizimiy islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
0 ‘tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy
yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo'jalik hayotining barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlami, shuningdek, davlat
nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo‘naltirilgan
chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib,
quyidagilami o‘z ichiga oladi:
- xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor
qilish;
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;
- narxlaming asosan talab va taklif nisbati asosida
shakllantirilishiga o‘tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat
nazoratini pasaytirish.
2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini
yaratish. Bu yo‘nalish quyidagi jarayonlaming amalga oshirilishini
taqozo etadi:
- barcha iqtisodiy agentlaming ish faolligi uchun teng imkoniyat va
sharoitlar yaratilishi;
- bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi;
- kichik biznesning rivojlanishiga xalaqit beruvchi ma’muriy
to‘siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo‘llabquvvatlash va tarmoqqa kirishidagi to‘siqlarni pasaytirish;
- tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyosatini
tartibga solish va boshqalar.
3. Institutsional o‘zgarishlar. Mazkur o‘zgarishlar quyidagi sohalami
qamrab oladi:
- mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, jumladan, xususiy
sektomi yaratish;
107
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari,
investitsiya fondlari va h.k.) shakllantirish;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini
yaratish;
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul
qilish va boshqalar.
4. Tarkibiy o‘zgarishlar. Tarkibiy o‘zgarishlar birinchi navbatda
iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan
nomutanosibliklami yumshatish yoki bartaraf etishga yo‘naltirilgan.
Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad ichki va
tashqi bozorlarda to‘lovga qodir talabga ega bo‘lgan mahsulotlarni
ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Bu yo‘nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi eng awalo moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori
inflatsiya shaklida namoyon bo‘ladi. Inflatsiyaning uzoq vaqt mavjud
bo'lishi bozor munosabatlarining normal qaror topishiga to‘sqinlik
qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o‘tish davri iqtisodiyoti uchun
o‘ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish choratadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat budjeti taqchilligini
qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta’minlash va boshqalar kiradi.
6. Bozor xo‘jaligiga mos boigan aholini ijtimoiy himoyalash
tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining kam ta’minlangan qatlamini
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga o‘tishga yo‘naltirilgan.
Bozor tizimining ko‘rsatib o‘tilgan asosiy unsurlarini shakllanishining yakuniga yetishi o‘tish davri tugaganligidan darak beradi.
6.2. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
tamoyillari va xwsusiyatlari
0 ‘zbekistonda o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy
xususiyatlarini hamda bu yo‘ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda
revolutsion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani
kuchaytirgan holda asta-sekinlik va qat’iyatlilik bilan bosqichmabosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi.
«Bizning bozor munosabatlariga o‘tish modelimiz Respublikaning
o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va
108
turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o‘tishdagi iqtisodiyotni
bir yoqlama, beso‘naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham
berishga asoslanadi» [17].
« 0 ‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modemizatsiya
modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni
amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz, eng avvalo, «shok
terapiyasi» deb atalgan usullami bizga chetdan turib joriy etishga
qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini-o‘zi tartibga soladi,
degan o‘ta jo ‘n va aldamchi tasawurlardan voz kechdik» [13], deb
yozadilar mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.Karimov.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li ijtimoiy-yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo‘lni
amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Birinchi
Prezidentimiz I.Karimov tomonlaridan ishlab chiqilgan quyidagi beshta
muhim tamoyil asos qilib olingan:
1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash.
2. 0 ‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi.
3. Butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlariga asoslanishi,
qonunlar ustunligining ta’minlanishi.
4. Bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy
himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
5. Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillaming hammasi ham
muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga
bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Chunki
tegishli huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini yaratish, odamlarda
bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan
kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o'tish faqatgina iqtisodiyot
sohalarini o‘zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning birbirlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarini, shu jumladan
siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalami ham tubdan
o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bulaming hammasi bozor iqtisodiyotiga
bosqichma-bosqich, evolutsion yo‘l bilan o‘tish haqidagi g‘oya juda
muhim va afzal ekanligini ko‘rsatadi.
Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillaming hammasi ham
muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga
109
bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Chunki
tegishli huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini yaratish, odamlarda
bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan
kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Ushbu holatni yana bir bor e’tirof etgan holda, Birinchi
Prezidentimiz shunday yozadilar: «Ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan
boshqaruvning bozor tizimiga o‘tish jarayonida tadrijiy yondashuvni,
«Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang» degan hayotiy tamoyilga
tayangan holda, islohotlami izchil va bosqichma-bosqich amalga
oshirish yo‘lini tanladik. Eng muhimi, parokandalik va boshboshdoqlik
ta’siriga tushib qolmaslik uchun o‘tish davrida aynan davlat bosh
islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligini biz
o‘zimizga aniq belgilab oldik» [13]. Bundan tashqari, bozor
munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o'zgartirish bilan
cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bog‘liq
bo‘lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy,
maishiy va boshqa sohalami ham tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi.
Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolutsion
yo‘l bilan o‘tish haqidagi g‘oya juda muhim va afzal ekanligini
ko‘rsatadi. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyilini
amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq
farqlash, bu bosqichlaming har biri uchun aniq maqsadlami, ularga
erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi.
Birinchi Prezidentimiz LKarimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga
o‘tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish
maqsad qilib qo‘yilganligi ta’kidlanadi:
- totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham
berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
- respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan
holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish [20].
Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning
quyidagi muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:
- o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlaming
qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash;
- mahalliy sanoat, savdo, xizmat ko‘rsatish korxonalarini, uy-joy
fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va iqtisodiyotning boshqa
sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
110
- ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy
ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash.
Respublikada bozor munosabatlariga o'tishning birinchi bosqichida
iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z
taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun
mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qilishning
birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va
ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur
tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uning negizida iqtisodiy
o‘sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to‘liq joriy qilish maqsad qilib
qo‘yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.Karimov asarlarida bu bosqich
uchun quyidagi bir qator vazifalar ajratib ko‘rsatildi:
- davlat mulkini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga
yetkazish;
- ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlash;
- milliy valuta-so‘mni yana ham mustahkamlash;
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xomashyo
yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish [17].
0 ‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan
qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam
ko‘rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo‘l davom ettiriladi.
Birinchi Prezidentimiz LKarimov ta’kidlab o'tganlaridek, hozirgi
bosqichda «erkinlashtirish va islohotlami chuqurlashtirish nafaqat
iqtisodiy, balki ijtimoiy va siyosiy vazifalami hal qilishning asosiy
shartidir» [15]. Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalami
amalga oshirishni ko‘zda tutadi:
- iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish
jarayonini izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
- xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu
asosida amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish;
- mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, avvalo, to‘g‘ridanto‘g‘ri yo‘naltirilgan investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay huquqiy
shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillami yanada kuchaytirish;
i l l
- kichik biznes va tadbirkorlikni iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o‘rin
olishiga erishish;
- mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko‘lamda
integratsiyalashuvini ta’minlash;
- iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish.
6.3. Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish
va uning asosiy yo‘nalishlari
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining bir
turidan butunlay boshqa yangi turiga o‘tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va uning asosiy yo'nalishlarini aniqlab olishni
taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar - bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun
yashash va faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning
ma’naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
Islohotlami amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning nazariy
modeli yaratildi. Bu modelda iqtisodiyotga o‘tishning umumiy tomonlari
va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlaming asosiy
yo‘nalishlari belgilanadi.
Respublikada iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning asosiy
yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- mulkiy munosabatlami isloh qilish;
- agrar islohotlar;
- moliya-kredit va narx-navo islohoti;
- boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
- tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
- ijtimoiy islohotlar.
Iqtisodiy islohotlaming bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini
tubdan o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va
raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga
o‘tishning shart-sharoitlari vujudga keltiriladi. Shu sababli Respublikada
mulkiy munosabatlami isloh qilishdan ko‘zda tutilgan maqsad davlat
112
mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga
ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat.
Respublikada iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning dastlabki
bosqichidayoq qishloq xo‘jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga
quyidagilar sabab bo‘ldi:
1. Respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi sohasining ustunlikka egaligi, aholining ko‘pchiligi qishloq xo‘jaligida bandligi, iqtisodiy
o‘sishning ko‘p jihatdan shu tarmoqqa bog‘liqligi.
2. Respublika butun sanoat potensialining yarmiga yaqinini tashkil
qiladigan sanoatning ko‘pgina tarmoqlarini (paxta tozalash, to‘qimachilik,
yengil, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq xo‘jalik mashinasozligi va
boshqalar) rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq xo‘jaligiga bog‘-
liqligi.
3. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hozirgi vaqtda valuta resurslari,
respublika uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar,
texnika va texnologiyalami chetdan sotib olishni ta’minlayotgan asosiy
manba ekanligi.
4. Mustaqillik sharoitida qishloq xo‘jaligining oziq-ovqat muammosini hal etishdagi rolining ortib borishi.
Mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor munosabatlariga
o‘tishida moliya-kredit sohasini isloh qilish alohida o‘rin tutadi.
Moliyaviy munosabatlarda davlat budjeti tanqisligini kamaytirib borish,
budjetdan beriladigan dotatsiyalar va subsidiyalarni bosqichma-bosqich
qisqartirish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari
uchungina budjetdan mablag1 ajratish, iqtisodiyotni rivojlantirishda
investitsiya kreditlaridan keng foydalanish islohotlaming asosiy
yo‘nalishlari hisoblanadi.
Iqtisodiyotni isloh qilishning eng asosiy muammolaridan biri
narxlarni erkinlashtirishdir. Narxlarning erkin shakllanishi uchun narxlar
tizimini isloh qilish ham zarurdir. Dastlab davlat xarid narxlarining amal
qilish doirasi qisqartiriladi va keyin ichki narxlar. jahon narxlariga
muvofiqlashtirib boriladi. Shuningdek, narxlarni erkinlashtirishda xomashyo va mahsulotlarning ayrim turlarini, narx bilan aholi va korxonalar
daromadlari o‘rtasidagi tenglikka erishishga harakat qilinadi.
Narxlar islohoti boshlangandan 1994-yilgacha hamma turdagi xomashyo va mahsulotlar bo‘yicha erkin narxlarga o‘tildi, barcha iste’mol
mahsulotlari narxi ustidan davlat nazorati bekor qilindi.
113
Isloh qilishning dastlabki davrida, ya’ni 1992-yil keng doiradagi
ishlab chiqarish-texnik vositasi bo‘lgan mahsulotlar, ayrim turdagi aholi
iste’mol mahsulotlari, bajarilgan ishlar va xizmatlaming kelishilgan
narxlari va tariflarga o‘tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan
doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab
qo‘yildi.
Narxlar islohotining navbatdagi bosqichida, 1993-yil kelishilgan
ulgurji narxlami davlat tomonidan tartibga solish to‘lig‘icha to‘xtatildi.
Narxlarni erkinlashtirishning oxirgi bosqichida, 1994-yil oktabrnoyabrda aholi iste’mol mahsulotlari asosiy turlarining narxi erkin
qo‘yib yuborildi. Shunday qilib, iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi
bosqichi narxlami to‘liq erkinlashtirish bilan tugadi.
Iqtisodiy islohotlami amalga oshirish boshqarishning tegishli
tizimini yaratishni talab qiladi. Shunga asosan respublikada butun
iqtisodiyotni, tarmoqlar va hududlami boshqarishning eng maqbul va
hozirgi davrga mos bo‘lgan tuzilmalari ishlab chiqildi.
Ko‘plab markaziy iqtisodiy organlar va vazirliklar tugatildi yoki
ularning faoliyati tubdan qayta qurildi. Faoliyati tugatilgan ma’muriy
apparatlar o‘miga bozor iqtisodiyotiga xos yangi boshqarish bo‘g‘inlari
tuzildi.
Boshqarishning mahalliy viloyat, tuman, shahar darajasida ijroiyaboshqaruv vazifalarini bajarish uchun hokimlik joriy qilindi. Quyi
bo‘g‘in boshqaruvida korxona va tashkilotlarga iqtisodiy erkinlik berilib,
ular yangicha ish uslubiga o‘tdi.
Isloh qilish natijasida tarkib topgan boshqaruv tizimi bozor iqtisodiyotiga o‘tib borish bilan yanada takomillashib va rivojlanib boradi.
Bozor islohotlari bozor infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlarini
ham qamrab oladi. Bunda moliya, bank-kredit tizimi muassasalari, sug‘urta, auditorlik, yuridik va konsalting firmalari hamda
kompaniyalarini, birja tizimini yaratish taqozo qilinadi.
Respublikada bozor infratuzilmasini yaratish bir qator yo‘nalishlar
bo‘yicha bordi. Birinchi yo‘nalish bo‘yicha tovar-xomashyo birjasi
tizimi rivojlandi. Bu, o‘z navbatida, brokerlik va dilerlik idoralari, savdo
uylari, vositachi firmalar paydo bo'lishiga olib keldi.
Ikkinchi yo‘nalishda kapital bozorining ishini ta’minlaydigan
tuzilmalar vujudga keltirildi. Kredit resurslari bozori va valuta bozori
114
vujudga keltirildi hamda davlatga qarashli bo‘lmagan sug‘urta
kompaniyalari tuzildi.
Uchinchi yo‘nalish ishchi kuchi bozorini shakllantirishdan iborat
bo‘lib, bu sohada 240 dan ortiq mehnat birjasini o‘z ichiga oluvchi katta
tarmoq tuzildi.
Bozor islohotlari tashqi iqtisodiy aloqalarga ham tegishlidir. Bu
sohada islohotlami amalga oshirish borasida respublikaning zamonaviy
tashqi iqtisodiy kompleksi mutlaqo yangidan shakllantirildi, tashqi
iqtisodiy faoliyatni boshqarishning mohiyati yangi mexanizmi vujudga
keltirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi zarur bo‘lgan
muassasalar, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati
barpo etildi. Respublikaning barcha vazirliklari va idoralari,
korxonalarida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi maxsus
bo‘limlar, tashkilotlar va firmalar tuzildi.
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming asl maqsadi insonga
munosib yashash va faoliyat ko'rsatish sharoitlarini vujudga keltirishdan
iborat. Shu sababli, iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning butun
davri davomida aholini ijtimoiy himoyalash bo'yicha chora-tadbirlar
ko'rish obyektiv zaruratdir.
Respublikada aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari quyidagi
yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirildi:
Birinchi yo‘nalish - narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish
darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha
darajasini muntazam oshirib borish.
Ikkinchi yo‘nalish - Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya
qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mahsulotlari asosiy turlari
iste’molini muayyan darajada saqlab turish.
Uchinchi yo‘nalish -islohotlaming dastlabki bosqichida aholining
kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qoilabquvvatlash.
Respublika uchun ijtimoiy himoyalash tizimini tanlab olishda aholining uzoq yillar davomida qaror topgan ma’naviy axloqiy qadriyatlari,
turmush tarzi va dunyoqarash xususiyatlari hisobga olinadi.
Shunday qilib, islohotlaming barcha yo‘nalishlari mavjud iqtisodiy
tizimning izchillik bilan bozor iqtisodiyotiga o'tishiga qaratildi. Bu
islohotlar 0 ‘zbekistonning mustaqilligini iqtisodiy jihatdan ta’minlash,
115
uni iqtisodiy jihatdan rivojlangan va xalqaro miqyosda obro‘-e’tiborli
mamlakatga aylantirishga xizmat qiladi.
6.4. 0 ‘zbekistonda milliy taraqqiyot bosqichlarining
mazmuni va vazifalari
Ma’lumki, har qanday darajadagi islohot mavjud tartib, shartsharoitlar va tarkib topgan muvozanatning o‘zgarishiga olib keladi.
Butun jamiyatning isloh etilishi, ya’ni uning eski-noto‘g‘ri asosga
qurilgan, istiqbolsiz tizimidan butunlay yangi-ijtimoiy-iqtisodiy bozor
munosabatlariga asoslangan, demokratik va huquqiy jamiyatga o‘tilishi
esa juda murakkab jarayon hisoblanadi. Shunga ko‘ra, jamiyat a’zolari
tomonidan mazkur islohotlaming mazmun-mohiyatini tushunib yetish,
ularda faol ishtirok etish uchun ularning dunyoqarashlari ham o'zgarishi
kerak. Bu esa islohot jarayonlarining asta-sekin, bosqichma-bosqich
amalga oshirilishini taqozo etadi. Qolaversa, taraqqiyotning yuqori
bosqichlariga erishish uchun islohotlaming ma’lum quyi darajasi
navbatdagi yuqori, murakkab darajasi uchun maxsus shart-sharoit,
zaminni tayyorlashi zarur.
Shunga ko‘ra, Birinchi Prezidentimiz I.Karimov tomonlaridan ishlab
chiqilgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotimizning o‘ziga xos modelidagi
muhim tamoyil-bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil
ravishda o‘tish, ya’ni islohotlami inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish
hisoblanadi. Ana shu modeldagi bosqichma-bosqich tamoyilining real
hayotdagi ahamiyati shunda bo‘ldiki, uni amaliyotda qo‘llash bir
tomondan, o‘tish davri muammolarini hal qilishda mamlakatimizning
imkoniyati va xalqimizning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan
holda ulami yangi yuzaga kelgan shart-sharoitlarga moslashtirib borish
orqali islohotlami izchillik bilan amalga oshirish; ikkinchidan, o‘tish
davrida davlat va boshqaruv tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan
islohotlar, xalqimizning dunyoqarashi va ijtimoiy hayotida sodir bo‘-
layotgan o‘zgarishlarga mos ravishda uni demokratik asosda shakllantirish; uchinchidan, bosqichma-bosqich tamoyilining qo‘llanilishi mamlakatimizda boshqa bir qator mamlakatlar o‘z boshidan kechirgan ichki
ijtimoiy ziddiyatlaming kuchayib ketishining oldini olish; to‘rtinchidan,
mamlakatda mavjud bo‘lgan muammolar kompleksi ichidan birinchi
116
navbatda hal qilinishi zarur boigan asosiylarini belgilab olish, ularni hal
qilish uchun barcha kuchlarni yo‘naltirish imkoniyatlarini berdi [78].
U mum an olganda, mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlarning har bir
yo‘nalishi ham amalga oshirilgan chora-tadbirlaming bosqichliligi bilan
tavsiflanadi. Jumladan, mulkiy munosabatlarni isloh qilishda mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari kichik va
yirik korxonalar bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Agrar
sohadagi islohotlar esa ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan meros bo‘lib
qolgan davlat xo‘jaliklarini dastlab jamoa xo‘jaliklariga, so‘ngra shirkat
xo‘jaliklariga aylantirish, keyinchalik muayyan shart-sharoitlar, zamin
tayyorlangandan so‘ng, ularni fermer va dehqon xo‘jaliklariga aylantirishdan iborat boidi. Narx islohoti ham narxlarni erkinlashtirishning
bir necha bosqichlarini o‘z ichiga oldi: dastlab keng doiradagi ishlab
chiqarish-texnika vositasi bo‘lgan mahsulotlar, ayrim turdagi aholi
iste’mol mahsulotlari narxi erkinlashtirilib, aholining kundalik ehtiyojida
muhim o‘rin tutuvchi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi davlat tomonidan belgilab qo‘yildi. Keyinchalik, milliy ishlab
chiqarishning o‘sishi va iqtisodiyotning barqarorlashishi bilan deyarli
barcha tovarlar narxlari erkinlashtirildi.
Yangi XXI asming boshlariga kelib, Birinchi Prezidentimiz
I.Karimov mamlakatimizdagi islohotlami chuqurlashtirishning ustuvor
yo‘nalishlari-mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat
qurilishini yanada erkinlashtirish, jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, aholi turmush darajasining
izchil va barqaror o‘sishi, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni
ta’minlash, jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo
totuvlikni, sarhadlarimiz va davlatimiz hududiy yaxlitligini ta’minlashni
belgilab berdi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olinib,
izchil ravishda hayotga tatbiq etildi.
2007-yilning 30-avgustida Birinchi Prezidentimiz I.Karimov
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va
Prezident Devonining 0 ‘zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga
bag‘ishlangan qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida Respublikamizning
bosib o‘tgan mustaqil taraqqiyot yo‘li va oldimizda turgan vazifalarning
ma’no-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z yuritib, bu yo‘lni alohida ikki
davrga ajratish to‘g‘ri bo‘lishini ta’kidlab o‘tdilar. Bu davrlarning har
117
biri mamlakatimiz tarixida o‘ziga xos va o‘ziga mos muhim o‘rin
egallashini bildirdilar.
Jumladan, dastlabld birinchi bosqich 1991-2000-yillar
mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o‘tish davri tom
ma’noda tarixiy ahamiyatga egaligi e’tirof etildi. Bu bosqichda o‘tish
davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog‘liq
quyidagi dolzarb va muhim vazifalar belgilanib, amalga oshirildi:
- eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik
davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish;
- siyosiy va iqtisodiy taraqqiyot, davlat va jamiyat qurish strategiyasini barpo etishda xalqimizning tarixan shakllangan milliy va madaniy o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan, mamlakatimizning mavjud
tabiiy-iqtisodiy, mineral-xomashyo va insoniy salohiyatini xolisona va
jiddiy baholagan holda, jahon xo‘jalik aloqalari tizimida o‘ziga munosib
joy egallash maqsadiga erishish;
- asosiy qomus-O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab
chiqish va qabul qilish;
- davlat va iqtisodiyotni boshqarishning mustabid, markazlashgan
tizimiga barham berish, mustaqil 0 ‘zbekistonning yangi siyosiy va
davlat tuzilishi asoslarini, avvalo qonunchilik tizimini shakllantirish,
markazda va joylarda vakolatli hokimiyat organlarining yaxlit tizimini
tashkil etish;
- tub ma’muriy islohotlami amalga oshirish, jumladan: markazlashgan rejalashtirish va taqsimlash tizimining tayanchlari boigan
Davlat reja qo‘mitasi, Davlat ta’minot, Davlat narx, Davlat agrosanoat
va ko‘plab tarmoq vazirliklarini tugatish, mahalliy hokimiyat organlarini
qayta tashkil qilish-viloyat, tuman va shaharlarda hokimlik institutini
joriy etish. Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organi tizimi-mahalla
institutini rivojlantirish va mustahkamlash;
- sudlarni jazolovchi va faqat davlat manfaatlarini himoya qiluvchi
organdan qonun ustuvorligi va inson huquqlari himoyasini ta’minlovchi
organga aylantirishga qaratilgan yaxlit sud hokimiyati tizimini
shakllantirish;
- qisqa muddatlarda mamlakatimiz suvereniteti va hududiy
yaxlitligi, konstitutsiyaviy tuzumni ishonchli himoya qiladigan, jamoat
tartibini ta’minlaydigan, xalqaro terrorchilik, ekstremizm va
118
narkoagressiya kabi kuchayib borayotgan xavf-xatarlarga qarshi
kurashadigan milliy xavfsizlik organlari tizimini shakllantirish;
- mamlakatimizda yoqilg‘i-energetika va g‘alla mustaqilligiga
erishishdan iborat strategik vazifani hal etish;
- bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish, bozor infratuzilmasi
institutlarini tashkil etish va raqobat muhitini shakllantirish orqali bozor
munosabatlari mexanizmini ishga tushirish;
- bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan moliya va bank
tizimini shakllantirish, milliy valutani muomalaga kiritish;
- kuchli ijtimoiy siyosat yuritish va aholini himoya qilishning
samarali mexanizmini ishlab chiqish va muvaffaqiyatli amalga oshirish;
- mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, uning
barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida Qurolli Kuchlami
shakllantirish;
- tashqi siyosat va diplomatik xizmatni shakllantirish va h.k.
Ikkinchi bosqich - 2001-yildan 2007-yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z
ichiga olib, u Birinchi Prezidentimiz tomonidan faol demokratik
yangilanishlar va mamlakatni modemizatsiya qilish davri deb nomlandi.
Ushbu davrda quyidagi asosiy jihatlarga e’tibor qaratildi hamda muhim
vazifalar amalga oshirildi:
- o‘tish davri va milliy davlatchilikni barpo etish sharoitida obyektiv
zarurat bo‘lgan kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyatiga izchil va
bosqichma-bosqich o‘tishga erishish;
- mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi-0 ‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining ikki palatali parlamentga aylantirilishi;
- davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va
vazifalarini, awalambor iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etish,
budjet tashkilotlarini, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish ishlarini
moliyalashtirish, aholini ish bilan ta’minlash va aholi manfaatlarini
himoya qilish bo‘yicha vakolatlarini mahalliy hokimiyat, fuqarolarning
o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, mahallalarga bosqichma-bosqich
o‘tkazilishi;
- sud-huquq tizimini huquqiy davlatni shakllantifishning muhim
tarkibiy qismi sifatida chuqur isloh etish va erkinlashtirish bo‘yicha
yangi konsepsiyaning hayotga tatbiq qilinishi va h.k.
Natijada, faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davrida iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayo-
119
timizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalami
izchil isloh qilishni ta’minlashda g‘oyat muhim natijalar qo‘lga kiritildi.
Milliy taraqqiyotimiz yoiida bosib o‘tilgan tarixiy davr mamlakatimizda yangicha fikrlaydigan, o‘z kelajagini jamiyatda demokratik
qadriyatlarni mustahkamlash bilan, mamlakatimizning kelajagini jahon
hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bilan bog‘liq holda ko‘radigan yangi
avlod vakillarining hayotga kirib kelishi uchun har tomonlama mustahkam zamin tayyorladi. Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
tub siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlami ortga qaytarib
boimasligi, islohotlar muqarrarligming ishonchli kafolatidir [26]. Eng
muhimi, hali milliy taraqqiyotimiz ikkinchi davrining o‘z mantiqiy
yakuniga yetmaganligi, balki mamlakatimizni jadal isloh etish va
modemizatsiya qilishning yangi davri-milliy taraqqiyotimizning keyingi
bosqichi izchil davom etayotganidir.
Bundan ko‘rinadiki, milliy taraqqiyotimizning hozirgi davrida mamlakatimizni isloh etish va modemizatsiyalash jarayonlari yanada kuchaytirilib,
pirovard strategik maqsadimiz-ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga
asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini
shakllantirish yo‘lidagi harakatlar izchil ravishda amalga oshiriladi.
6.5. Mamlakatni modemizatsiyalash jarayonining mohiyati,
tamoyillari va yo‘nalishlari
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlaming tahlili shuni ko‘rsatadiki, qo‘lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlaming asosida iqtisodiyotni modemizatsiyalash jarayonining o‘mi
ahamiyatli hisoblanadi. Shunga ko‘ra, hozirda modemizatsiya jarayonining nazariy va metodologik asoslarini tadqiq etish dolzarb ahamiyat
kasb etmoqda. Eng avvalo, modemizatsiya atamasining mazmuniga
to‘xtaladigan bo‘lsak, odatda, uni texnika va texnologiyaga oid
tushuncha deb qaraladi. Jumladan, iqtisodiyotga oid aksariyat lug‘atlarda
unga quyidagi mazmundagi ta’rif beriladi: Modemizatsiya - an’anaviy
jamiyatning ilg‘or, industrial jihatdan taraqqiy etgan jamiyatga
aylanishini ta’minlovchi ijtimoiy-tarixiy jarayon. Klassik iqtisodiyotda
mazkur atama E.Dyurkgeym tomonidan ijtimoiy mehnat taqsimotini
amalga oshiruvchi ijtimoiy tabaqalanish jarayoni sifatida tushunilgan.
Veber esa modernizatsiyani ratsionallashtirish jarayoni sifatida tavsiflab,
120
u orqali xo‘jalik subyektlari o‘z faoliyatlari iqtisodiy samarasini eng
yuqori darajada oshirishga intiladilar. Shunday qilib, zamonaviy
modemizatsiya jarayoni jahondagi texnologik va ijtimoiy
o‘zgarishlarning impulsi bo‘lib xizmat qiluvchi asosiy o‘zak
iqtisodiyotlarga nisbatan teng huquqli mavqega erishishni anglatadi.
Umuman olganda, modemizatsiya an’anaviy jamiyatdan industriallashgan, yuksak texnologiyalashgan ishlab chiqarishga hamda ijtimoiy
jarayonlami qonunlarga tayangan holda oqilona boshqarishga
asoslangan jamiyatga o‘tish jarayonlarini namoyon etadi. Nazariyada
modemizatsiya «zamonaviy ochiq tarzdagi jamiyat»ni shakllantirishga
olib keluvchi industriyalashtirish, jarayonining majmui tushuniladi.
Modemizatsiya jarayoni doirasida odatda quyidagi o‘zgarishlar ro‘y
beradi:
- ijtimoiy munosabatlar butun tizimining takomillashuvi va turmush
tarzining o‘zgarishi-ixtiloflami tartibga soluvchi hamda ijtimoiy muammolarni hal etuvchi yangi tartib va mexanizmlaming paydo bo‘lishi;
- alohida individlaming onglfligi va mustaqilligining oshishi;
- iqtisodiyot sohasida-tovar-pul munosabatlarining eng yuqori
darajada yoyilishi, yangi ilg‘or texnologiyalarning paydo bo‘lishi,
boshqaruvchilar va yollanma xodimlaming kasbiy ixtisoslashuvining
yuqori darajasiga yetishi;
- ijtimoiy munosabatlaming o‘zgarishi - yuqori ijtimoiy harakatchanlik va ijtimoiy raqobatga asoslangan jamiyatga 0‘tilishi.
Modemizatsiya jarayonining tavsiflari qatorida, shuningdek, uning
quyidagi tamoyillarini ham ajratfb ko‘rsatish mumkin:
- majmuaviyligi, ya’ni jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab
olishi;
- tizimiyligi, ya’ni jamiyat hayoti har qanday tarkibiy qismi yoki
yaxlit sohasining o‘zgarishi boshqalarining o'zgarishiga olib kelishi.
Masalan, madaniy va siyosiy o‘zgarishlar iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarga
olib keladi va aksincha;
- globallashuvi-u dastlab bir necha ilg‘or mamlakatlarda boshlanib,
keyinchalik butun dunyoga yoyilmoqda;
- davomiyligi-modemizatsiya qisqa davrda ro‘y bermaydi, balki u
bosqichlarga bo‘linadi;
- tabaqalashganligi-modemizatsiya turli mamlakatlarda turlicha ro‘y
berib, u yoki bu holda milliy madaniyat va axloq an’analariga tayanadi.
121
Umuman olganda, modemizatsiya juda keng tushuncha bo‘lib,
bugungi kunda uni jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o‘zgartirish,
yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg‘or andozalar
tomon yo‘naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui sifatida
ifodalash mumkin.
Hozirgi kunda mamlakatimizda qabul qilinayotgan davlat dasturlari
asosida amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida modemizatsiyalash
jarayonlari mamlakatimiz hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab
olmoqda. Ayniqsa, mazkur yo‘nalishlar orasida iqtisodiyotni modemizatsiyalash muhim o‘rin tutadi. Zero, milliy iqtisodiyotning barqaror va samarali
amal qilishini ta’minlash, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari taraqqiyoti
darajasiga olib chiqish, turli siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar, jahon bozori
kon’yunkturasidagi tebranishlar, inqiroz holatlariga nisbatan chidamliligi,
mustaqil rivojlana olish imkoniyat va salohiyatlari aynan iqtisodiyotdagi tub
islohotlar va ularning natijalariga bogiiqdir. Biroq, shu bilan birga iqtisodiyotni modemizatsiyalash ijtimoiy hayotning boshqa sohalaridagi
o‘zgarishlarga chambarchas bog‘liq. Ya’ni barcha soha va jabhalar o‘rtasida
jadal isloh etish va modemizatsiyalash jarayonlarining amalga oshirilishida
izchillik va mantiqiy muvozanatni ta’minlashga harakat qilish lozim. Shu
o‘rinda modemizatsiyalash jarayonining jamiyat har bir a’zosining ongliligi va
mustaqilligini oshirishdagi o‘miga alohida e’tibor qaratish lozim deb
hisoblaymiz. Chunki, iqtisodiyot hamda mamlakat hayotining boshqa sohalarini modemizatsiyalash eng avvalo ushbu jarayonlarda ishtirok etuvchi,
ularni amalga oshiruvchi va doimiy ravishda takomillashtirib boruvchi jamiyat
a’zolari dimyoqarashi, tafakkurining o‘zgarishi, ulaming demokratik va tub
islohot jarayonlaridagi faolligi oshishigabevositabog‘liqdir.
Asosiy tayanch tushunchalar
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri-bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga,
mavjud iqtisodiy munosabatlardan butunlay boshqa, yangi iqtisodiy
munosabatlarga o‘tish taqozo qilinadigan davrdir.
Bozor islohotlari - bozor iqtisodiyotini va bozor munosabatlarini
shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Iqtisodiy islohotlar - iqtisodiyotda tub o‘zgarishlami amalga
oshirishga qaratilgan tadbirlar majmui.
Iqtisodiy uklad - turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yuritishning
shakllari va turlari.
122
Iqtisodiyotni erkinlashtirish - nima va qancha ishlab chiqarishni
qayerga, qanday bahoda sotishni tadbirkoming o‘zi belgilashi lozim.
Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning erkinligi va mustaqilligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlami yaratish
demakdir.
Islohotlar konsepsiyasi - ijtimoiy-iqtisodiy islohotlaming asosiy
maqsad va yo‘nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik
yo‘Harming umumiy g‘oyasidir.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish-tanglik holatlariga barham berish
asosida makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni
yuksaltirish uchun shart-sharoitlami vujudga keltirishdir.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning jahon tajribasida sinalgan asosi
modellami ta’riflab bering. Ulaming umumiy va o‘ziga xos tomonlarini
ko‘rsating.
2. 0 ‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li qanday
xususiyatlarga ega?
3. Respublika iqtisodiyotini isloh qilishga qanday tamoyillar asos qilib
olinadi?
4. Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish
prinsipining mazmunini batafsil tushuntiring. Har bir bosqichning maqsad
va vazifalarini to‘laroq bayon qiling.
5. Respublikada iqtisodiyotni isloh qilish qanday yo‘nalishlar bo‘yicha
amalga oshiriladi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘zingizning fikrmulohazalaringizni bildiring.
6. Bozor munosabatlariga 0‘tishda iqtisodiy islohotlar o‘z oldiga
qanday vazifalami qo‘yadi? Bu vazifalarning to‘laroq tavsifini bering.
7. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish davrida davlatning yetakchilik
faoliyati nimadan iborat ekanligini tushuntirib bering.
8. 0 ‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini qaror toptirishning qanday
davlat dasturlarini bilasiz? Ular bir-biri bilan qanday bog‘langanligini tahlil
qiling.
9. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlami chuqurlashtirishning
mazmunini tushuntiring. Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish o‘z
oldiga qanday vazifalami qo‘yadi?
10. Iqtisodiyotni modemizatsiyalash va isloh etishning asosiy ustuvor
vazifalarini so‘zlab bering.
123
Ш bo‘lim. MIKROIQTISODIYOTNING AMAL QILISH VA
RIVOJLANISH QONUNIYATLARI
7-bob. TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI. BOZOR
MUVOZANATI
7.1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar.
Talab qonuni.
7.2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar.
Taklif qonuni.
7.3. Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning
o‘zgarishi. Bozor muvozanati.
7.4. Iste’molchi xatti-harakati nazariyasi.
Bozor iqtisodiyotining amal qili§hida talab va taklif qonunlari
muhim o‘rin tutadi. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga
narx talab va taklif o‘rtasidagi nisbatni aniqlab beradi. Bu mavzuda
birinchi navbatda talab va taklifga narx ta’sirining ahamiyatini qarab
chiqamiz. Keyin talab va taklif ta’sirida muvozanatli narxning
o‘matilishi tushuntirib beriladi. Bu yerda talab va taklif qonunlari,
ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillami, ular o‘rtasidagi
mutanosiblikni tushuntirishga alohida e’tibor beriladi.
Shuningdek, mavzuning yakunida talabning shakllanishi va amal
qilishi, unga ta’sir etuvchi omillami o‘rganishda iqtisodiyot nazariyasida
muhim yo‘nalishlardan biriga aylangan iste’molchi xatti-harakati
nazariyasi bilan tanishib chiqamiz.
7.1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir
qiluvchi omillar. Talab qonuni
Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga boigan zaruriyatini
ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari
uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi
tarixiy ko'rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib,
mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida amal qiladi.
Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi.
Demak, talab - bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur
124
miqdordagi pul bilan ta’minlanmasa, u xohish va istak bo‘lib qolaveradi.
Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx
o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o‘zgaradi. Shu
bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
ma’lum vaqt oralig‘ida, narxlaming mavjud darajasida
iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga
qodir bo‘lgan ehtiyoji talab deyiladi.
Talablar turlicha bo‘lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga
bo‘lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har
bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning
tovarning shu turiga bo‘lgan talabi yakka talab deyiladi. Ko‘pchilik
iste’molchilaming shu turdagi tovar yoki xizmatga bo'lgan talablari
yig‘indisi bozor talabi deyiladi.
Yakka talab va bozor talabi miqdor jihatidan aniqlanadi. Lekin bu
miqdor har doim ham bir xil boiib turmaydi, balki o‘zgaruvchan
bo‘ladi. Talab miqdorining o‘zgarishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi.
Ulaming ichida eng ko‘p ta’sir qiladigan omil narx omilidir.
Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bo'ladigan
bog‘liqlikni quyidagi 7.1-jadval ma’lumotlari asosida qarab chiqamiz.
7.1-jadval
Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik
B ir kilogramm
savzi narxi (so‘m)
Savziga bo‘lgan yakka
talab m iqdori (bir oyda
kilogramm)
Sabziga bo'lgan bozor
talabi miqdori
(bir oyda tonna)
700 10 10
600 20 20
500 30 30
400 50 50
300 60 60
Jadval ma’lumotlari tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar
miqdorining o‘sishiga va aksincha, narxning o‘sishi talab miqdorining
kamayishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Mahsulot narxi va sotib olinadigan
tovar miqdori o‘zgarishi o‘rtasidabo‘ladigan teskari yoki qarama-qarshi
bog4liqlik talab qonuni deyiladi.
Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori, ya’ni talabning
o‘rtasidagi teskari bogiiqlikni oddiy ikki o‘lchamli grafikda ham
125
tasvirlash mumkin: gorizontal chiziq talab miqdorini, vertikal chiziq
narxni ko‘rsatadi (7.1-rasm).
so‘m P
7.1-rasm. Talab egri chizig‘i.
Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o‘rtasidagi teskari
bog'liqlikni tasviriy aks ettiradi.
Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste’molchi shu
narxda sotib olishi mumkin bo‘lgan tovar miqdorini ko‘rsatadi.
Narx va talab hajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni
ko‘rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig‘i deyiladi.
Talab miqdoriga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar. Talab
hajmining o‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator
omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari
omillari deyiladi.
Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta’sir ko‘rsatadi:
Bu omillaming o‘zgarishi talab hajmining o‘zgarishiga qanday ta’sir
ko‘rsatishini qarab chiqamiz.
1. Iste’molchilaming didlari. Biror mahsulotga iste’molchi dididagi
ijobiy o‘zgarish ro‘y bersa, narxning tegishli darajasida unga bo‘lgan
talab ortadi. Iste’molchi didiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlar
talabning qisqarishiga olib keladi.
2. Bozordagi iste’molchilar soni. 0 ‘z-o‘zidan aniqki, bozorda
iste’molchilar soni ko‘paysa, talab ortadi, iste’molchilarning soni
kamaysa, talab qisqaradi. Masalan, aloqa vositalarining takomillashuvi
xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli qog‘ozlaming oldi-
126
sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini mislsiz kengaytiradi hamda
aksiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bo‘lgan talabning
o‘sishiga olib keladi. Tug‘ilish darajasining pasayishi bolalar bog‘chasi
va maktabga bo‘lgan talabni kamaytiradi.
3. Iste’molchining daromadlari. Pul daromadi o‘zgarishining talab
hajmiga ta’siri boshqa omillarga qaraganda ancha murakkab. Pul
daromadining ortishi juda ko‘p tovarlarga talabni nisbatan oshiradi,
daromadning kamayishi esa bunday tovarlarga talabni kamaytiradi.
Daromad oshsa, uning o‘sishiga qarab iste’molchilar aksariyat hollarda
narxi yuqori boisada, ko‘proq sifatli tovarlarni xarid qilishga harakat
qilishadi. Bunda ular non, kartoshka, karam kabi mahsulotlami kamroq
sotib olishlari mumkin. Chunki ortiqcha daromad ularga ancha yuqori
oqsil tarkibiga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, go‘sht va
sut mahsulotlari xarid qilish imkonini beradi. Daromadning o‘zgarishi
bilan talab miqdori to‘g‘ri bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar oliy toifali
tovarlar deyiladi.
Daromadlar o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog'liqlikda
o‘zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi.
Iste’molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar
miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik nemis iqtisodchisi va statist! Ernst Engel
(1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko‘ra, iste’molchi
daromadi bilan ular tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar
miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik Engel qonuni deyiladi.
Bu qonunning amal qilishini Engel egri chizig‘i orqali ifodalash
mumkin (7.2-rasm). Oliy toifali yoki normal tovarlar uchun Engel egri
chizig‘i o‘suvchan ko‘rinishda bo‘ladi. Haqiqatan ham, aholi
daromadlari o‘sib borishi bilan bu turdagi tovarlar ko‘proq xarid
qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig‘i pasayuvchan
ko‘rinishda bo‘lib, daromadlar oshib borishi bilan iste’molchilar ularni
kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovaming iste’moli daromad
darajasiga bog‘liq bo‘lmasa, u holda Engel egri chizig‘i tik holda
boiadi.
Rasmdan ko‘rinadiki, iste’molchining bir oylik daromadi 10 ming
so‘mdan 20 ming so‘mga oshganda, u sotib olgan mahsulot miqdori 1
donadan 2 donaga, 20 ming so‘mdan 30 ming so‘mga oshganda 2
donadan 4 donaga oshmoqda. Daromadlarning keyingi o‘sishi bilan
tovarlar sotib olish hajmining o‘sishi sekinlashmoqda: 30 ming so‘mdan
127
40 ming so‘mgacha - 4 donadan 6 donagacha, 40 ming so‘mdan 50 ming
so'mgacha - 6 donadan 7 donagacha. Daromadning bundan yuqori darajalarida esa sotib olish hajmining o‘sishi butunlay to‘xtagan (daromadning 60 ming so‘m va undan yuqori darajalarida mazkur tovarning 7 donasi sotib olinmoqda).
Daromad, ming so ‘m
0 1 2 3 4 5 6 7 8 Tovar miqdori, dona
7.2-rasm. Engel egri chizig‘i.
Engel egri chizig‘i iste’molchilar pul daromadlari o‘zgarishining
talabga qanday ta’sir qilishi to‘g‘risida axborot beradi. Bu axborot tovar
ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z tovarlarining mumkin bo‘lgan sotish
hajmi va bozor kon’yunkturasini baholashda muhim ahamiyat kasb
etadi.
4. Bir-biriga bog‘liq tovarlaming narxi. 0 ‘zaro bog'liq tovarlar nar
o‘zgarishining talabga ta’sirini o‘rganishda ularni ikki guruhga ajratish
maqsadga muvofiq bo'ladi:
- o‘zaro bir-birini almashtiruvchi yoki o‘rinbosar tovarlar;
- o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar.
0 ‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi to‘g‘ri bog‘liqlikda
bo‘ladi. Masalan, sariyog* narxining oshishi margaringa bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi. Sariyog‘ narxining pasayishi esa margaringa
bo‘lgan talabni kamaytiradi.
128
0 ‘zaro bir-birini to'ldiruvchi tovarlardan binning narxini o‘zgarishi
bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi teskari bog‘liqlikda
bo‘ladi. Masalan, agar avtomobilning narxi oshsa, benzinga bo‘lgan
talab qisqaradi. Aksincha, avtomobilning narxi tushsa, benzinga bo‘lgan
talab oshadi.
5. Kelajakda narx va daromadlaming o‘zgarishi ehtimoli. Kelgusida
iste’molchi daromadlari, tovar narxi o‘zgarishining kutilishi va tovarlar
miqdorining yetarli bo‘lishi yoki bo‘lmasligi kabi omillar talab hajmini
o‘zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi,
iste’molchi joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning
pasayishi va daromadning ko‘payishining kutilishi tovarlarga boMgan
joriy talab hajmining qisqarishiga sabab bo‘ladi.
7.2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar.
Taklif qonuni
Ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab
chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va
xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx
o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham
o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari
mavjud bo‘ladi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor taklifini
ifodalovchi misol 7.2-jadvalda ko‘rsatilgan.
Narx va ta dif miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik
7.2-jadval
B ir kilogramm
piyoz narxi (so‘m)
Piyozning yakka
taklifi m iqdori (bir
oyda kilogramm)
Piyozning bozor
taklifi miqdori
(bir oyda tonna)
700 60 60
600 50 50
500 30 30
400 20 20
300 10 10
Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning
sotishga chiqarilishini ko‘rsatadi.
129
Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan
tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi
qisqaradi. Narxning o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining
to‘g‘ri bog‘liqlikdagi o‘zgarishi taklif qonuni deyiladi.
Iste’molchi uchun narxning oshishi to‘siq rolini o‘ynasa, ishlab
chiqaruvchi uchun rag‘batlantirish vazifasini bajaradi.
Narx darajasi va taklif miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi ma’lumotlami grafikda ifodalab, taklif egri
chizig‘ini tasvirlash mumkin (7.3-rasm).
R, so‘m
S
10 20 30 40 50 60 Q, tonna
7.3-rasm. Taklif egri chizig‘i.
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator
omillar ham ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:
1. Resurslaming narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o‘rtasida
mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha,
resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va
taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral o‘g‘itlar narxining pasayishi
bug‘doy taklifini oshiradi, tomchilatib sug‘orish xarajatlarining oshishi
makkajo‘xori doni taklifini qisqartiradi.
2. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalaming
takomillashuvi mahsulot birligini ancha samarali ishlab chiqarishga
imkon beradi. Resurslaming mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari
kamayadi va taklif ko‘payadi. Masalan, paxta zararkunandalariga qarshi
130
ancha samarali biologik usullarning yaratilishi paxta tolasining
miqdorini va sifatini, binobarin taklifini oshiradi.
3. Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Ko‘pchilik soliqlar ishlab
chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlaming oshishi
ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan,
import tovarlarga boj to'lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi.
Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga
subsidiya bersa, bu amalda xarajatlami kamaytiradi va uning taklifini
oshiradi.
4. Boshqa tovar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o‘zgarishi ham
mazkur tovar taklifini o‘zgartiradi. Masalan, qo‘y go‘shti narxining
pasayishi mol go‘shti taklifini oshiradi. Aksincha, mol go‘shti narxining
tushishi qo‘y go'shti taklifini oshiradi.
5. Narx o‘zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxining
o‘zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi
bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi
neftning taklifini pasaytiradi.
6. Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar soni. Tovar ishlab
chiqaruvchilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot
miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni
ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish
ko‘payadi.
Taklif hajmining o‘zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati,
saqlash xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir
ko‘rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydigan qishloq xo‘jalik va
oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslaming mavjud
darajasi ham taklifga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga
javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab
chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. Qishloq
xo‘jaligiga yaroqli boMgan yerlar cheklangan bo‘lsa, uning narxi, ya’ni
renta qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib boMmaydi.
Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar, musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at
asarlarining taklifi ham noo‘zgaruvchan bo‘ladi.
131
7.3. Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning
o‘zgarishi. Bozor muvozanati
Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining
o‘zgarib turishini ko'rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari
bilan doimo ma’lum nisbatda bo‘ladi, bu nisbatlar o‘zgarib turadi.
Ba’zan talab miqdori taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko‘tarilsa,
ayrim vaqtlarda taklif miqdori talab miqdoridan oshib ketib, narx
pasayib qoladi. Talab miqdori bilan taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat birbiriga teng bo‘lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati
vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan uni
muvozanatlashgan narx ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va
muvozanatli narx har doim mavjud bo‘lib turmaydi, ularga ta’sir
qiluvchi ko‘plab omillar muvozanatlikning buzilishiga sabab bo‘ladi.
Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud bo‘ladi.
Talab va taklif tushunchalari tahlili, bizga sotuvchi va xaridorlar
manfaatlari mos kelishini qarab chiqishga o‘tish imkonini beradi. Mos
kelishlik o‘z ifodasini muvozanatli narxda topadi.
Talab va taklif egri chiziqlarini bitta grafikka joylashtirib bozor
muvozanatli nuqtasini hosil qilamiz (7.4-rasm):
T b = T (= N m= M m
bu yerda,
Т ь- talab;
T f - taklif;
Nm - muvozanatli narx;
Mm - tovarning muvozanatli miqdori.
Grafikda E nuqtaga muvozanatlashgan narx (Nm) va tovarning
muvozanatlashgan miqdori (Mm) mos keladi. Ya’ni piyoz narxi 500
so‘m boMganda, xaridorlar 30 tonna piyozni sotib olishga, sotuvchilar
esa 30 tonna piyozni bozorga chiqarishga tayyor va bunday imkoniyatga
egadirlar. Narxning 400 so‘m darajasida sotuvchilar va xaridorlar ahvoli
butunlay o‘zgaradi: sotuvchilar faqat 20 tonna piyozni sotishga,
xaridorlar esa 50 tonna sotib olishga tayyor bo‘ladilar va hokazo.
Grafikda narxning 700 so‘m darajasidagi bozor holati tovarlar
ortiqcha ishlab chiqarilishini ko‘rsatadi va to'yingan bozorni ifodalaydi.
132
Aksincha, 300 so‘m darajasidagi bozor holatida tovar taqchilligi vujudga
keladi va taqchil tovar bozorini tavsiflaydi.
Muvozanatli narxni tushunib olish uchun vaqt omili katta
ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu sababli bozordagi bir zumlik, qisqa davrli
va uzoq davrli muvozanatlik holatini farqlash zarur.
R, so‘m
7.4-rasm. Muvozanatli narx.
Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlaming
o'zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor
vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bogiiq.
Qisqa davrli muvozanatlikni, ishlab chiqarish va taklifni
vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko‘paytirish
imkoniyatini taqozo qiladi.
Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va
bayram kunlari ishlash, ish smenasini ko‘paytirishlar kiradi.
Uzoq davrli muvozanatlik o‘zgarishi uzoq muddatli davrdagi
omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta
qurollantirish, yangilash va qo‘shimcha quwatlami vujudga keltirish
bilan bog‘liq investitsiyalar haqida gap boradi. Bu davrda yangi
korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda yangi korxotialaming paydo
bo'lishi ham mumkin bo‘ladi.
Iste’molchining tovar narxlarining o‘zgarishiga sezgirlik darajasini
aniqlashda narxli egiluvchanlik tushunchasidan foydalaniladi. Ayrim
mahsulotlar narxidagi uncha sezilarli bo‘lmagan o‘zgarishlar sotib
olinadigan mahsulot miqdorida katta o‘zgarishlar boiishiga olib kelishi
133
mumkin. Bunday mahsulotlarga talab nisbatan egiluvchan deyiladi.
Boshqa xil mahsulotlar narxidagi sezilarli o‘zgarish xarid miqdorida
faqat katta bo‘lmagan o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan
sharoitda narxning 1 foizga o‘zgarishi talabning necha foizga
o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning narx bo‘yicha
egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy
qilib talabning egiluvchanligi deb ataladi.
Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi (Et) darajasi quyidagi
formula bo‘yicha hisoblanadi:
bu yerda,
AQ - talab miqdorining foizli o‘zgarishi;
AR - narxlaming foizli o‘zgarishi.
Talab egiluvchanligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud
bo‘ladi. Ulaming asosiylari quyidagilar:
1. Mahsulotlaming o‘mini bosuvchanligi. Iste’molchiga biror
mahsulotning o‘mini bosuvchi boshqa mahsulotlar ko‘proq tavsiya
qilinsa, unga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, sof raqobatli
bozorda taklif qilinadigan mahsulotlaming juda ko‘p o‘mini
bosuvchilari mavjud bo‘ladi, shu sababli har bir alohida sotuvchi
mahsulotlariga talab butunlay egiluvchan bo‘ladi.
2. Mahsulot qiymati yoki narxining iste’molchi daromadidagi
salmog‘i. Iste’molchi daromadida mahsulotlar narxi qanchalik katta
o‘rinni egallasa, unga talab shuncha yuqori egiluvchan bo‘ladi. Masalan,
daftar yoki qalam narxining 10 foizga o‘sishi bir necha so‘mni tashkil
qiladi va bu talab bildirgan mahsulot miqdorida juda kam o‘zgarish
bo'lishiga olib keladi. Shu bilan birga, avtomobil yoki uy narxining 10
foizga o‘sishi mos ravishda 0,5 yoki 1,5 mln. so‘mni tashkil qiladi.
Narxlaming bunday oshishi juda ko‘p oilalar bir necha yillik
daromadining katta qismini tashkil qiladi va aytish mumkinki, bu sotib
olinadigan mahsulot miqdorini sezilarli ravishda kamaytiradi.
3. Mahsulotlaming iste’mol xususiyatlari. Zeb-ziynat buyumlariga
talab odatda egiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga esa talab
noegiluvchan hisoblanadi. Masalan, non va elektr energiyasi zaruriy
134
iste’mol buyumlari hisoblanadi, shu sababli ular narxining oshishi non
yoki elektr energiyasini iste’mol qilishning keskin kamayishiga olib
kelmaydi. Boshqa tomondan zeb-ziynat buyumlariga narxlar oshganda
ularni osonlik bilan iste’moldan chiqarib tashlash mumkin.
4. Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig‘i qancha uzo
bo‘lsa, mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, agar mol
go‘shtining narxi 10 foizga ko‘tarilsa, iste’molchi uni xarid qilishni
birdaniga qisqartirmasligi mumkin. Lekin bir qancha vaqt o‘tishi bilan u
o‘zining moyilligini tovuq go‘shti yoki baliqqa o‘tkazishi mumkin.
Shuningdek, daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ham mavjud.
Daromadlar ko‘payishi bilan tovar va xizmatlarga bo‘Igan talab ham
oshadi. Bundan ko‘rinadiki, daromad talabga ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir
darajasini aniqlash uchun daromad bo‘yicha falab egiluvchanligi
ko‘rsatkichidan foydalaniladi.
Iste’molchi daromadining 1 foizga o‘zgarishi talabning necha foizga
o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning daromad bo‘yicha
egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi va quyidagi formula yordamida
aniqlanadi:
bu yerda,
AQ - talab miqdorining foizli o'zgarishi;
AD - daromadning foizli o'zgarishi.
Taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan
sharoitda, narxning 1 foizga o‘zgarishi taklifning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi
ko‘rsatkichi deyiladi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib taklifning
egiluvchanligi deb ham ataladi.
Taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi (Etf) darajasi quyidagi
formula bo‘yicha hisoblanadi:
bu yerda.
AQ - taklif miqdorining foizli o'zgarishi;
AR - narxlaming foizli o‘zgarishi.
135
Taklif egiluvchanligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil, mahsulotga
narxning mavjud o‘zgarishini hisobga olish uchun zarur boigan vaqt
oralig‘i hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi narxning mavjud o‘zgarishiga
moslashish uchun qanchalik uzoqroq vaqtga ega bo‘lsa, ishlab chiqarish
hajmi shunchalik katta o‘zgaradi va shunga mos ravishda taklifning
egiluvchanligi ham yuqori bo‘ladi. Biz yuqorida vaqt omilining juda
qisqa, qisqaroq va uzoq muddatli davrlaridagi taklifining o‘zgarishiga
ta’sirini tahlil qilib bergan edik. Bu ta’sir taklifning egiluvchanligida
ham o‘z ahamiyatini saqlab qoladi.
7.4, Iste’molchi xatti-harakati nazariyasi
Hozirda iqtisodiyot nazariyasiga oid ko‘plab darslik va o‘quv
qo‘llanmalarda bozor talabining shakllanishi va namoyon bo‘lishini
iste’molchining xatti-harakati orqali tushuntirishga harakat qilinmoqda.
Bunda oldindan g‘arb adabiyotlarida mavjud boiib kelgan turli
nazariyalardan foydalanib, iste’molchi xatti-harakati nazariyasi alohida
yo‘nalish sifatida bayon etilmoqda [62, 56, 57, 58, 59, 73]. Talabalami
mazkur nazariyaning mohiyati bilan tanishtirish maqsadida uning asosiy
tushunchalarini ko‘rib chiqamiz.
Iste’molchining bozordagi xatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan naflilik
nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Bu
nazariya yordamida iste’molchining manfaati nuqtayi nazaridan uning
afzal ko‘rishi qoidalari bayon etiladi.
Agar naflilikka iste’molchi o‘lchami bilan qaralsa, u iste’molchining
biron-bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi.
Iste’molchi tomonidan o‘zi uchun turli tovarlaming naflilik darajasining
baholanishi iste’molchining afzal ko‘rishi deyiladi.
Naflilik funksiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir
miqdordagi taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutlaq ko‘rsatkichlarda
o‘lchashning ahamiyati bo‘lmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to‘plamdagi
tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini ko‘rsatib berish
mumkin emas.
Naflilik funksiyasi iste’mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)dan
olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi:
136
So‘nggi qo‘shilgan naflilik-muayyan ne’matning navbatdagi
birligini iste’mol qilishdan olingan qo'shimcha naflilikdir. So‘nggi
qo‘shilgan naflilik umumiy naflilikning o'sgan qismidan iborat ekan, u
naflilik funksiyasining hosilasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni
qondiruvchi har bir navbatdagi ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq
naflilikka ega bo‘ladi. Ne’matlaming cheklangan miqdori sharoitida esa
doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi so‘nggi nusxasi mavjud
bo‘ladi.
So‘nggi qo‘shilgan naflilik pasayib borish tendensiyasiga ega bo‘lib,
bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati
shundan iboratki, agar alohida olingan yakka iste’molchining holatidan
kelib chiqilsa, ne’matlami iste’mol qilish hajmining ko‘payib borishi
bilan, ma’lum vaqtdan boshlab, muayyan ne’matning navbatdagi
birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilik oldingisiga
nisbatan kamayib boradi.
Kishi qanchalik ko‘p miqdordagi tovarni iste’mol qilsa, u
shunchalik ko‘p yalpi naflilikka ega bo‘ladi. Yalpi yoki umumiy naflilik
so‘nggi qo‘shilgan naflilik ko‘rsatkichlarini jamlash orqali aniqlanadi.
Agar iste’molchi manfiy so'nggi qo‘shilgan naflilikka ega bo‘lsa, u
holda yalpi naflilik kamayadi.
Iste’molchi tovarlarning turli to‘plamini xarid qilishda doimo
naflilikni maksimallashtirish qoidasiga amal qiladi. Bu qoidaning
mazmuni quyidagicha bayon etiladi: iste’molchi o‘zining daromadini
shunday sarflashi kerakki, daromad to‘liq sarflangan holatda tovarni
xarid qilishdan olingan so‘nggi qo'shilgan naflilikning tovar narxiga
nisbati barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega bo‘lishi lozim, ya’ni:
MUX_ MUy
bu yerda,
MU - X va Y tovarlarning so‘nggi qo‘shilgan nafliligi;
P - ularning narxi.
Bu qoida iste’molchining muvozanatli holatini ifodalaydi.
Iste’molchi o‘zining o‘z didi va ruhiyatiga ko‘ra turli xil tovarlar
to'plamini ma’qul ko‘rishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma’lum bir
137
to‘plamini boshqa biriga taqqoslab ko‘radi. Iste’molchi tanlovini
tushuntirishda befarqlik egri chizig‘i muhim rol o‘ynaydi.
Befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlami bir xil darajada qondirilishini
ta’minlovchi iste’mol to‘plamlari yig‘indisini namoyon etadi. Yani,
iste’molchi uchun befarqlik egri chizig‘ida joylashgan tovarlar
to‘plamini tanlashda farq mavjud bo‘lmaydi.
Befarqlik egri chizig‘i pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi. Befarqlik egri chizig‘ining pasayib borishi shu bilan izohlanadiki,
tanlanishi lozim bo‘lgan har ikkala tovar ham iste’molchi uchun nafli
hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bir tovarlar to'plami, masalan, A dan boshqa
bir tovarlar to‘plami, masalan, В ga tomon harakat qilib, iste’molchi
naflilik miqdorini oshiradi. Biroq, ayni paytda xuddi shuncha
miqdordagi naflilikka ega bo‘lgan A tovardan voz kechadi. Qisqasi, В
tovar qanchalik ko‘p bo‘lsa, A tovar shunchalik oz bo‘ladi, chunki A va
В tovarlar o‘rtasida teskari aloqa mavjud. 0 ‘zgaruvchilari o‘rtasida
teskari aloqa mavjud boMgan har qanday egri chiziq esa pasayib
boruvchi ko‘rinishda boiadi.
Agar iste’molchining A va В tovarlarning barcha to‘plamlari
bo‘yicha afzal ko‘rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, befarqlik
kartasi hosil bo‘ladi. Har bir befarqlik egri chizig‘i kishi har biriga bir
xilda qaraydigan tovarlar to‘plamini ifodalaydi. 7.5-rasmda befarqlik
kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta befarqlik egri chizig‘i
tasvirlangan. I3 befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlami qondirilishining eng
yuqori darajasini aks ettiradi.
7.5-rasm. Befarqlik egri chizig‘i.
138
Ehtiyojlaming har bir darajasiga ko‘ra cheksiz befarqlik egri chizig‘i
mavjud bo‘lishi mumkin. Biz sodda ko‘rinishda faqat uchta egri chiziqni
ifodaladik. Bu uch egri chiziq tovarlar to‘plamining tartibini ta’minlaydi.
Tartiblash to‘plamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam
tomonga yo‘naltirilgan tartibda qo‘yib chiqadi. Biroq, bu tartib bir
to‘plamning boshqa biridan nechog‘lik afzalligini ko‘rsatib bera olmaydi.
Iste’molchi xatti-harakatini tushunishda iste’molchi budjetining
cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Budjet cheklanganligi
iste’molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida
narxlaming muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum
cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati orqali ifodalanadi. Iste’molchi
budjetining cheklanganligini grafikda ikki turdagi tovami sotib olishning
turli kombinatsiyalarini ko‘rsatuvchi budjet chizig‘i shaklida ham aks
ettirish mumkin.
Iste’molchi budjeti chizig‘ining holatiga uning daromadlari va tovarlar
narxining o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Asosiy tayanch tushunchalar
Talab - iste’molchi ma’lum vaqtda narxlaming har bir darajasida sotib
olishga qodir bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir.
Talab egri chizig‘I - grafikda narx va talabning hajmi o‘rtasidagi
teskari bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Talab qonuni - tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori
o‘rtasidagi teskari yoki qarama - qarshi bog‘liqlikni ifodalaydi.
Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi - talab hajmiga
ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning bir
foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi
ko‘rsatkich.
Talabning daromad bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi-iste’molchi
daromadining bir foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini
ifodalovchi ko‘rsatkich.
Taklif-ishlab chiqaruvchi ma’lum vaqtda ishlab chiqarishga qodir
bo‘lgan, narxning har bir darajasida bozorga sotishga chiqaradigan tovarlar
miqdoridir.
Taklif egri chizig‘I - narx va taklifning hajmi o‘rtasidagi to‘g‘ridan -
to‘g‘ri bog‘liqlikning grafikdagi tasviridir.
139
Taklif qonuni - narx bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori
o‘rtasidagi bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri bogiiqlikni ifodalaydi.
Taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi - taklif hajmiga
ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning bir
foizga o‘zgarishi taklifning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi
ko‘rsatkich.
Daromad samarasi-narx pasayganda iste’molchi pul daromadlarining
sotib olish layoqatining ortishidir.
Bozor muvozanati-talab miqdori bilan taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat
bir-biriga teng boigan holat.
Bozor narxi-bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx.
Iste’molchining afzal ko‘rishi-iste’molchi tomonidan o‘zi uchun turli
tovarlarning naflilik darajasining baholanishi.
So‘nggi qo‘shilgan naflilik-muayyan ne’matning navbatdagi birligini
iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilik.
Yalpi naflilik-so‘nggi qo‘shilgan naflilik ko‘rsatkichlarining yig‘indisi.
Befarqlik egri chizig‘i-ehtiyojlami bir xil darajada qondirilishini
ta’minlovchi iste’mol to‘plamlari yig‘indisi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Talab qonunini tushuntiring. Talabga qanday omillar ta’sir qiladi?
Bu omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish ro‘y
beradi?
2. Taklif qonunini tushuntiring. Taklifga qanday omillar ta’sir qiladi?
Bu omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish ro‘y
beradi?
3. Engel qonunining mohiyatini tushuntirib bering.
4. Iste’molchi xatti-harakati nazariyasining asosida nimalar yotadi?
5. Iste’molchi xatti-harakati nazariyasining asosiy qonun-qoidalarini
izohlang.
6. Iste’molchining afzal ko‘rishi nima? U iste’molchi tanloviga qanday
ta’sir ko‘rsatadi?
7. Yalpi yoki umumiy naflilik va so‘nggi qo'shilgan naflilik
tushunchalari o‘rtasida qanday bog'liqlik mavjud?
8. Befarqlik egri chizig‘i nimani ifodalaydi? Befarqlik kartasi-chi?
Ulaming iste’molchi xatti-harakatini tushuntirishdagi aliamiyatini
izohlang.
140
8-bob. RAQOBAT VA MONOPOLIYA
8.1. Raqobatning mohiyati, shakllari, turlari va usullari.
8.2. Monopoliyalaming iqtisodiy asosi va ularning turlari.
8.3. O‘zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish bo'yicha choratadbirlar va monopoliyaga qarshi qonunchilik.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi.
Ushbu mavzuda raqobatning mohiyati va obyektiv asoslari, turlari
shakllari hamda raqobatlashish usullarini, monopoliyaning mohiyati,
turlari, shakllari hamda uning afzalliklari va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ochib beramiz.
0 ‘zbekistonda milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishga
qaratilgan chora-tadbirlar va monopoliyaga qarshi qonunchilik kabi
masalalar ko'rib chiqiladi.
8.1. Raqobatning mohiyati, shakllari, turlari va usullari
Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha
subyektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlami ifodalaydi. Raqobatbozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib,
ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko'proq naflilikka ega bo‘lish uchun
kurashni anglatadi.
Resurslarni yetkazib beruvchilar o'zlarining iqtisodiy resurslarini,
ya’ni kapital, tabiiy resurslar, ishchi kuchini yuqori narxlarda sotish
uchun raqobatlashadilar. Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz
beradi: ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat
qiladilar, ya’ni xaridorlar har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq
naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladilar.
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy
vazifalcrini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Tartibga solish vazifasi-ishlab chiqarishni talab, ya’ni iste’molg
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan
shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab
chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar
141
orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida
tartibga solinadi.
2. Resurslarni joylashtirish vazifasi-ishlab chiqarish omillarini ular
eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona
joylashtirish imkonini beradi.
3. Innovatsion vazifasi - fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subyektlarining rivojlanishini taqozo
etuvchi turli ko‘rinishdagi yangiliklaming joriy etilishini anglatadi.
4. Moslashtirish vazifasi - korxonalarning ichki va tashqi muhit
sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib,
ularning shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab
qolishidan xo‘jalik faoliyati sohalarining kengayishiga o‘tishini
bildiradi.
5. Taqsimlash vazifasi - ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi
yalpi ichki mahsulotning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga
bevosita va bilvosita ta’sir o‘tkazadi.
6. Nazorat qilish vazifasi - bozordagi ba’zi ishtirokchilarning
boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘matishiga
yo‘l qo‘ymaslikkayo‘naltiriladi.
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega
bo‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta
shakli alohida ajratilib ko‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik
raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi
tarmoqda juda ko‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada
tashkil qilingan bozorda ko‘plab sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini
taklif qiladilar.
Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan
sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy
ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo‘lmaydi. Shu sababli, alohida
korxonada ishlab chiqarishning ko‘payishi yoki kamayishi umumiy
taklifga, demak, mahsulot narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi,
tarmoqda mavjud bo‘lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi
mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo‘lishi va ularning
142
raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik,
moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to‘siqlar bo‘lmaydi.
Sof monopoliyada tarmoq bitta korxonadan iborat bo‘lishi sababli, u
mavjud mahsulot va xizmatning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi
va yakkahukmronlik shakllanadi.
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga
oshiradi. Buning sababi oddiy. U mahsulot va xizmatning yagona ishlab
chiqaruvchisi hisoblanadi va taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat
qiladi.
Monopolistik raqobat o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat
unsurlarini oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsutotning o'nlab
ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish
hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar. Biroq, ayni vaqtda, har bir
ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi
boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati, sifat darajasi, shakli,
qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k. bo‘yicha farqlantirish orqali uning
monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.
Oligopoliya-tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalaming
mavjud boMishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim
belgisidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli
ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq
hisoblanadi.
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab
chiqarishi mumkin. Ko‘pchilik sanoat mahsulotlari: po‘lat, mis,
aluminiy, qo‘rg‘oshin, temir va shu kabilar-fizik ma’noda bir turdagi
mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi.
Iste’molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvish vositalari, sigaretlar,
maishiy elektr buyumlari va shu kabilami ishlab chiqamvchi tarmoqlar
tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi.
Oligopoliya sharoitida korxonalar o‘rtasidagi raqobat o'zaro bog‘liq
bo‘ladi. Oligopolistik tarmoqda hech qaysi korxona o‘zining narx
siyosatini mustaqil o‘zgartirishga botina olmaydi.
Hozirda turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi
bilan ular o‘rtasidagi raqobatning shakllari ham turli ko‘rinishlarda
namoyon bo‘lib bormoqda. Jumladan, turli monopollashuv darajasidagi
tuzilmalar o‘rtasida mavjud bo‘lishiga ko‘ra quyidagi raqobat turlarini
ajratib ko‘rsatish mumkin:
143
1. Monopollashmagan korxonalar o‘rtasidagi raqobat.
2. MonopoliyaJar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan
ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat.
3. Turli monopoliyalar o‘rtasidagi raqobat.
4. Monopolistik birlashmalar ichidagi raqobat.
0 ‘z miqyosiga ko‘ra raqobat ikki turga - tarmoq ichidagi va
tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq
sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq
korxonalari o‘rtasida boradi. Har bir tarmoqda texnika bilan ta’minlanish
darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo‘lgan korxonalar
borligi sababli shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning
individual qiymati bir xil bo‘lmaydi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha
aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda,
o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining
anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat
unumdorligi yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar va
aksincha, texnika jihatdan nochor korxonalar esa, o‘zlarida ishlab
chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo‘qotadilar va zarar
ko'radilar.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng
yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat.
Bunday raqobat foyda normasi kam bo‘lgan tarmoqlardan foyda nonnasi
yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Yangi
kapitallar ko‘proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab
chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payishiga olib keladi. Shu asosda,
narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham pasayadi.
Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari
natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi,
tovarlarga bo‘lgan talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning
oqibatida narxlar ko‘tariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi.
Natijada tarmoqlararo raqobat obyektiv ravishda qandaydir dinamik
muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qayerga
sarflanganligidan qat’i nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga
intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi
144
tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o'rtacha
foyda normasiga tenglashtiradi.
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda g‘irrom va halol
raqobatlashuv usullari ham ajratib ko‘rsatiladi. Raqobatlashuvning
noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy axhloq
qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy, ya’ni jismoniy kuch
ishlatish, majburlash, raqiblaming obro‘siga putur yetkazish va h.k.
usullaridan foydalanish g‘irrom raqobat deb yuritiladi. G‘irrom raqobat
orqali firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona
va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Bank va resurslami yetkazib
beruvchilarni material va kredit berishdan voz kechirish, yetakchi
mutaxassislami og‘dirib olish, narxni keskin pasaytirish g‘irrom
raqobatning oddiy usullaridir.
Halol raqobat-raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan,
iqtisodiy usullami qo‘llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda
umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qoilamaslik kabi
qoidalarga asoslanadi.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat
va narxsiz raqobat.
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab chiqaruvchilaming o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarining shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.
Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko'rinishi - narxlar jangi
deb ataladi, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib
chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib
turadi. Bu usulni qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga
qaragarda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni
yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kerak boiadi.
Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan
past bo‘lib, mazkur tovar narxini tushurish imkoniyatini beradi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri - demping narxlarini
qo‘llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini
boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda
lannarxidan ham past bo‘lgan narxlarda sotadi.
Shu orqali ular ichki bozorda narxlaming barqarorligiga erishish,
mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib
145
olish va unda o‘zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga harakat
qiladi.
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan
narxlardan chegirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa
tovarlarini qo‘shib berish, muayyan hollarda imtiyozli narxlami
belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx
yordamida raqobat qilish o‘z o‘miga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o‘z mahsulotiga narxni pasaytirishi uning raqobat -
chilarining ham shunday harakat qilishini taqozo qiladi. Bu bozorda
firmalaming mavqeini o‘zgartirmaydi, faqat tarmoq bo‘yicha foydani
kamaytiradi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining
asosiy omili tovarlaming narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat
ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi flrmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi.
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat
ham bo'lishi mumkin. Buning uchun yangi tovarlaming sifati oshishi va
iste’mol xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga
qaraganda tez ro‘y berishi kerak. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‘payishi ularni sotishni rag‘batlantiruvchi reklama, tovar
belgilaridan foydalanishni keltirib chiqarmoqda. Iste’molchilik bozorida
qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish orqali xaridorlami o‘ziga jalb qilish keng
tarqalmoqda.
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham
mavjudki, bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga
mansub bo‘lishi, lekin turli-tuman iste’mol xossalariga ega bo‘lishi
mumkin.
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo‘lgan sharoitda ishlab
chiqaruvchilar tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib
raqiblaridan ustun kelishlari mumkin. Bunda dastlab tovar narxining
faqat bir qismi to‘lanadi, uning qolgan qismi esa shartnomada
kelishilgan aniq muddatlarda to‘lanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, texnika va
texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash
raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan
tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar xaridorlarni jalb qilish
maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan iste’molchilik tovarlariga
146
kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatishni amalga
oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchi korxona, o‘z
mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o‘matadi, korxona
xodimlarini ulardan foydalanishga o‘rgatadi, kafolatlangan muddatda va
undan keyingi davrda ta’mir ishlarini bajaradi, texnikaviy xizmatni
amalga oshiradi; mahsulotlari o‘lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga
yaqinlashtiradi.
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, u mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga
moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
talabni yaxshi o‘rgangan va iste’molchilar ehtiyojiarini to'laroq qondira
oladigan korxonalar har doim raqobat kurashida yutib chiqadi.
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o‘zgartirish uchun
o‘zlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib
tovar taklifini qisqartiradilar. Shu sababli, iqtisodiy beqarorlik davrlarida
ham narx barqorligicha qolaveradi.
Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo‘lgan sharoitda narxsiz
raqobat muhim o‘rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan,
monopoliyalar tovar sifatini oshirish, iste’molchilarga xizmat
ko‘rsatishni yaxshilash yo‘li bilan sotiladigan tovar hajmini ko‘paytirishi
mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kuchli bo‘lganligi sababli
masulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta jihozlash va reklamaga
zarur bo‘lgan mablag‘ni sarflay oladilar.
8.2. Monopoliyalarning iqtisodiy asosi va ularning turlari
«Monopoliya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalar,
yunoncha «monos»-yagona, bitta va «poleo»-sotamandan tarkib topsada,
biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.
Monopoliya-monopol yuqori narxlarni o‘rnatish hamda monopol yuqori
foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot
ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar, kompaniya,
korporatsiyalaming birlashmalari [74, 60, 64].
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to‘planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to‘planishi ishlab
chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish
hajmining yirik korxonalarda to‘planishini namoyon etadi.
147
Ishlab chiqarish to‘planishining asosiy sababi bo‘lib olinayotgan
foyda hajmining ko‘payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda
ko‘paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo‘shimcha mahsulot
foydaning bir qismini kapitallashtiradi, ya’ni unga qo‘shimcha ishlab
chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa ba’zi bir
korxonalarning o‘sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining
kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi
kapitallaming ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish
tendensiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish
to‘planishining moddiy asosi bo‘lib kapitalning to‘planishi va
markazlashuvi hisoblanadi.
Kapitalning to‘planishi - bu qo‘shimcha qiymatning bir qismini
jamg‘arish yoki kapitallashtirish natijasida kapital hajmining oshishidir.
Bu jarayon quyidagi ko‘rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni, korxonaning ishlab chiqarish quwati, qayta ishlanayotgan xomashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi.
Kapitalning to‘planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan
yanada to‘ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi - bu bir kapital
tomonidan boshqa birining qo‘shib olinishi yoki bir qancha mustaqil
kapitallaming aksiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali
kapital hajmining o‘sishidir.
Monopoliyalaming mohiyatini ochib berishda uning turlarini ko‘rib
chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalaming turlarini bir
necha mezonlarga ko‘ra ajratish mumkin.
1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra: sof monopoliy
oligopoliya va monopsoniya.
Sof monopoliya-tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. O‘zbekistonda sof monopoliyalar sifatida
« 0 ‘zbekiston havo yo‘llari» AJ, « 0 ‘zbekiston temir yo‘llari» AJ misol
keltirish mumkia Darhaqiqat, ular o‘z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlaming yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Shuningdek, ba’zi
hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko‘payib
borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab boMadi.
Monopolistik raqobat-tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar
soni ko‘p hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo‘lgan,
biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining
148
alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab
chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati
hisoblanadi. Bunga misol tariqasida ko‘plab mebel, kiyim-kechak
turlari, kir yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab
chiqaruvchilarini keltirish mumkin.
Oligopoliya-tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik
holati hisoblanadi. Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga 0 ‘zbekistonda
sement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida
joylashgan), ko‘mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo
(Sharg‘un) va Boysun (To‘da) tumanlarida joylashgan) ishlab
chiqarishni misol keltirish mumkin.
Monopsoniya-tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni
juda ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi
yoki xaridori mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati
hisoblanadi. Bunga «GM Uzbekistan» kompaniyasi yaqqol misol bo‘la
oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi yengil avtomobillami
ishlab chiqarishda zarur boMgan ko‘plab ehtiyot va butlovchi qismlarni
ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda
yakkahukmronlik mavqeiga ega boiadi.
2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko‘ra: tabiiy
monopoliya, qonuniy monopoliya, sun’iy monopoliya.
Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin
tarzda takror hosil qilib boimaydigan unsurlariga (nodir metallar,
foydali qazilmalar va h.k.) ega bo‘lgan mulkdorlar va xo‘jalik
tashkilotlari kiradi. Shuningdek, mazkur monopoliya tarkibiga o‘ziga
xos texnologiyaning qo'llanishi sababli raqobatni rivojlantirib
bo‘lmaydigan ba’zi bir tarmoqlar va ishlab chiqarish turlari ham
kiritiladi.
Tabiiy monopoliya-korxonaning texnologik xususiyatlari sababli
mahsulotga boigan talabni qondirish raqobat mavjud boimagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati. Bunday
samaradorlik ishlab chiqarish hajmining ko'payib borishi bilan tovar
birligiga to‘g‘ri keluvchi xo‘jalik xarajatlarining ahamiyatli darajada
pasayib borishida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, tabiiy monopoliya
subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste’molini boshqa
turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo‘lmaydi.
149
Qonuniy monopoliya - bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi
monopoliya shakllarini kiritish mumkin:
1. Patent tizimi - bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda
ularga mutlaq huquqni taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus
guvohnomalar-patentlar orqali amalga oshiriladi;
2. Mualliflik huquqi - ilmiy, badiiy va san’at asarlari, ijro san’ati
fonogrammalari, ko‘rsatuvlar, efir to‘lqini yoki kabel orqali tasvir
uzatish kabilami yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini
qonuniy tarzda tartibga solish shakli. Mualliflik huquqi faqat mualliflar
tomonidan o‘z mahsulotlarini ma’lum vaqtga yoki butunlay sotish,
ulardan nusxa olish va ko‘paytirishga ruxsat berish imkomni
ta’minlaydi;
3. Tovar belgilari - bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari,
nomi va boshqalami ro‘yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va
ulardan foydalanish bo‘yicha paydo bo‘lgan munosabatlarni qonuniy
tarzda tartibga solish shakli.
Sun’iy monopoliya-monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi
birlashmalaming shartli, tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun
nomi.
Sun’iy monopoliya o‘z manfaatlari yo‘lida bozor muhiti tuzilishini
ataylab o‘zgartiradi, ya’ni:
- bozorga yangi raqiblaming kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun
turli to‘siqlar hosil qiladi (xomashyo va energiya manbalarini egallab
oladi; banklaming yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga
harakat qiladi va boshqalar);
- ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga
erishib, qolgan raqiblarini bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;
- ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish
imkonini beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo‘llaydi;
- o‘z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa
raqobatchilami bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi.
Sun’iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium, konsem
kabi aniq shakllarda namoyon bo‘ladi.
Kartel-bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalaming
uyushmasi bo‘lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va
150
mahsulotlariga o‘z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan
mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy
hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlaming
bo1 lib olinishi va h.k. bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Sindikat - bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha
korxonalaming birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga
mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda,
ular tomonilan ishlab chiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan
yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.
Trest - ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi
mulkiy egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs
ko‘rinishidagi birlashmasi.
Konsorsium - tadbirkorlaming yirik moliyaviy operatsiyalarini
birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik
miqyosli loyihalarga juda katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish
yoki investitsiyalar qo‘yish).
Konsern - rasmiy jihatdan mustaqil bo'lgan, ko‘p tarmoqli korxonalarning (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari)
majmuini o‘z ichiga oluvchi birlashma. Odatda, bunday birlashma
ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan turli soha korxona va tashkilotlaridan
tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan
moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy monopoliyalaming sanab
o‘tilgan shakllari orasida konsemlar keng tarqalgan.
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va
salbiy tomoni mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat
orqali namoyon bo‘ladi:
1. Monopoliya ma’lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va
xarajatlarningtejalishiga olib keladi;
2. Monopolist bo‘lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha
korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga
ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko‘proq rag‘bat
va imkoniyat mavjud bo‘ladi.
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihatlami ko‘rsatish
mumkin:
1. Resurslaming oqilona taqsimlanmasligi.
2. Daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi.
151
3. Iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi.
4. Iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi.
Bundan ko‘rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga
ancha jiddiy ta’sir ko‘rsatishi, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi ham
mumkin. Shunga ko‘ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar
iqtisodiyotida monopoliyalami davlat tomonidan tartibga solish choratadbirlari qo‘llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi.
Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi
qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan
bo‘ladi.
Odatda AQSHdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan
ilgariroq va mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyidagi
uchta qonunchilik hujjatlariga asoslanadi:
1. Sherman qonuni (1890-yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni
yashirin monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo‘lga
olish, narxlar bo‘yicha kelishuvlarni taqiqlaydi.
2. Kleyton qonuni (1914-yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot
sotish sohasidagi cheklovchi faoliyatlarai, narx bo‘yicha kamsitish,
ma’lum ko‘rinishdagi birlashib ketishlar, o‘zaro bog‘lanib ketuvchi
direktoratlar va boshqalami taqiqlaydi.
3. Robinson-Petmen qonuni (1936-yilda qabul qilingan). Bu qonun
savdo sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, narxlar qaychisi, narx bo‘yicha
kamsitishlar va boshqalami taqiqlaydi.
1950-yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi.
Unda noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib,
aktivlami sotib olish orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton
qonuni yirik korxonalarning gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga
to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, Seller-Kefover tuzatishi vertikal ravishdagi
birlashib ketishlarga cheklov kiritdi.
8.3. 0 ‘zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha
chora-tadbirlar va monopoliyaga qarshi qonunchilik
Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini
taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan
muhitda bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga
keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.
152
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik
muhiti uzoq davr davomida, o‘z-o‘zidan, evolutsion yo‘l bilan vujudga
kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan.
Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan
raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga
keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek,
davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir
mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv
darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat
muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda qaytadan
tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga
o‘tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog‘lom
raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy subyektlar mustaqilligini
kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy
islohotlami amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlaming muhim
jihatlari hisoblanadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugungi
kunda «... kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlami yanada
chuqurlashtirishni obyektiv shart qilib qo‘ymoqda. Bu borada ham juda
ko‘p yechilmagan muammolar bor. Ya’ni eski ma’muriy-taqsimot tizimi
qoliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini
yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlami
ta’minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to'laqonli
bozor infratuzilmasini shakllantirish yo‘lidagi mavjud g‘ov-to‘siqlami
bartaraf etishimiz zarur» [14].
Bugungi kunda 0 ‘zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar,
korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan
bo‘lib, ular ko‘pincha tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega
bo‘ladilar. Mahsulot va xomashyolaming alohida turlarini limit va fond
ko‘rinishida taqsimlashning eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga
oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi
mavjud ma’muriy to‘siqlar monopolistik tendensiyalarga ko‘proq imkon
yaratadi.
Shunday qilib, 0 ‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo‘li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat
monopoliyasidan nodavlat, turli xo‘jalik shakllarining mavjudligiga
asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga
153
o‘tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, awalo,
mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo boiishini taqozo
qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy
mas’uliyat asosida o‘z manfaatiga ega bo‘lgan va tadbirkorlik tahlikasini
zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik subyektlarining mavjudligi, ularning
bozor orqali aloqa qilishidir.
Shu maqsadda 0 ‘zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘-
risida»gi qonun (1992-yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida
raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar
ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko‘ra, bozorda taqchillikni yuzaga
keltirish narxlarni monopollashtirish, raqobatchilaming bozorga kirib
borishiga to‘sqinlik qilish, raqobatning noo‘rin usullarini qo‘llash man
etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zarami qoplashlari,
jarima toiashlari, g‘irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari
shart.
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli
o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni
taqozo etdi. Shunga ko‘ra, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan 1996-yil 27-dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik
faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi.
Ushbu qonun monopolistik faoliyat va girrom raqobatning oldini olish,
uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilab
berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini
shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan.
Shuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yo‘nalish, ya’ni birinchidan, monopoliyaga qarshi taribga solishning prinsipial yangi
ko‘rinishi boiib, u mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan
bozorda hukmronlik mavqeini suiiste’mol qilishning oldini olish va unga
barham berishni ko‘zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy muhim
masalalardan boiib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va sogiom
raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Monopoliyaga qarshi faol choralami amalga oshirish uchun 1992-
yilda 0 ‘zbekistonda monopoliyaga qarshi boiinm a Moliya vazirligining
Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil
etildi. Boshqarmaga ro‘yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi
korxonalar mahsuloti bo‘yicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib
turish huquqi berildi. 1996-yilda ushbu boshqarma negizida Moliya
154
vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish
qo‘mitasi tashkil qilindi. 2000-yilda Respublika Prezidentining « 0 ‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni riojlantirish
davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan
monopoliyaga qarshi bo‘linma Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va
mustaqil davlat qo‘mitasiga aylantirildi. Keyinchalik mazkur
qo‘mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini
oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining
2005-yil 30-apreldagi Farmoniga binoan mazkur qo‘mita
Monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash
davlat qo‘mitasiga aylantirildi [7].
Respublikada monopol mavqeiga ega bo‘lgan korxonalami Davlat
reestriga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda
o‘tish davrining o‘ziga xos jihatlari hisobga olinadi.
Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan
muayyan mahsulotlar bozordagi shu turdagi mahsulotning 35% dan ortiq
bo‘lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reestriga
kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20%
deb belgilangan.
Respublikada monopoliyalar ro‘yxatiga kirgan korxona yoki
tarmoqlaming bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator
usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko'rsatish lozim:
1. Monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlaming eng
yuqori darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo‘yish.
2. 0 ‘z monopol mavqeini suiiste’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo‘lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994-yil 18-iyuldagi 366-sonli) qarori bilan tasdiqlangan
«Obyektlarning xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan
chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilaming huquqlarini himoya
qilish to‘g‘risida» (1996-yil, aprel) qonuni asosida g‘irrom raqobatga,
shu jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob
bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizmni
yaratishga ham alohida e’tibor beriladi.
Tabiiy monopoliyalarni davlat yo‘li bilan tartibga solish, mahsulot
va xizmatlariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek, taklif
155
etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko‘rsatkichlami
belgilashni o‘z ichiga oladi.
Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga
oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga
xizmat qiladi.
Monopoliyaga qarshi qonunchilik davlatning monopoliyaga qarshi
kurash siyosati demakdir. Monopoliyaga qarshi qonunchilik asosan,
quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha shakllandi.
Birinchidan, ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu
qonunlarga binoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror
turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ko‘pini nazorat qilishga
huquq berilmaydi.
Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa
korporatsiyalar aksiyalarining ma’lum cheklangan miqdoridan ortig‘iga
ega b o ia olmasligi belgilab qo‘yiladi.
Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan
yuqori yoki past turishini, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi
kartellarga qarshi qonunlar joriy qilinadi.
Bozorda monopoliyani o‘matishga urinishlar va monopol mavqeni
suiiste’mol qilishni taqiqdaydigan trestlarga qarshi birinchi qonunSherman qonuni AQSHda 1890-yilda qabul qilingan. Monopoliyaga
qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan choratadbirlar har bir mamlakatda sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi.
Bunda sog'lom raqobat muhitini himoya qilish maqsadida turli
ko‘rinishdagi, monopolistik foaliyatlar ustidan davlat tomonidan tartibga
solish amalga oshiriladi.
Kleyton qonuni - (1914 y) - iste’molchilarni narx orqali qochirish,
majburiy shartnomalar tuzish, raqobatni korxonalarning zaiflashuviga
olib keluvchi aksiyalami sotib olish taqiqlanishidan iborat. Seller -
Kefaver qonuni - (1950 y) bu qonunda Kleyton qonuniga o‘zgartirish
kiritilgan boiib, unda nafaqat raqobatni korxonalarning zaiflashuviga
olib keluvchi aksiyalami, balki ishlab chiqarish vositalarini sotib olish
ham taqiqlanadi.
Monopoliyaga qarshi faoliyatni tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari:
- bozoming monopollashuvini cheklash;
- raqobatchi kompaniyalar qo‘shilishini taqiqlash;
156
- monopol narxlar belgilanishini taqiqlash;
- raqobatni madaniylashgan tarzda olib borishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Tartibga solinadigan narx o‘rtacha umumiy xarajatlarga teng bo‘lsa,
monopolist hech qanday iqtisodiy foyda olmaydi. Iqtisodiy monopoliyalar-ishlab chiqarish va kapitalning to‘planishi hamda korxonalaming
turli yo‘llar bilan birlashishi natijasida vujudga keladi. Masalan kartelni
olaylik. Kartel bu - bir tarmoq korxonalaming ittifoqi bo‘lib, uning
ishtirokchilari to‘liq iqtisodiy mustaqilligini saqlab qoladi, faqat ishlab
chiqarish hajmi, sotish bozorlari va baholari to‘g‘risida kelishib oladilar.
Yoki sindikatni olaylik. Sindikat - bir turdagi mahsulot ishlab
chiqaruvchi korxonlar birlashmasi bo‘lib, uning a’zolari ishlab chiqarish
sohasida mustaqilligini saqlab qoladi, mahsulot esa sindikat mulki
sifatida sotiladi. Qolaversa, ishlab chiqarish vositalari va mahsulotga
birgalikda egalik qiluvchi korxonalar guruhi bo'lib, foyda qo‘shilgan
kapital hajmiga qarab ham taqsimlanishi mumkin.
Tabiiy monopoliyada o‘rtacha umumiy xarajatlar kamaytirilib,
maijinal xarajatga nisbatan o‘rtacha umumiy xarajat kamroq qilib
belgilanadi. Shuning uchun, narx o‘rtacha umumiy qiymati quyida
bo‘ladi va monopolist zarar ko‘radi.
Tartibga solinadigan xarajatlar narx belgilashda monopolist tomonidan aniq hisob-kitob qilinmasa, u monopolist kam xarajat, ammo
foyda ham ko‘rmaydi. Amalda, monopolistlar yuqori foyda olish
maqsadida xarajatlar kamaytirib, chekli iqtisodiy xarajatlar ba’zi
talablaridan amalda foydalanmay bu muammodan qutul ishga harakat
qiladi. Monopoliya bilan shug‘ullanish uchun hukumat tomonidan
ishlatiladigan uchinchi siyosat davlat mulk siyosati hisoblanadi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori (19.04.2019-
yilda 3155-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) bilan Qonun hujjatlarining
raqobatga ta’sirini baholash metodikasi tasdiqlandi.
Raqobatga ta’sirni baholash chog‘ida tovar va moliya bozorlarida
raqobatni bevosita yoki bilvosita cheklaydigan holatlar aniqlanadi.
Bunda baholash ikki xil usul asosida amalga oshiriladi:
.«ex-ante» - qonunlar, Prezidentning, Oliy Majlis palatalarining,
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezidentning farmonlari, vazirliklar,
davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari
loyihalariga (bundan keyin - NHH loyihalari) nisbatan;
157
• «ех-post» - amaldagi qonun hujjatlariga nisbatan.
NHH loyihalarini baholash
Metodikaga ko‘ra, NHH loyihasi quyidagi oqibatlaming biriga olib
kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lganda uning ta’siri raqobat uchun
salbiy deb baholanadi:
• tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlaming doirasi va sonini cheklasa;
.yetkazib beruvchilarning o‘zaro raqobatlashish imkoniyatini
chegaralasa yoki ulaming bunga qiziqishini pasaytirsa;
.iste’molchilar uchun kerakli axborotni tanlash imkonini chegaralasa.
NHH loyihalarida muayyan ko‘rsatmalar mavjud bo‘lsa, baholash
uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga (yuqori yuridik
kuchga ega bo‘lgan NHH) yoki uning hududiy bo‘limn alar iga (mahalliy
hokimiyat organlarining hujjatlari loyihalari) kiritiladi. Masalan: mxsat
berish xususiyatiga ega hujjatlar va litsenziyaning yangi turlarini joriy
etish; bozor ishtirokchilarida ortiqcha xarajatlarga olib kelishi mumkin
bo‘lgan talablar yoki shartlami kiritish; tabiiy monopoliya subyektlarining tovar (ish, xizmat)lari narxi (tarifi)ni, shuningdek boshqa
tartibga solinadigan narx (tarif)ni oshirish va h.k. Jami 10 banddan
iborat. Ro‘yxat batafsil hisoblanadi.
Baholash yakunlariga ko‘ra ikki nusxada xulosa tuziladi, bir nusxasi
loyihani ishlab chiqqan tashkilotga yuboriladi, u uni ko‘rib chiqishi
shart. Olingan xulosa loyiha bilan birga huquqiy ekspertizadan
oHkazishi uchun Adliya vazirligiga taqdim etiladi. Loyiha Oliy Majlis,
Prezidentning Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasiga kiritilganda
unga xulosa majburiy tartibda ilova qilinadi.
Amaldagi hujjatlarni baholash
«ех-post» usuli bo‘yicha raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
buzilishini aniqlash yuzasidan amaldagi NHH yiliga kamida ikki marotaba xatlovdan o‘tkaziladi. Ular aniqlansa, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari:
158
• yuqori yuridik kuchga ega bo'lgan qonun hujjatlari yuzasidan -
Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga takliflar
kiritadi;
. vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, hokimliklarning qonun
hujjatlari yuzasidan - qonun hujjatlari buzilish holatini bartaraf etish
to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi.
Baholashni o‘tkazishda rasmiy va norasmiy axborotlardan foydalaniladi. Rasmiy axborotlarga xalqaro shartnomalar, intemetning rasmiy
resurslari, vakolatli davlat organlarining statistik ma’lumot va
hisobotlari, sud amaliyoti kiradi. Norasmiy ma’lumot Monopoliyaga
qarshi kurashish qo‘mitasiga NNT hamda fuqarolar tomonidan kiritilgan
murojaatlar, intemetning norasmiy resurslari, tijorat ma’lumotlari,
jamoatchilik orasida o‘tkaziladigan so‘rovnomalar yordamida olinishi
mumkin.
Asosiy tayanch tushunchalar
Raqobat - bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega
bo‘lish uchun kurashni anglatadi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat - ishlab chiqarish va sotishning
qulayroq sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir
tarmoq korxonalari o‘rtasida boruvchi kurash.
Tarmoqlararo raqobat - turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng
yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurash.
Monopoliya - monopol yuqori narxlami o‘rnatish hamda monopol
yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar
(firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.
Sof monopoliya-tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi va
binobarin, foyda olishdagi yakkahukmronlik holati.
Oligopoliya-tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik
holati.
Monopolistik raqobat-tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki
sotuvchilar soni ko‘p hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat
159
mavjud bo‘lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar
yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli
ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum
darajada hukmronlik holati.
Monopsoniya-tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni
juda ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi
yoki xaridori mavjud bo'lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati.
Tabiiy monopoliya-korxonaning texnologik xususiyatlari sababli
mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo‘lmagan
sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati.
Kartel - bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalaming
uyushmasi bo‘lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va
mahsulotlariga o‘z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlami sotish esa kvota, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy
hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlaming
bo‘lib olinishi va h.k. bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Sindikat - bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha
korxonalaming birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga
mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda,
ular tomonilan ishlab chiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan
yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.
Trest - ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi
mulkiy egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs
ko'rinishidagi birlashmasi.
Konsorsium - tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini
birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi.
Kontsem - rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli
korxonalaming majmuini o‘z ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday
birlashma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich
ravishda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli soha korxona va
tashkilotlaridan tuziladi.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Raqobatning mohiyati va maqsadini tushuntirib bering.
2. Raqobatning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Bu
vazifalarning bir-biridan farqini ajratib ko‘rsating.
160
3. Raqobat shakllariga tushuncha bering va ularning har biriga xos
belgilarini ko‘rsating.
4. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatning farqini tushuntirib
bering.
5. Raqobatlashuvning demping narxlarni qoilash usuli qanday
sharoitlarda amalga oshiriladi?
6. Monopoliya nima va uning vujudga kelishining iqtisodiy asoslari
nimalardan iborat? Monopoliyaning qanday turlari mavjud?
7. Kapitalning to‘planishi va markazlashuvi o‘rtasida qanday farq
bor?
8. Tabiiy, qonuniy va sun’iy monopoliyalaming bir-biridan
farqlanishini ko‘rsating.
9. Monopoliyaning ijobiy va salbiy tomonlari nimalarda namoyon
bo‘ladi?
10. Monopoliyaga qarshi siyosat va monopoliyaga qarshi
qonunchilikning mohiyati qanday?
161

Tokyo

Tokyo is the capital of Japan.

spravoshnik texnologa mashinasi 2

  • Ko'rildi: 128
  • Yosh: 18+
  • Дата релиза: 22-11-2022, 20:36
Нравится песня?
Да (0%)
Нет (0%)
Комментарии (0)
Комментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив