Демонстрационный сайт » Foydali Malumotlar » Salomatlik » JINSIY OLATNI KATTALASHTIRISH: USULLARI, VOSITALAR, SIRLARI, UY SHAROITIDA AMALLAR, AFSONA VA HAQIQAT
JINSIY OLATNI KATTALASHTIRISH: USULLARI, VOSITALAR, SIRLARI, UY SHAROITIDA AMALLAR, AFSONA VA HAQIQAT
JINSIY OLATNI KATTALASHTIRISH: USULLARI, VOSITALAR, SIRLARI, UY SHAROITIDA AMALLAR, AFSONA VA HAQIQAT

Telegramda Bizga Qo'shiling | Yangiliklar, Kino, Mp3, Qiziqarli Videolar @qiziqarliuzoffical


Bugungi kunda erkaklar jinsiy olatini kattalashtirish bo’yicha reklamalar ko’rsatadigan barcha sehrli dori-darmonlar va vositalar, eng yaxshi holatda shunchaki pullaringizni ko’kka sovuradi, eng yomon holatda esa — sizning sog’ligingizga zarar yetkazadi. Jinsiy olatni kattalashtirishning yagona usuli — jarrohlik amaliyoti (operatsiya) o’tkazishdir, lekin bu qurbonlikka arzigulik sabab emas. Xo’sh, nima chindan ham yordam beradi, nima esa shunchaki afsona, quyida bilib olasiz.

JINSIY OLATNING NORMAL UZUNLIGI QANDAY BO’LISHI KERAK?

Erkaklar jinsiy a’zosining (penis) erektsiya holatidagi kattaligi 10-18 sm ni tashkil qiladi. O’rtacha uzunligi — 13,12 sm. Kattalikdagi farq turlicha uzunlik oralig’idabo’ladi, va bu hali uning qalinligi va shakli hisobga olinmaganda. Patologik jihatdan kichik a’zolar (erektsiya vaqtida 7,5 sm dan kalta) juda kam uchraydi. Shunday ekan, ehtimol, jinsiy olatni kattalashtirish istagida bo’lgan erkalar behuda xavotirga tushishmoqda.
Kichik a’zodan shikoyat qilib, Qohira universitetiga murojaat qilgan 92 nafar shaxs o’rganilganda, hech qay biri haqiqatda ham kichik jinsiy organ egasi emasligi aniqlandi. Boshqacha qilib aytganda, 92 ta mutlaq normal yigitlar, o’zlarida kichik jinsiy olat mavjudligiga qaror qilishgan. Chindan ham kichik olatli erkaklar bor, lekin ularning soni juda ko’p emas, lekin ko’pchilik erkaklar o’zlarida muammo mavjud deb hisoblashadi.

QANDAY QILIB JINSIY A’ZONI OPERATSIYA YORDAMIDA UZAYTIRISH MUMKIN?

Olatning kattaligi siydik chiqarish va erektsiyaga ta’sir qilmaydi. Shuning uchun odatda jinsiy olatni kattalashtirish bo’yicha har qanday operatsiya — bu faqat kosmetologik jihatdan kerakli bo’lishi mumkin va bu plastik jarrohlik klinikalaridan tashqari boshqa hech qayerda tavsiya etilmaydi. Dastlab shu kabi operatsiyalar shikastlanish yoki tug’ilish nuqsonlari tufayli siydik chiqarishga qiynaladigan erkaklar uchun ishlab chiqilgan edi, keyinchalik ular erkaklar jinsiy a’zosini uzunroq qilish uchun qo’llanila boshland

LIGAMENTOTOMIYA

Bu olat va suyak orasidagi boylamni ajratish bo’yicha o’tkaziladigan operatysiyadir. Suyakka tortilib turmaydigan jinsiy a’zo erektsiya holatida uzunroq ko’rinadi, chunki u boylam bilan tortilib turmaydi.
Amalga oshirilishida illuziyalarga berilmaslik kerak. A’zo ikki baravar ham, hatto bir yarim baravar ham uzunroq bo’lmaydi. Hech bir jarroh, agar u vijdonli bo’lsa, jinsiy olatning qanchalik kattalashishini aniq aytmaydi. Har bir holat har bir bemorning anatomik xususiyatlariga bog’liq, 3 sm dan ko’proq uzayishi — bu yoki omad, yoki afsonadir. Shuning uchun bu operatsiyani boshdan o’tkazgan bemorlarning faqatgina 35 foizi aralashuvdan mamnun bo’lishadi.
Muvaffaqiyatli operatsiyadan keyin ham ba’zi noj’oya ta’sirlar paydo bo’lishi mumkin. Masalan, boylamning ajratilishi (kesilishi) tufayli erektsiya vaqtida olatning ko’tarilish burchagining o’zgaradi, qov terisining bir qismi (tuklari bilan) olat asosining bir qismiga aylanadi. Qanday ko’rinishini tasavvur ham qilmang.

OLATNI QALINLASHTIRISH UCHUN OPERATSIYALAR

Jinsiy a’zoni qalinlashtirish uchun, silikondan yoki bemorning o’z to’qimasidan tayyorlangan turli xil implantatlar qo’llaniladi. Bu munozarali muolajalar bo’lib, ular ham ko’plab qarshi ko’rsatmalarga ega.
In’yektsiya yordamida ham olatni qalinlashtirsa bo’ladi. Bemordan yog’ to’qimasi olinib, jinsiy olatning ichiga yuboriladi. Natijada, a’zo shishadi va kengayadi. Ammo uzoq muddatga emas: usul juda ko’p noxush oqibatlarga olib keladi. Eng keng tarqalgani — yog’ to’qimasi teri ostida tartibsizlik bilan harakatlana boshlaydi. Natijada, ba’zi joylarda to’plamlar shakllanadi, boshqa joylarda esa — chuqurlar. A’zoning shakli va ko’rinishini to’g’rilash uchun faqat jarrohlik aralashuvi o’tkazish mumkin.

JINSIY OLATNI OPERATSIYASIZ KATTALASHTIRISH

Jinsiy olatni «uy sharoitida» kattalashtirish va qalinlashtirish usullari, sirlari mavjud emas. Cheksiz uzayishini va’da qilgan barcha narsalar marketing fokuslari yoki to’g’ridan-to’g’ri yolg’ondir. Quyida aniq yordam bermaydigan usullar keltirilgan:

TABLETKALAR

Jinsiy olatni uzaytirish uchun tabletkalar — vitaminlar, o’simliklar, noyob masalliq ekstraktlari va gormonlardan tarkib topgan oziq-ovqat qo’shimchalaridir. Bular olatning kattaligini o’zgartirmaydi. Bundan tashqari, ular dori sifatida ro’yxatdan o’tkazilmagan, ya’ni hech kim bunday mahsulotlarni nazorat qilmaydi. Shuning uchun tabletkalar aslida nima ekanligi ma’lum emas (eng yaxshisi, ular hech narsa bo’lmaganligi).

KREMLLAR, LOSYONLAR

Ularning tarkibi tabletka qo’shimchalari bilan bir xil, faqat chiqarilish shakli boshqacha. Mahalliy qo’zg’alish xususiyati yoki shishganligi sababli, vaqtinchalik kattalashganlik ta’siri sezilgandek bo’lishi mumkin, lekin bu yoqimsiz va xavflidir: bunday kosmetik vositalar ham nazorat qilinmaydi va tekshirilmaydi.

JINSIY OLATNI SODA YORDAMIDA KATTALASHTIRISH MUMKINMI

Reklamalar shubhali saytlarga jalb qiladi va jinsiy olatni soda yordamida kattalashtirish yoki soda va «yulduzcha» kremi aralashmasi, boshqa shu kabi g’alati aralashmalardan iborat bo’lgan vositalarni taklif etadi. Tarkibiy qismlarni qanday nisbatda aralashtirishni taklif etishmasin, biz bu aralashmani olatga surtishni tavsiya etmaymiz, va umuman olganda, boshqa tana qismlariga ham.

NASOSLAR (VAKUUM BILAN TORTISH)

Buning mexanik ta’siri jinsiy olatga qon kelishi kuchayadi va natijada uning biroz shishishiga olib keladi, shuning uchun a’zo bir muddat kattalashgandek ko’rinadi. Ammo bu tezda o’tib ketadi va nasoslardan tez-tez foydalanilsa, jinsiy olatning to’qimalariga zarar yetkazish mumkin, natijada uning shakli o’zgaradi yoki erektsiya bilan bog’liq muammolar boshlanadi.

OLATNI UZAYTIRISH UCHUN MASHQLAR

«Jelking» usuli — bu erektsiyani ushlab turish bilan jinsiy olatni asosidan boshigacha tortib, o’z-o’zini massaj qilishdir. Boshqa DIY usullarida bo’lgani kabi, mashqlar samara berishi haqida dalillar yo’q, asoratlar esa mavjud: og’riq va deformatsiyalar.
Shuningdek operatsiyasiz yana bir usul mavjud — ekstender qo’llash, uning samarasini kichik tadqiqotlar tasdiqlagan. Bir necha oy davomida ekstender qo’llash orqali olatning 1-3 sm ga uzaytirish mumkin. Ammo bu tadqiqotlar juda kichikdir va usulning 100% samarali ekanligini tasdiqlamaydi. Bundan tashqari, mustaqil ravishda kengaytirish tavsiya etilmaydi: bu qon tomirlariga zarar yetkazishi, siydik yo’llarining torayishi, priapizmga olib kelishi mumkin.

JINSIY OLAT KICHIK KO’RINSA NIMA QILISH KERAK

A’zo kattaligi asosiy narsa emasligi necha bor takrorlanmasin, erkaklar baribir tashvishga tushishda davom etishmoqda.
Eng qiziqarli jihati shundaki, so’rovlar natijalariga ko’ra, 85% hollarda ayollar sherigining jinsiy a’zosi kattaligi qoniqarli deb hisoblashadi. Biroq, erkaklar o’z a’zosi uzunligi va kenligidan faqatgina 55% holatda qoniqadi.
Kichkina o’lchamlarni o’ydan chiqara olmasangiz, hech bo’lmaganda sizning qo’lingizda bo’lgan narsalarni qilishga harakat qiling.
Olatni kattalashtirishning haqiqiy imkoniyati — atrofidagi narsalarni kamaytirishdir. Rosti, bu faqat tana vazni ortiqcha bo’lgan erkaklarga tegishlidir. Ba’zida atrofdagi to’qimalar jinsiy a’zoni yashirmasligi uchun shunchaki ozish yetarli bo’ladi. O’rtacha kattalikdagi a’zo ustidagi qattiq press mushaklari katta a’zo ustidagi osilib turgan qorindan ancha yaxshi ko’rinadi.
Yana osonroq usuli — atrofdagi tuklarni tartibga keltirish. Masalan, trimmer yordamida.

MASLAHATLAR

Erkaklar jinsiy a’zosini tabiiy o’stirish bo’yicha haqiqatda sinalgan usullar mavjud, faqatgina ular aynan shu maqsad uchun qaratilmagan. Umumiy salomatlikni qo’llab-quvvatlash jinsiy olat o’sishiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Buning uchun to’g’ri ovqatlanish, yetarlicha uxlash, oqsilga boy taomlar iste’mol qilish, testosteron darajasini oshirish uchun esa o’rtacha og’irlikdagi jismoniy mashqlar bajarish kerak.
Maqoladagi ma’lumotlar kimlargadir yuzaki ko’rinishi mumkin, lekin ba’zi narsalar inobatga olinsa, barchasi o’z o’rniga tushadi:
  1. Olatni katta qilish uchun kremlar, malhamlar, uy sharoitida tayyorlanadigan vositalar, asboblar, mashqlar samara bermaydi, ular haqida yozish esa be’mano, yagona usul — jarrohlik aralashuvi.
  2. Jinsiy olatni kattalashtirishni xohlovchilarning aksariyati hali jinsiy hayotni boshlamagan, o’ziga juft topgach, hammasi o’z joyida ekanligi ma’lum bo’ladi. Muddatidan oldin qaror chiqarmaslik kerak.
  3. Jinsiy aloqada erkak a’zosi kattaligi emas, tomonlarning roziligi, ularning tayyorligi, muhitning qulayligi va shu kabi omillar ko’proq ahamiyatga ega. Bir-biriga befarq bo’lmagan juftliklarda uzun-kaltalij borasida munozaralar bo’lmaydi.
Va esda tuting: pornografiyalardagi namoyishlar — kasting natijalari va tasvirga olish xususiyatlari. Ko’pincha xayoliy muammo tufayli azob chekishdan ko’ra, jismoniy sog’likka, potentsiya va jinsiy aloqa texnikasiga e’tibor qarating.

Комментарии (0)
Комментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив